Reja: Psixologiya fanining predmeti va



Yüklə 91,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.11.2023
ölçüsü91,67 Kb.
#135609
Taqdimot (27)



Psixologiya fanining 
taraqqiyot tarixi 
Reja:
1.Psixologiya fanining predmeti va
vazifalari
2 Psixologiya fanining taraqqiyot 
tarixi va rivojlanish bosqichi
3.Hozirgi zamon psixologiyasi



Psixika 

yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning 
mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks 
ettirishdan iborat.

Psixik jarayonlar 

u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar, 
xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi jarayon.

Psixologiya 

odamning 
ob’ektiv
borliqni
sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u
-hissiyot 
va boshqa psixik
holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.

Psixik holatlar 

psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga 
aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, 
tirishoqlik v.b
.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning 
muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.



Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. 
O‘quv predmeti sifatida ta’lim 
muassasi
o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, 
talabalarning umumkasbiy
tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari 
tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va 
turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya
-amaliy, 
shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan.

Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, 
xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. 
Psixologik
bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan 
muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish 
uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj 
va motivlari va h.k.larini
bilish va qo‘llash uchun zarurdir. 
Psixologik bilim va 
malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar 
tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik
bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z 
ustilarida ishlashda va qiziqish, 
ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida
, barkamol shaxs bo‘lib 
shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.



Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari 
o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan 
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan 
hozircha inson uchun 
noma’lum bo‘lgan, 
eng murakkab 

psixika, insonning 
ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning 
ob’ekti
va 
sub’ekti
tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval 
inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. 
Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari 
boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada 
murakkabdir. Va, 
uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega 
bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan 
iborat. Insonning o‘zida kechayotgan 
psixik jarayonlar, ularning vazifalari, 
qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan 
ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini 
anglab borgani sayin o‘zini va 
atrofidagilarni
o‘zgartirib borishini alohida 
ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning uchun, psixologiya –
insonni faqatgina 
anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.



Mavzu tarixiy fon nafaqat uning bosqichma-bosqich rivojlanish ajoyib hikoya, 
ammo turli mafkuralar, tushunchalarni turli qiymatlarni kiriting ham yoritib 
boradi, alohida-alohida yoki birgalikda, yondashuv va nufuzli olimlar bilan 
himoyalangan vaqti-vaqti bilan mavzu vazifalari. Shu shuningdek psixologiya 
mavzu uchun amal qiladi. Quyida ko’rsatilgan quyidagi sahifalarda suiqasd 
asosiy boblarda, ba’zi psixologiya predmeti tarixiga qarash amalga oshiriladi:

A. Erta yosh ilmiy psixologiyagacha.

B. Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.

C. Zamonaviy psixologiyada 
so’nggi
tendensiyalari.



Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis
teolog olim R. Goklenius
tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. 
Volf birinchi marta 
ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-
psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» 
(1734) ni yaratdi.

Psixologiya 
– ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan 
sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.

Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, 
Misr, Bobil, Yunoniston)da
falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi 
amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.



Shunday qilib,psixologiya predmetini toliq bayon etish psixologiya fanining 
o’zini ko’rib chiqishni 
taqazo etadi

Psixologiya haqidagi fikirlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda 
psixologik xusisiyatlarni jonning ishi deb tushintirilgan.Joning
o’zi esa odam 
tanasidagi maxsus ikkilamchi jisim deb qaralgan. Bunday tasavvurlar 
«animizm» deb ataadi. Animizm
so’zi –
anima
«jon» degan ma’noni 
anglatadi.Jon
o’z mohiyatiga ko’ra 
olovsimon uchqundan ekanligi Geraklit
tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tamonida
takidlangan.


E
ʼ
TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR 

Document Outline


Yüklə 91,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin