3-Mavzu:Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi
REJA:
1.
Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilishi va tuzilishi.
2.
Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari.
3.
“Qobusnoma” asarida barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullarning
ifodalanishi.
4.
Javonmardlik tarbiyasi.
5.
“Qobusnoma” asari ilk pandnoma sifatida yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga
tayyorlashdagi ahamiyati.
Darsning maqsadi: Kaykovusning “Qobusnoma” asarining yaratilishi,asarda ilgari
surilgan ta'limiy ahloqiy masalalar,barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullar
haqida tushuncha berish.
Darsdagi asosiy tushunchalar: ”Pandnoma”, ”ta'limiy-axloqiy asar”, ”pandnomai
muluk”, adolat, davlat, aql ramzi, javonmardlik.
Darsning umumiy metodlari: og`zaki bayon qilish, ko`rgazmalilik, interfaol metodlar,
nazorat va o`z-o`zini nazorat.
Talabalarga qo`yiladigan umumiy talablar: Qo`shimcha adabiyotlarni tahlil qilish,
konspektlash, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok, qo`yilgan muammolarni og`zaki bayon etish.
O`qituvchiga qo`yiladigan talablar: a) talabalarni jalb etish; b) didaktik maqsadni
tushuntirish; v) faollashtiradigan bilim va ko`nikmalarni Rag`batlantirish; g) Aniq reaktsiya
paydo qiluvchi o`quv materiallariga yo`naltirish; d) talabalar reaktsiyasini rag`batlantirish, ye)
talabalar harakatini baholash.
Dars jarayonida har ikkala tomondan (o`qituvchi va talaba) quyidagilarga alohida e'tibor
beriladi: Kerakli bilimlarni yetkazish va o`zlashtirish, reproduktiv darajadagi ko`nikmalarni
shakllantirish- qabul qilish, faoliyatni yaxlitligicha va qismlarga bo`lib ko`rsatish, ko`nikmalarni
soddalashtirgan sharoitda berish-o`zlashtirish, uzluksiz qaytuvchan aloqa va ijodiy
mustahkamlashga asoslangan mustaqil ishni tashkil etish, izlanuvchan yaratuvchanlik fazasiga
o`tish, muammoli vaziyatlar yaratish, imitatsion modellash, talabalarning o`z faoliyatini o`zlari
tahlil qilishi.
Ta'lim standarti va dasturiga asosan mavzu mazmunini ochishda quyidgilarga alohida
e'tibor beriladi: Ming yillarga yaqin davrdvn beri xalqni , yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga
tayyorlashda qo`llanma bo`lib kelayotgan “qobusnoma” asarining muallifi Unsurul oliy
Kaykovus gilon qabilasidan bo`lgan. Kaykovusning o`z ta'kidlaganidek, butun bir asar oxirigi
bobida ta'rif berilgan javonmardlik tarbiyasiga bag`ishlangan. Kaykovus”...barcha fikr va
tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm,har hunar va har peshakim bilur
edim,hammasini qirq to`rt bobda bayon edim.”-deyish bilan har bir yoshning aqliy,ahloqiy
,jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog`langan holda kamolga yetkaztsh yo`llari va
usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo`lgan quyidagi yo`nalishlarda
ta'lim-tarbiya berish nazariyasi tutilgan:Kaykovus bilim haqida,hunar va turli kasb egalari
haqida,turmush va xulq odob haqida,jismoniy yetuklik haqida. Kaykovusning “qobusnoma”
asarida yoshlar tarbiyasida-javonmardlik talablaridan eng muximi –bu yuksak axloqlilik tarbiyasi
ekanligii keltiriladi. Yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo`lish, adolatlilik,
samimiylilik, saxiylik, mardlik kabi xislatlarni tarkib toptirini istaydi va shuningdek,doim yaxshi
kishilar bilan xamkor bo`lishni, kishining o`zi ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashsa, yaxshi
natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi.
ADABIYOTLAR
1.
I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. «Muloqot» jurnali. 1998 yil, 5-soni.
2.
I.A.Karimov Manaviy yuksalishi yo`lida. Tosh.O`zb. 1998 y
3.
Kaykovus «Qobusnoma» 2-nashr «Istiqlol».1994 y.
4.
Mirtursunov Z.F.O`zbek xalq pedagogikasi. T. Fan.
5.
Rajabov S. R. Tarbiya va o’qitish haqida klassik ta’limot. T. «Fan» 1971 yil.
6.
O`zbek pedagogikasi tarixi. (prof. A.Zunnunov taxr.ostida)T.O`qituvchi 1997y
7.
Hasanboev J, Hasanboeva O, X.Hamidov “Pedagogika tarixi”T. O`qituvchi.1997y