Reja: 1. Iroda haqida tushuncha. 2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 3. Iroda nazariyalari. 4. Irodaviy akt va uning tuzilishi. 5. Shaxsning irodaviy sifatlari. 6. Irodani tarbiyalash.
Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni echish uchun xatti - harakatlarni tanlash bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli.
Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy qismi.
Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi.
Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda harakatlar.
Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi.
Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash.
Iroda haqida tushuncha Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir.
Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratkibunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi.
Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlari
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bundayqilaman” deyishdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi.
Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi.
SHuning bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sifatida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdanbog`langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan yana biri,irodaviy harakatlarni odamhamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi.
Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi.
Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan o`zini shaxs sifatida anglaydi, o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunadi.
Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o`ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir.
Avvaldan rejalashtirilmagan xatti - harakatlarni irodaviy harakat deb aytib bo`lmaydi.
SHu bilan birga iroda - avval mavjud bo`lmagan, lekin faoliyatni amalga oshirish natijasiga erishgandan so`ng hosil bo`lishi mumkin bo`lgan qoniqishga butun e`tiborni qaratishdan iboratdir. Ko`p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g`alaba qozonish emas, balki o`z - o`zini engish hamdir. Bu Ayniqsa muvozanatsiz, hissiy qo`zg`aluvchan, sust kishilarga xos bo`lib, o`zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to`g`ri keladi.
Hech bir hayotiy muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi, yashagan va yashayotgan biror kishi kuchli, irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Odamzot boshqa tirik mavjudotlardan o`zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
Iroda nazariyalari
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlar odamga irsiy yo`l bilan tug`ma ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi.
Chet el psixologiyasida iroda erkinligi degan ta`limot yuzaga kelgan bo`lib, bu ta`limotga ko`ra, odamning irodasi azaldan belgilangandir. Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga mutlaqo bog`liq emas.
Iroda qandaydir iloxiy kuchga bog`liqdir. Shuning uchun iroda o`z mohiyati jihatidan doimo erkindir.
Chet el olimlarining iroda erkinligi, ya`ni irodaviy harakatlar hech qanday sababga bog`liq emasligini
haqidagi ta`limotlari batamom xatodir. Biz yashab turgan moddiy dunyoda sababsiz hech narsa va hech
qanday hodisa bo`lmaganidek irodaviy harakatlarning ham o`z sabablari mavjuddir.
Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlarning nerv - fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po`stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo`lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimi asosida ro`y beradi.
Gumanitar, ya`ni inson muammolariga e`tibor ortishi bilan o`z - o`zidan irodani o`rganish ham dolzarb masalaga aylanib
bormoqda. XVIII – XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq
psixologiya fanida XX asr boshlarida ro`y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o`tib qoldi, uni mutlaqo
inkor etish mumkin emas.
Arastu o`z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e`tirof etgan.
Uning fikricha,iroda inson xulq - atvorini o`zgartirishga, boshqarish imkoniyatiga ega bo`lgan omil
hisoblanadi.
Psixologiyada mavjud oqimlar ham irodani turli jihatlariga ko`ra tadqiq etadilar.
Masalan, bixeviorizm -xulq - atvor shakli, motivatsiya psixologiyasi - shaxsning ichki ziddiyatlari, shaxs
psixologiyasi -insonning muhim shaxsiy xususiyati sifatida o`rganadi. V. A. Ivannikov fikricha, iroda -
inson xulq -atvoridagi reaktivlik va faollikning o`zaro ko`rinishidir. V.I.Selivanov esa, irodani ongli boshqarilishi
maqsadga yo`naltirilgan harakatni amalga oshirish uchun ichki va tashqi qiyinchiliklarini engib ketishimkoniyati borligini bilish deb ta`riflaydi. Inson irodaviy faoliyati ongli, maqsadga yo`naltirilgan faollikdir. Asab tizimining umumiy sog`lomlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik paytida, charchagan vaqtida inson irodasi bo`shashadi
Irodaviy akt va uning tarkib.
Har qanday irodaviy harakat dastavval odam oldida tug`iladigan maqsadni taqozo qiladi.
Odam u yokibu harakat orqali nimaga erishmoqchi ekanligini anglaydi. U o`z holatini o`zgartirishi lozimligini,qandaydir ehtiyojlarni qondirilishi zarurligini anglaydi. Bu nima sababdan odam muayyan maqsadga intilayotganini, uning belgilangan maqsadini amalga oshirishga nima majbur qilishini tushuntiruvchi harakat motivlaridir
Irodaviy harakat bosqichlari
Maqsad va o`nga erishishga intilish
Maqsadga erishishning bir necha imkoniyatlarini anglash
Imkoniyatlarni mustahkamlovchi va rad etuvchi motivlarning paydo bo`lishi
Motivlar kurashi Imkoniyatlardan birini tanlash, qaror qabul qilishqarorni ijro etish
Odatda odamning oldida u yoki bu xildagi jalb qilish xususiyatiga ega bo`lgan turli motivlar
(maqsadlar) paydo bo`ladi. Odamga bu maqsadlarni tanlashga, ularning ma`qulligini yoki noma`qulligini,uning hozirgi hayot uchun yoki keyinchalik ahamiyatini baholashga va hozirgi payt uchun eng kerakliyoki eng muhimini belgilab ajratib olishga to`g`ri keladi
Mana shu munosabat bilan irodaviy harakatning muhim bosqichi, ya`ni qo`yilgan maqsadga qanday erishishni, unga erishish yo`llari qanday bo`lishini, bu maqsadga qanday yo`llar olib borishini o`ylash bosqichi paydo bo`ladi. Ana shu jarayonlarning hammasi o`z mohiyati jihatidan iroda akti tarkibiga kirgan intellektual (aqliy) holatlar deyiladi. Irodaviy aktning haqiqiy boshlanishi uchun ma`lum bir qarorga kelish kerak. Ko`pincha qarorga kelishda motivlar kurashi paydo bo`ladi.
Masalan, ixtisosni o`zgartirish niyatidagi yangi ixtisosdan va ichki qanoatlanish umididan voz kechish kerakmi yoki aksincha, imkoniyati tug`ilayotgan qimmatli istiqbol uchun o`zining boshqa ehtiyojlaridan voz kechish kerakmi, degan motivlar kurashi paydo bo`ladi.
Masalan, sevgan qizi bilan kinoga borish va to`satdan qattiq og`rib qolgan yakin kishisiga yordam berish o`rtasidagi motivlar kurashi keskin farq qiladi.
Motivlar kurashi natijasida qarorga kelish paydo bo`ladi. SHubhalanish va ikkilanishlarni chetga surib tashlab, qarorni amalga oshirish kerak bo`ladi. Qabul qilingan qaror to`g`ridan to`g`ri amalga oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni bajarish uchun yana ongli ravishda irodani ishga solib zo`r berish kerak.
Irodaviy zo`r berishni ongli jiddiylik tarzida his qiladi. Bunday jiddiylik irodaviy harakatgao`tish bilan tarqalishi mumkin. Qabul qilingan qarorni zo`r berish bilan ijro etish irodaning muhim belgisini tashkil etadi. Zo`r berish juda muhim xususiyatlarning biri bo`lib, bu xususiyat orqali irodaviy harakatlar ixtiyorsiz harakatlardan farqlanadi. Irodaviy zo`r berish motivlar kurashi va qarorgakelishdayoq seziladi.