Qashqadaryo viloyati



Yüklə 200,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.05.2022
ölçüsü200,66 Kb.
#116380
  1   2   3   4
Qashqadaryo viloyati - Vikipediya



Qashqadaryo
viloyati
Oʻzbekistondagi viloyat
Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda
tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ
sistemasining gʻarbiy chekkasida, 
Amudaryo
va 
Zarafshon
daryolari, Hisor va Zarafshon
tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va
gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh.
Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3225, 8 ming kishi (3-oʻrin) (2020). Tarkibida 13 tumani
(
Dehqonobod

Kasbi

Kitob

Koson

Mirishkor

Muborak

Nishon

Chiroqchi

Shahrisabz
,
Yakkabogʻ

Qamashi

Qarshi

Gʻuzor
), 12 shahar (
Beshkent

Kitob

Koson

Muborak
,
Tallimarjon

Chiroqchi

Shahrisabz

Yakkabogʻ

Yangi Nishon

Qamashi

Qarshi

Gʻuzor
), 4
shaharcha (
Yangi Mirishkor
,
Dehqonobod

Miroqi

Eski Yakkabogʻ

Pomuq
), 147 qishloq
fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).
[1]


Qashqadaryo viloyati
viloyat
Tarkibida
13 ta tuman
Maʼmuriy markazi
Qarshi
Yirik shaharlari
Yakkabogʻ

Shahrisabz

Qarshi
Hokim
Zoir Mirzayev
Rasmiy tili
oʻzbekcha
Aholi 3,225,800 
(9,7 % , (3-oʻrin)
Dinlar tarkibi
musulmonlar
Maydoni
7900 
km²
Balandligi 
dengiz sathidan 
 Baland choʻqqisi
4643 metr 
m
Soat mintaqasi
UTC+5
Kod 
ISO 3166-2
UZ-QA


Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga
q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar.
Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga
olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor
tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning
katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat.
Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning
oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°.
Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda
550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi.
Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300
kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv,
Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar
qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi.
Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor,
Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos
stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning
tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq
tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy
florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud.
Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil
oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa,
bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira
va boshqalar oʻsadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib
yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq,
gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya
qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Yüklə 200,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin