O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT KAFEDRASI
Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama
fani bo’yicha
MA'RUZA MATNI
Namangan -2014
Tuzuvchi: B.B. Inatullayev, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy
faoliyat kafedrasi o’qituvchisi
Taqrizchi: Z.U. Haydarov, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy
faoliyat kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.n.
K I R I SH
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga
moslashayapti. O‘zining tuzilishi bilan yetarlicha qiyin bo‘lgan bu jarayon
fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga
qo‘yadi. Hozirgi kecha-kunduzda ijtimoiy hayotni reklamalarsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Chunki reklama kundalik ehtiyojga, aniqroq qilib aytganda bozor
talabiga aylanib qoldi.
Reklama shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelmoqda. XX asr
tarixga ilmiy-texnika taraqqiyoti davri bo‘lib kirgan bo‘lsa, XXI asr axborot
texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari,
yangiliklar, xabarlar tez sur'atlar bilan dunyoning u chekkasida namoyon
bo‘lmoqda. Axborotlarning bunday tez tarqalishi jamiyat a'zolariga, ijtimoiy
hayotimizga, insonlarning turmush tarziga, kundalik hayotiga kuchli ta'sir etadi.
Reklama axborotning san'at darajasidagi ommaviy turi bo‘lib, u turli uslublar
orqali mahsulotlar va xizmat turlarining belgilari va texnologiyalarini yorituvchi
vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida
raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi. Reklama bu – aholiga mahsulot
yoki biror xizmat turi haqida axborot berish, uning afzalligi va imkoniyatlarini
tushuntirish demakdir. Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki xizmat turining
afzalliklarini, unga bo‘lgan ehtiyojning darajasini ham o‘zida aks ettiradi.
Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga
oladi. Bu – mahsulot, narxlar, sotuv va targ‘ibot. Reklama tashkiloti – turdosh
reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va
uning tarqatilishini boshqaradi.
Demak, reklama biror korxona, muayyan turdosh buyum, xizmat yoki
ijtimoiy harakatning el orasida nom chiqarishini ta'minlash uchun tovarga,
xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni tarqatish maqsadida olib boriladigan faoliyatdir. Mohirlik bilan
tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning
xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |