Boshlang‘ich ta’lim



Yüklə 97,99 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.11.2023
ölçüsü97,99 Kb.
#134202
6. Axmedova Shaxnozaxon



Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti 60110500 – “Boshlang‘ich 
ta’lim” yo‘nalishi III kurs 02/21-guruh talabasi Axmedova Shaxnozaxon 
Abduraxim qizining ona tili fanidan “Sifat darajalari yuzasidan 
mulohazalar” mavzusida yozgan kurs ishiga 
RAHBAR XULOSASI 
Ish o‘rinli reja asosida shakliy va mazmuniy birlikka rioya etilgan holda 
yoritishga harakat qilingan, mavzuga oid ma’lumotlar yetarlicha mavjud, nazariy 
ma’lumotlar o‘z o‘rnida amaliy asoslangan. 
Kurs ishida kirish, ikki asosiy bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxati mavjud, bu mundarija asosida mazmun yetarlicha yoritishga 
harakat qilingan.
Kirish – ishning umumiy tavsifi qismi yetarlicha ochib berilgan, fikrlar aniq 
keltirilgan. 
Sifat so‘z turkumining leksik va grammatik xususiyatlari, sifat darajalarini 
belgilash tamoyillari, oddiy darajadagi sifatlar masalasi, ozaytirma daraja sifatlar 
tasnifi muammolari, orttirma daraja sifatlarini yasash yo‘llari reja asosida yoritilgan, 
yetarlicha izohga to‘xtab o‘tilgan. Ammo, sifat yuzasidan boshlang‘ich ta’limda olib 
boriladigan ishlarni yoritish zarur emas edi. 
Ish so‘ngidagi umumiy xulosa va adabiyotlar maqsadga mos keladi, ularni 
tartiblashda biroz noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan. 
Ishni diqqat bilan kuzatganimizda, quyidagi kamchiliklar ko‘zga tashlandi: 
ishning ayrim o‘rinlarida imloviy, uslubiy va tinish belgilariga oid hamda texnik 
nuqsonlar uchraydi. 
Ishdagi ayrim nuqson va kamchiliklar uning mazmuniga katta salbiy ta’sir 
qilmasligini hisobga olib, kurs ishini 2022-yil 29-oktabrdagi “Qo‘qon davlat 
pedagogika instituti kredit-modul tizimidagi talabalarning fanlardan kurs ishi 
(loyihasi)ni tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma” talablari asosida yozilganiga binoan 
“qoniqarli” tugallangan ish sifatida baholayman hamda himoyaga tavsiya etaman. 
Ish rahbari:
Isakov Zakirjon Soliyevich,
“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi” kafedrasi 
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. 
04- noyabr 2023- yil. 

Yüklə 97,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin