Paxta va zig‘ir tolasining arqoq va tanda iplari. Polotno va sarja to‘qish. Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini aniqlash
Gazlamaning arqoq va tanda iplari haqida eshitganmisiz? Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlari qanday aniqlanadi?
To‘qimachilik iplarining tanda va arqoq o‘ralishi natijasida gazlama hosil bo‘ladi. Gazlama bo‘ylab boradigan iplar tanda iplar deb ataladi, ko‘ndalang joylashganlari esa arqoq iplar deyiladi. Tanda iplar – tekis, ingichka, yo‘g‘onligi bo‘yicha bir xil, zich o‘ralgan, xuddi simday tortilgan, pishiq, qattiq bo‘ladi. Gazlamada tanda ip uning uzunligini belgilaydi.
Arqoq ip – yo‘g‘onligi bo‘yicha turli xil, ixcham, yumshoq bo‘ladi. Bunday ip cho‘ziluvchan, mato birdaniga tortilsa ip bo‘g‘iq tovush chiqaradi. Gazlamada arqoq ip uning enini belgilaydi. Gazlamaning milki bo‘ylab ko‘- pincha tanda iplar joylashadi, shu bois, pishiq o‘ralma chok yuzaga keladi. Chok mato iplarini titilishdan va cho‘zilib ketmasligidan saqlaydi.
Chokdan chokkacha bo‘lgan masofa matoning eni deyiladi. To‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish uch bosqich – yigirish, to‘qish va bezatishdan iborat bo‘lgan murakkab jarayondan iborat
Yigirish – bu uzun, yigirilgan ipni o‘rash yo‘li bilan qisqa tolalardan olinadigan jarayon. Yigirish fabrikasiga tola bosib taxlangan holda keltiriladi. Ularga maxsus mashinalarda bir nechta bosqichda ishlov beriladi:
tola titilganidan keyin bir xil qolipda aralashtirilib, tarkibidagi qo‘shilmalardan ajratilganidan so‘ng bo‘z holiga keladi;
bo‘zni tarab va tola hajmini cho‘zib eni yuzaga keltiriladi;
tola hajmini yanada cho‘zib, o‘rab, tayyor bo‘lgan yigirilma (yigirilgan iplar) chig‘iriqqa (aylanmaga) o‘ralashadi. Ishlab chiqarishdagi asosiy kasb yigiruvchi mutaxassis hisoblanadi.
U bir vaqtning o‘zida bir nechta stanoklarda ish bajara oladi. Ish jarayonida yigiruvchi mutaxassis ipning uzilganini yengil va tez fursatda bartaraf qiladi, g‘altak va bobinani almashtiradi, jihozlarga xizmat ko‘rsatadi.