Polimerlarning kimyoviy tuzilishi polimer eritmalari



Yüklə 277,27 Kb.
səhifə1/7
tarix31.12.2021
ölçüsü277,27 Kb.
#113335
  1   2   3   4   5   6   7
Polimerlar


KIMYO

BMTI


724-21 ATT GURUH TALABASI

Ismailova Bonu



Polimerlar

Reja:


KIRISH

POLIMERLAR

POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI

POLIMER ERITMALARI

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.

P.tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) P.ga bulinadi. P. bir xil struktu- rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH2CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo- lekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi.

P. molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. 20-asrning 2yarmidan boshlab P. sintezining yangi usullarini ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor P.ga biror yangi, qoʻshimcha monomerni kimyoviy "payvandlash". Bu tayyor P. molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil boʻlishiga yordam beradi. Bunda P.ning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qoʻshimcha monomer yon tarmoqchasi "payvandlanadi"; b) ikki tayyor P. zanjirini kuchli mexanik taʼsir ostida uzib, makromolekula boʻlaklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, yaʼni "blok polimerlar" xreil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr oʻtkazmaslik va h.k.) oʻzgartirishga imkon beradi.

P.ning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va h.k. xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun P.ga toʻldirgichlar va boshqa moddalar qoʻshiladi. P.ning muhim xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin.

Polimerlarch. dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik P. olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi P.ni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi.

P. xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan P.; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq P.; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan P.; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik P. ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi.



KIRISH

Kimyo- modda (uning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari) haqidagi fan. Polimerlar kimyosi- polimer moddalar, ularning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari haqidagi kimyo fanining juda muhim va katta bo`limidir.

Har qanday fan kabi polimerlar kimyosining ham o`z tili, atamalari bor. Poli- ko`p, meros- o`lcham demakdir. polimerlarning molekulyar massasi juda katta, ulkan bo`ladi. Ularning aniq ilmiy nomi- yuqorimolekulali birikmalar. Uning qisqaroq "polimer" deb ataluvchi sinonimik fan, texnika va hayotda ko`p ishlatiladi. Polimerlar molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo`lgani uchun makromolekula deb ataladi.

Polimerlar deb makromolekulasi zanjirsimon tuzilishga ega bo`lib, ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhi (bo`g`in)lardan tashkil topgan yuqorimolekulali birikmalarga aytiladi.

Polimerlarni monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhini tashkil qilgan "monomer" bo`g`ini yoki oddiy bo`g`in deb ataladi. Bo`g`inning kimyoviy brutto formulasi monomernikiga teng. Makromolekuladagi bo`g`inlar soni makromolekulaning nechta monomerni kimyoviy bog`lab sintez qilinganini bildiradi. Shuning uchun makromalekulalarning bo`g`inlar soni "n" polimerlanish darajasi deyiladi. (Polimerlanish- monomerlardan polimerlarni sintez qilish usulidir). Odatda n- 10,100,1000 va undan ham katta bo`lishi mumkin.

Polimerlar makromolekulasining eng muhim xususiyati uning zanjirsimon tuzilganligi, ya'ni molekulani chiziqli uzunligining ko`ndalang

o`lchamidan ko`p marta (bir necha tartibga) kattaligidir. Masalan, ko`p ishlatiladigan Har xil polietilen tasmalaridagi makromolekulalarning uzunligi diametridan 1000-10000 marta katta.

Makromolekulaning zanjirsimon tuzilganligidan polimer moddalari quyi

molekulali moddalarnikidan butunlay farqlanuvchi xossalarga ega bo`lib, ular quyidagilar:

-makromolekulalarning zanjirsimon tuzilishi ularda egiluvchanlik xususiyatini barpo qiladi. Ana shu ma'lum chegarada ilgarlanma mustaqil harakat qiladi. Bu xossasi tufayli makromolekulalardan tashkil topgan jismlar yangi yuqorielastik holatini namoyon qiladi;

-uzun va zanjirsimonligidan makromolekulalarning o`zaro ta'sirlashuvi, bog`liqligining kuchi juda katta. Shu sababli polimer moddalardan xilma-xil tolalar va tasmalar olinadi;

-polimerlar eruvchanlikda ham yangi xususiyat namoyon qiladi. Ular to`g`ridan-to`g`ri eriy olmaydi. Avval bo`kadi, so`ng eriydi.

Eritmasining qovushqoqligi benihoya katta bo`lib 1-2%li eritmalar oquvchanligini yo`qotadi va gelga aylanadi;

-polimerlarning kimyoviy reaksiyalarida oddiy quyi molekulyar birikmalarda uchramaydigan hollar ham bor.

Makromolekulalar va polimerlarning tuzilish va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir. Ular quyimolekulyar

moddalarda bo`la olmaydi. Shular sababli polimer holatni moddaning noyob holati desa bo`ladi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosining alohida fan sifatidagi tadsisoti, o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir.

O`zbekiston polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyolarga boy. Gaz va neft, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen va akrilonitril kabi monomerlar shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam (poliamid-6), karboksimetilsellyuloza, diatsetilsellyuloza

zavodlari ishlab turibdi. Mikrokristallik sellyuloza (MKS) ishlab chisarilyapti. Keyingi yillarda Sho`rtan gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqaruvchi va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida har xil maqsadli sellyuloza ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushdi.

CH2


CH2

C

C



C


Yüklə 277,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin