Qadriyat tushunchasining manosi va uning umumiy tavsifi



Yüklə 22,57 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü22,57 Kb.
#137134
tayyor Tezis


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR) YO’NALISHI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
22 131-guruh talabasi
Yunusov Abduraxmonjon

QADRIYAT TUSHUNCHASINING MANOSI VA UNING UMUMIY TAVSIFI


Annotatsiya: Bugungi kunda qadriyat bilan bog'liq mukammallik The tortishish kuchi va qaror chiqarishning odamlar o'zini tutish uslubida. O'zini munosib tutadigan sub'ekt bu yuksak axloqiy, axloqiy va obro'li xatti-harakatlardir.
Kalit so'zlar: qadriyat, axloq, obro’, yuksak.

Qadriyatlar ҳamisha muayan faoliyatlar tarzida namoyon bo’lib kishilarning voqelikka bo’lgan munosabatlari mazmunini ifoda etadi ҳamda ularning fe’l atvorlari, say ҳarakatlari yo’nalishlarini ifodasidir.


Qadriyatlar mahlum bir xalqning ko’p ming yillik tarixiy- madaniy tajribasi sifatida shakllangan turmush tarzi, tafakkur maҳsuli bo’lib, dunyoga kelgan. Xalqning azaliy udumlari, urf- odatlari anhanalari insony va milliy мансублик ифодасидир.
“Qadriyatlar — jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, ehtiborga, hurmatga, nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi”27 degan tahrif berilgan. Qadriyatlarni bunday tahriflash uning mohiyatini ancha yorqin ifodalasada, lekin qadriyatlarga berilgan tahriflar ichida o’zining ilmiyligi bilan boshqa tahriflardan ajralib turadi, degan fikrdamiz. 
Bizningcha,umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan, insoniyatning mavjudligi, o’tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo’nalishlari, qonun- qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini o’zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasining ob’ektiv asosi ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar, insoniyatning tarzini umumlashtiradigan jamiyatdir”. Darxaqiqat “umuminsoniylik” tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo’lgan odam zotining hayoti va kamoloti uning tarixiy taraqqiyoti, siyosiy va boshqa birliklar uchun ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. SHu o’rinda insoniyatning eng umumiy jamoasi bo’lgan jamiyatgina, umuminsoniy qadriyatlarning yaratguvchisi va saqlab turuvchisidir. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko’lamli va serqirra tushuncha. Uning zaminida eng avvalo ozodlik, erkinlik, tinchlik, demokratiya tufayli shakllangan inson baxt-saodati kabi umumijtimoiy mahno va mazmun kashf etadigan qadriyatlardan iborat, deyish mumkin. Qadriyatlarni faqat moddiy va ma’naviy boyliklar sifatida tushunish va uni shunday izohlash ham ilmiy nuqtai nazardan to’g’ri emas.
Demak, «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadri» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bu tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar
o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan va barcha xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir.
Faqat bu tushuncha :
XX asrlarga kelib, Yevropa mamlakatlari falsafasida rivojlantirildi. Uning tarixi demokratiya tarixi bilan bog’liqdir. Binobarin, Yevropa mamlakatlarida ham demokratik jamiyatni barpo etishda qadriyatlarga asoslanish ustuvor bo’lgan.
Yuqoridagi adabiyotlarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, o’tmishdagi barcha ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta ehtibor berishgan. Agarda qadimgi dunyo ijtimoiy-falsafiy tahlimotlarida umuminsoniy qadriyatlar inson aqliy taraqqiyotining mahsuli deb qaralgan bo’lsa, Turondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida “Avesto”dagi uchinchi davr deb atalgan insoniyat kelajak istiqboli, adolatli jamiyat haqidagi fikrlar uning tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://uz.periodicalfinance.com/10645381-ways-to-calculate-the-cost-of-production

  2. https://arm.ssuv.uz/frontend/web/books/642c05ab16bfd.pdf

  3. https://uz.techconfronts.com/17225748-production-cost-calculation-and-analysis

Yüklə 22,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin