6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari



Yüklə 346,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix01.12.2023
ölçüsü346,9 Kb.
#136830
  1   2   3   4   5   6
6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vosit



6-ma’ruza.
O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik 
xususiyatlari. 
Reja: 
1.
O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari.
2.
O‘lchash xatoliklari, ularning turlari.
3.
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari. 
1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari. 
Har bir narsani sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning sifati va uning 
mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi.
O‘lchash sifati 
aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, yaqinlilik va qaytari-
zuvchanlik,
xuddi shunday yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik o‘lchami bilan 
tavsiflanadi.
 
O‘lchash aniqligi
deganda olingan natijalar o‘lchanayotgan kattalikning 
chinakam qiymatiga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati tushuniladi. Miqdor 
jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, 
o‘lchash xatoligi 10
-3
bo‘lsa, uning aniqligi 10
3
bo‘ladi.
 
O‘lchash ishonchliligi
– o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi 
mezon hisoblanadi va o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati (miqdori) 
belgilangan chegaralardaligi ehtimolligi bilan tavsiflanadi. Ushbu ehtimollik 
ishonchli (ishonch ehtimolligi) deyiladi. 
 
O‘lchash to‘g‘riligi
– o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga 
yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati.
 
O‘lchash natijalarining yaqinliligi
– bir xil sharoitda o‘tkazilgan o‘lchash 
natijalarining bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati. O‘lchash 
natijalarining yaqinligi o‘lchash natijasiga tasodifiy xatoliklarning ta’sirini aks 
ettiradi.
 

Yüklə 346,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin