Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə1/5
tarix16.01.2022
ölçüsü285,5 Kb.
#113808
  1   2   3   4   5
5 - guruh XOLOVA DILOVARning KURS ISHI word


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

  Defektologiya ( logopediya ) kasbiy qayta tayyorlash kursi



5-guruh tinglovchisi

Xolova Dilovar Faxridinovnaning
Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati ”
mavzusidagi

KURSNI TUGATISH ISHI


Kursni tugatish ishi rahbari___________________________Shakirova .SH.D

Toshkent -2022

ANNOTATSIYA

Kursni tugatish ishi mavzusi: “Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati .”

Kursni tugatish ishimizning amaliy ahamiyati shundaki, katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik o’yinlar orqali mashg’ulotlar samardorligi ortdi, bolalarning mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishi yanada kuchaydi, interfaol usullardan foydalanish texnologiyalari ishlab chiqildi.

Kursni tugatish ishimizning tuzilishiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: kirish, ikki asosiy bob va uning tarkibiy qismlari, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Ushbu kursni tugatish ishini kirish qismida mavzuning dolzarbligi , maqsad , va vazifalari , predmeti , obekti metodlari asoslab berildi .

Kursni tugatish ishining

1 Bobida Muammoni о‘rganish holati

Muammoni о‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari, katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda disgrafiyani bartaraf etish ,yozma nutqni o’zlashtirish ochib berildi .

Kursni tugatish ishining 2 Bobida Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olish , disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati , disgrafiyani bartaraf qilishda turli xil harf va shaklni fazoviy joylashishi haqidagi ma’lumotlar yoritib berildi, ishning yakunida xulosa va takliflar keltirildi.


M U N D A R I J A

Kirish

I BOB Muammoni о‘rganish holati



1.1 Muammoni о‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari………………………………….

1.2 Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda disgrafiyani bartaraf etish……………………………………………………………………………

1.3 Yozma nutqni o’zlashtirishga tayyorlash……………………………………………

II BOB Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olish.

2.1 Disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati……………………

2.2 Disgrafiyani bartaraf qilishda turli xil harf va shaklni fazoviy joylashishi..


XULOSA VA USLUBIY TAVSIYALAR…………………………………………….

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………………….......

Kirish

Muammoning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikamizning «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingach, ta’limning isloh qilish sohasida keng imkoniyatlar vujudga keldi.



Bugungi kunda jahon ta’lim tizimining rivojlanishi dinamikasi ta’lim jarayonini tashkil etish, bolaning mustaqil shaxs sifatida erkin faoliyat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida bir qator muhim izlanishlar olib borish, jiddiy qadamlar qo’yishni taqozo qilmoqda.

Huquqiy demokratik jamiyatda bolalar umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta buning uchun ularga mustahkam bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.



Bu o’rinda shuni aytish lozimki, maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalarini o’rgatish orqali bolalarning og’zaki va yozma nutqni rivojlantirishga, so’zamon bo’lishga, o’z fikrini mustaqil bayon qilishga erishmog’imiz lozim.

Alaliyani o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlar, bular Guts’man , A.Libmann , М.V.Bogdanov- Berezovskiy , E. Freshels, keyinchalik esa M.Ye. Xvatsov, N. N. Traugott, V. K. Orfinskaya, R. Ye. Levina, L.V.Melexova, G.V.M atsievskaya, Ye. F. Sobotovich , V. A. Kovishkov, S.N . Shaxovskaya, V.K. Vorobeva va boshqalar. Turli mualliflar ishida turlicha mezonlarni qo’llash asosida alaliyada nutq rivojlanishi va nuqson tuzilishi xususiyatlari ajratib ko’rsatilgan: fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar.

Interfaol usullar haqida ko’p fikr-mulohazalar bo’lmasa-da, ammo maktab yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalarini qo’llash kengroq tadqiq qilinmagan.

shu bois kursni tugatish ishimiz mavzusini “Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati” deb nomladik.

Kursni tugatish ishimizning maqsadi – katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati.

Kursni tugatish ishimizning ob’ektini – katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik o’yinlardan foydalanishning tutgan o’rni.

Kursni tugatish ishimizning predmetini – Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik rivojlantirishga oid o’yinlar jarayoni etib oldik.

Belgilangan maqsaddan kelib chiqib qo’yidagi vaziflarini belgilab oldik:

1.Muammoning pedagogik–metodik jihatlarini tavsiflash;

2.Tadqiqotga oid adabiyotlarni o’rganib chiqish va tahlil qilish;

3.Ilg’or tajriba-sinov ishlarini o’rganib ishga tadbiq etish;

4. Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik o’yinlar, texnologiyalarini qo’llashning afzalliklarini aniqlash va tajriba-sinov ishlarida tahlil qilish.

Kursni tugatish ishimizning amaliy ahamiyati shundaki, Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldinini olishda didaktik o’yinlar orqali dars mashg’ulotlari samardorligi ortdi, bolalarning dars mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishi yanada kuchaydi, interfaol usullardan foydalanish texnologiyalari ishlab chiqildi. Kursni tugatish ishimizning tuzilishiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: kirish, ikki asosiy bob va uning tarkibiy qismlari, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I BOB Muammoni о‘rganish holati


    1. Muammoni о‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari.

Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida ma’lumotlarga ega bо’ladi. Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning ta’lim tarbiya olishida asosiy vosita bо’lib xizmat qiladi. Bolalarda eng kо’p uchraydigan nuqsonlardan biri duduqlanish nutq kamchiligidir. Bunday nutq kamchiligiga uchragan bolalar nutqi о’ziga xosligi bilan boshqa nutq kamchiliklardan farq qiladi. Ushbu nutq buzilishlari bilan shug’ullangan chet el va rus olimlari nutq buzilishlarini turli yо’nalishlarda kо’rib chiqqanlar. Psixologik- pedagogik tomondan R.Ye. Levina; psixologik – lingivistik tomondan V.K. Orfinskaya, Ye.F. Sobotovich, V.A. Kovshikov; tibbiy – pedagogik tomondan S.S. Lyapidevskiy; Ye.M. Mastyukova va boshqalar о’rganganlar.V.I. Oltushevskiy nutq kamchiliklarini o‘rganib, adabiyotda o‘rgatilgan ma’lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini tasniflagan va talaffuz kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to’g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to’g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o’rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo’lini, bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o’ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o’z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo’ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.

Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so’zlar qachon paydo bo’lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to’g‘ri diagnoz qo’yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to’g‘rimi? Yo’q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto’g‘ri talaffuzuz etish xos bo’ladi. Bu ko’rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to’g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarining yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.

Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko’rsatadilar, ularni

Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi:

1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo’lgan davr)

2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo’lib ko’rsatadi:

Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.

Bog‘chagacha bo’lgan davr- 3 yoshgacha.

Maktabgacha bo’lgan davr- 7 yoshgacha.

Maktab davri.

Bu davrlarning to’liq tavsifi ustida to’xtalib o’tamiz. Shunday qilib,

Birinchi davr-tayyorgarlik davri.

Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo’ladi. To’g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo’limini (nafas olish, ovoz xosil bo’lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o’ynaydi. Ikki xafta o’tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to’xtaydi.

Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo’shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo’lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko’zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo’ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)

Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko’rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko’p marotaba takrorlashi harakat ko’nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o’zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o’zlashtiradi.

Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to’qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo’g‘inlarni qaytara boshlaydi. O’n – o’n bir oyligida so’zlarning o’ziga reaksiya paydo bo’la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning to’g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo’lish extiyoji o’sib boradi. U bir nimani olishni, so’rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo’lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so’zlar paydo bo’ladi.

Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo’lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi so’zlar paydo bo’lgandan so’ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so’zlarni ko’p marotaba takrorlaydi va o’zi ham so’zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto’g‘ri talqin etadi, o’rnini almashtiradi yoki o’z nutqida qo’llamaydi. Bu vaqtda bola bir so’z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko’pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so’z boyligining o’sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko’rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko’ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo’lgan davrda o’sishi quyidagi raqamlarni ko’rsatadi:

1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so’z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o’z xoxishi va iltimoslarini har bir so’z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so’zdan iborat sodda jumlalar paydo bo’la boshlaydi.

Uchinchi davr- maktabgacha bo’lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).

Maktabgacha bo’lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o’rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo’lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto’g‘ri qo’llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o’zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o’z kamchiligini to’g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.

Bu davrda lug‘at boyligining o’sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o’z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo’llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo’shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo’shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.

Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo’lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to’g‘ri talaffuz o’zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to’g‘ri aniq gapira oladi.

Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o’ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro’y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o’ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o’z ifodasinin topayotganligini ko’rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o’z vaqtida to’g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo’lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo’lishi normal eshitish va ko’rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo’lishi, gaplashish extiyojiga ega bo’lishi, to’g‘ri nutq muxitiga ega bo’lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o’zlashtirib olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Dizgrafiyadan aziyat chekgan mashhur shaxslar…..

Petr I – U butunlay xatolar bilan yozgan va ustozlari qanchalik qattiq kurashishmasin ular hech narsa qila olishmagan.

Petr yozgan so’zlarida ba’zi harflarini yo’qligiga etibor bermagan va imlo xatosi sifatida hisobga olmaydi.

Agata Kristi – (1890-1976) detektiv hikoyalar yozuvchisi

Mashhur ingliz yozuvchisi Agata Kristi “Dedektiv malikasi “ o’z hayotida 80 dan ortiq kitob yozgan. Ammo ko’pchilik bilmaydiki ,kichkina Agata yozishni o’rgana olmagan .U juda ko’p xatolarga yo’l qo’yadi va sh qadar sekin yozadiki , ota onasi uni maktabdan olib ketishadi va qiz o’qishni uyida davom etiradi. Agata Kristiumrini oxirigacha to’g’ri yozishni o’rgana olmaydi

Leonardo Da Vinchi chap qo’li bilan yozgan va chizgan va oynavand yozilgan 7 ming sahifalik kundaliklarni qoldirgan.

Xans Kristian Andersen avvaliga muharrirlar qo’lyozmalarini oxirigacha o’qimay turib qaytarishdi va “ hayratlanarli darajada savodsiz muallif ” haqida uzoq vaqt Kopengagen atrofida mish mishlar tarqaldi. Bir gazetada shunday yozilgan edi.”O’z tilini shunchalik qattiq masxara qiladigan odam yozuvchi bo’la olmaydi. Va bu deyarli to’g’ri – disleksiklar odatda o’qish va yozish bilan bog’liq bo’lmagan kasbni tanlaydilar.

1.2 Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda disgrafiyani bartaraf etish

«Nutqning to’liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo’lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi.»

Nutqning to’liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o’zining etilogiyasi bo’yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko’rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.

Nutqning to’liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi.

Biroq pedagog-logoped uchun kim bilan ishlashi, to’liq rivojlanmaganlik qay yo’sinda paydo bo’lgani, nutq rivojlanishi tempiga qo’shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki yo’qligi va boshqa omillarning qanday ta’sir etishi ma’lum ahamiyatga ega.

Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin.

Nutq ma’lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi. Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarning o’zigina Etarli emas, u bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti Etakchi ahamiyatga egadir. Muloqot extiyoji bolaning atrofdagi odamlar bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastlabki ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi tassurotlarga extiyoji negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika, predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi.

Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo’lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi – muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi.

Bola nutqining yuzaga kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan bolani ajratib qo’yish deprivatsion vaziyat sifatida o’rganiladi. Bu vaziyat bolaning psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agar bu vaziyat uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.

Nutq rivojlanishiga, ayniqsa hissiy deprivatsiya yomon ta’sir ko’rsatadi. Bunda bola tug‘ilganidan boshlab uning affektiv ehtiyojlari (suyish, erkalash, yaxshi ko’rish) qondirilmaydi. Bunday vaziyat ko’pincha otaonalari spirtli ichimliklar ichuvchi, onasi yo’q oilalarda, bola tug‘ilishi bilan tarbiyaga sust qaraladigan bolalar uyida tarbiyalanishi oqibatida vujudga keladi.

L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning Etakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko’p doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan Etilishi shunchalik tez sodir bo’ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi hali to’liq o’rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborot oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik holatiga mos ravishda bo’lishini hisobga olish lozim, chunki har qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Nutqning to’liq rivojlanmaganligi sabablari. Bolaning ona qornida rivojlanishi, tug‘ruq (tug‘ruq travmasi, asfiksiya) va hayotining dastlabki yillarida ta’sir ko’rsatuvchi turli xil zararli omillar nutqning to’liq rivojlanmaganligiga olib kelishi mumkin.

Nutqiy kamchilik tuzilishi va kompensatsiya jarayonlari ko’p hollarda miya zararlanishi qachon ro’y berganligi bilan aniqlanadi. Bir butun miya rivojlanishi anomaliyasining xarakteri ma’lum miqdorda jarohatlanish muddatiga bog‘liqligi hozirgi kunda isbotlangan. Turli xil zararli omillar (infeksiya, intoksikatsiya va boshqalar) ta’siri ostida bosh miyaning birmuncha og‘ir zararlanishi, odatda erta embriogenez davrida yuzaga keladi. Taxminlarga ko’ra, homiladorlikning 3-4 oylarida bosh miyaning zararlanishi (nerv to’qimalarining eng ko’p ajralish davri), bosh miya tuzilishining birmuncha kengroq o’zgarishlarini yuzaga keltiradi. U yoki bu zararli omilning ta’siri davrida nerv tizimining qaysi bo’limlari birmuncha jadal rivojlanishiga bog‘liq ravishda rivojlanmaganlik ko’proq harakat, senor, nutqiy yoki intellektual funksiyalarga taalluqli bo’ladi. Homiladorlikning kechishi davomidagi doimiy noqulay shart-sharoitlar tufayli, birmuncha yaqqol ifodalangan alohida miya tuzilmalari bilan birga bir butun yaxlit miya rivojlanmaganligi ham kuzatiladi. Bu murakkab nuqsonlarning yuzaga kelishiga (masalan, oligofreniyaning motor alaliya bilan uyg‘unlashuvi) asos bo’lib xizmat qiladi.

Miya rivojlanmaganligi yoki zararlanishini keltirib chiqaruvchi sabablar ichida homiladorlik davrida onaning infeksiyalari yoki intoksikatsiyalari, toksikozlar, tug‘ruq travmasi, asfiksiya, rezus-omil bo’yicha ona va homila qonining mos kelmasligi, markaziy nerv tizimi kasalliklari (neyroinfeksiyalar) va bola hayotining dastlabki yillarida bosh miya travmalari birmuncha ko’p uchraydi.

Homiladorlik davrida alkogol va nikotinni iste’mol qilish ham bolaning jismoniy va nerv psixik rivojlanishida kamchiliklarga olib keladi. Bu kamchiliklarning ko’p uchraydigan ko’rinishlaridan biri nutqning to’liq rivojlanmaganligi hisoblanadi. Alkogolli sindromda bolalar kam vaznli tug‘iladilar, jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladilar. Bundan tashqari turg‘un bo’y va vazn Etishmovchiligi, ko’krak qafasi deformatsiyasi, mikrotsefal yoki (kamroq) gidrotsefal kalla suyagi, kalta bo’yin, yuqori va pastki jag‘ rivojlanmaganligi, baland chuqur, tor tanglay, tor va kalta ko’z yoriqlari va boshqa bir qator belgilar kuzatiladi. Bu belgilar turli xil ko’ruv, eshituv va hokazo nuqsonlar bilan uyg‘unlashib kelishi mumkin. Bunday bolalarda nutqning to’liq rivojlanmaganligi harakat qo’zg‘aluvchanligi, affektiv qo’zg‘aluvchanlik va haddan tashqari past aqliy ish qobiliyati sindromlari bilan uyg‘unlashadi. Bunday bolalarni erta aniqlash, ularni ichkilikboz ota – onalaridan ajratish tibbiy, tarbiyaviy va logopedik ishni to’g‘ri tashkil qilish bolalardagi nutqiy va intellektual rivojlanmaganlikni oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.

Bola miyasining nutq zonalariga zararli omilning nutq shakllanib bo’lganidan so’ng ta’sir ko’rsatishi hollarida afaziya yuzaga kelishi mumkin.

Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to’liq rivojlanmaganligining yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o’rin tutadi. Bunday hollarda nutqiy nuqson hatto ahamiyatsiz tuyulgan zararli omillar ta’siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin.

Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, nutq to’liq rivojlanmaganligini keltirib chiqaruvchi etologik omillarning murakkabligi va ko’p shaklliligi haqida umumiy xulosaga kelish mumkin.

Nutq to’liq rivojlanmaganligi etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to’liq rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega.

Jarohatlanish vaqtiga bog‘liq ravishda homiladorlik patologiyasi, tug‘ruq travmasi bilan (miyaning intranatal jarohatlanishi) bog‘liq markaziy nerv tizimi buzilishlari va bola tug‘ilganidan so’ng infeksiyalar va travmalar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi postnatal zararlanishlarga ajratiladi.

Nutqning to’liq rivojlanmaganligi etiologiyasida perinatal ensefalopatiya-homiladorlik davri singari tug‘ruq davrida ham zararli omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keluvchi miya zararlanishi, alohida o’rin tutadi.

Agar perinatal ensefalopatiyaning sababi miyaning bachadon gipoksiyasi va tug‘ruq asfiksiyasi hisobiga kislorod bilan tuyinmaganligi bo’lsa, u gipoksik ensefalopatiya deb; agar mexanik tug‘ma shikastlanish bo’lsa – travmatik ensefalopatiya deb; agar ikkala omil birgalikda kelsa – gipoksis-travmatik ensefalopatiya deb ataladi. Agarda miyaning shikastlanishi ona va bola qoni rezus –omili yoki guruhi to’g‘ri kelmaganligi hisobiga markaziy nerv tizimining toksik zararlanishi tufayli bo’lsa – bu bilirubin ensefalopatiya deb ataladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligi, odatda miyaning rezidual – organik zararlanishi oqibati hisoblanadi. Uni nerv-psixik kasalliklarda uchraydigan (yepilepsiya, shizafreniya va boshqalar) nutq rivojlanishi buzilishlaridan farqlash lozim.

Markaziy nerv tizimining rezidual-organik jarohatlanishida ikki asosiy turdagi buzilishlar ajratiladi: dizontogenetik-ma’lum strukturalar va fiziologik tizimning rivojlanmaganligi yoki ular shakllanishining muddatidan orqada qolishi oqibati sifatidagi buzilish: bunday buzilishlarga nutqning to’liq rivojlanmaganligi misol bo’la oladi; ensefalopatik-markaziy nerv tizimi u yoki bu tuzilishining zararlanishi oqibati sifatidagi buzilish, bu buzilishlarga nutqiy va harakat kamchiliklari, shuningdek boshqa kamchiliklar, masalan, dizartriya, bolalar tserebral falaji, gidrotsefaliya va boshqalar misol bo’la oladi.

Nutq to’liq rivojlanmaganligining klinik ko’rinishlari. Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko’rinishlari mavjudligini ko’rsatdi.

Nutqning to’liq rivojlanmaganligini R.YE. Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo’q bo’lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bo’lgan mukammal nutq buzilishigacha.

Nutq to’liq rivijlanmaganligining 1 darajasi nutqning bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq bo’ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo’ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so’zlarning ko’p ma’noga ega bo’lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: «tu-tu»-mashina, parovoz, samalyot, qayiq; «taq»-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalarning passiv lug‘ati aktiv lug‘atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bo’ladi, ular ko’p so’zlarning ma’nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo’lmaydi, tovushlar birbiri bilan almashtiriladi, fonematik o’quv buzilgan bo’ladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo’lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo’yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo’ladi.

Nutq to’liq rivojlanmaganligining 2 darajasi-dastlabki keng qo’llanadigan odatdagi nutqning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega bo’ladilar. Ular narsalar, xodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo’pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo’ladi. Ular ikki-uch so’zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo’ladi. Umumlashtiruvchi so’zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi so’zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe’l sonini ot soniga moslashtira olmaydilar.

Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo’lgan bolalar bo’g‘inlar o’rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar.

Nutq to’liq rivojlanmaganligining 3 darajasi- nutqda leksikgrammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo’lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo’lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni birbiridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq bo’lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo’ladi, lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning o’ziga xosligi ko’rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so’zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg‘un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko’pchilik hollarda ular qo’shimcha qo’shilish bilan so’z ma’nosining o’zgarishini tushunib yetishmaydi.

Nutqning to’liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi

O’qitishning birinchi bosqichi bir so’zdan va morf-o’zak so’zdan iborat gaplar

Logopedik ta’sir ko’rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon bo’lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.

Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo’ljallangan. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so’zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so’z qismlaridan iborat («da» yoki «dada», «bo» yoki «bobo», «bi-bi»-mashina va xokazolar).

Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko’ra kattalar so’ziga taqlid qilish extiyoji xali bo’lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo’lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto’g‘ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo’g‘in kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.

Gapirmaydigan bolalarning faol lug‘atida ayrim hollarda 5-10 ta, ba’zida esa 25-27 ta so’z birliklari bo’ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so’zlardan foydalanish davri so’z-gap yoki bir so’zdan iborat gap davri deb nomlanadi.

Bir so’zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.

Bir so’zdan va amorf so’zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo’lishi mumkin: bolaning o’ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past darajadan so’zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va ko’plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko’makchili konstruksiyalar ma’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib ko’rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida.

Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega bo’ladilar, ular otaonasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko’ra og‘zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo’ladi.

Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo’shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi.

Agar gapirmaydigan bolalarning nutqni tushunishi darajasi past bo’lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo’lsa, istalmagan tovush nutq ko’rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o’ringa chiqadi.

Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) o’tkazish lozim. yetakchi mashg‘ulot shakli o’yindir. Mashg‘ulotlar ayniqsa ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Logopedik ta’sirida aynan bir so’z materialini ko’p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o’rnatish zaruriy sharoit hisoblanadi.

Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko’rinishni rag‘batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so’zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta’sirlanish yuzaga keladi.

Bu so’zlarni mos keluvchi savollarga yoki so’zlarga almashtirish foydalidir (o’ylab ko’rchi, topchi). Yoki bir tomonlama dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o’zi javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan; bola bilan o’yinchoqni javon oldiga borib, hayratomuz so’raladi: «Qarachi, bu yerda kim paydo bo’ldi? Uloqcha?!» Uloqchani tomosha qila turib, bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: «Me-me-me». Uloqchaning burni, qulog‘i, dumchasini bolaga ko’rsata turib, logoped qiziqsinib so’raydi. «Uloqcha qanday yig‘lashini sen bilasanmi?» Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur.

Biroq, amorf – o’zak so’zlarni (bola tomonidan yaratiluvchi) masalan, kuchuk so’zi o’rniga – «chu» yoki sichqon so’zi o’rniga – «chi» so’zlarini bolalar ortidan takrorlash mumkin emas. Bolalar faqat to’g‘ri talaffuz qilinuvchi so’z va gaplarni eshitishlari lozim.

Nutqni tushunishni rivojlantirish

Logopedik ta’sirning asosiy vazifasi passiv lug‘at boyligini to’ldirishdan iborat. Bolalarga o’yinchoqlari, tana a’zolari, kiyimkechaklari, jonivorlar, alohida predmet va hodisalar nomlari va shu kabilarning nomlarini eslab qolish taklif etiladi.

Passiv fe’l lug‘ati bolaning o’zi tomonidan amalga oshiriluvchi xattiharakatlar nomidan iborat bo’lishi lozim (o’tiribdi, yuribdi, kiyinyapti va hokazo). Bundan tashqari o’ziga yaqin kishilar bajarayotgan xatti-harakat nomlarini ham bilishi lozim, ammo bu lug‘at faqat bolaning bevosita bir necha marotaba o’zi kuzatgan xatti-harakatlar nomi bilangina chegaralanishi mumkin. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug‘ati passiv predmet lug‘atidan birmuncha kam bo’lishi mumkin. Shu sababli agar bolalar predmet nomlarini bilsa, u holda imkon qadar tezroq ularni harakat nomlarini tushunishga, shuningdek sodir etilayotgan harakatlar yuzasidan berilayotgan savollarni tushunishga o’rgatish zarur: qayyerda? qayoqqa? nima? nimga? qayyerdan? kim uchun?

Nutqni tushunishni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida bolalardan alohida so’zlarni tushunishning aniqligi talab qilinmaydi, shu sababli qayyerga-qayyerdan, och-yop va hokazo singari so’zlarni farqlash vazifasi birinchi o’ringa qo’yilmaydi. Qayyerda? kimga? va shu kabi savollarni tushunishga o’rgatish jarayonida bolalar dastlab bu so’zlarning turlicha tovush ifodasiga tayanmaydilar, balki savolning keng nutqiy matniga tayanadilar. Buning uchun logoped savolida bolalarga yaxshi tanish bo’lgan «yordam beruvchi» so’z bo’lishi kerak. Shundan so’nggina bolalar bu savollarni yaxshi tushunishga o’rganadilar. Sekin-asta savollardan barcha «yordam beruvchi» so’zlar olib tashlanadi. Shu sababli logoped dastlab jaranglanishi bo’yicha o’xshash so’roq so’zlar bilan birga turli xil predmet va harakatlar nomini qo’llaydi, masalan: qayyerdan olding? (kitob) ammo qayyerga qo’yding? kimga berding? Xuddi shunday qo’g‘irchoqni kiyintirish (kiyinmagan bo’lsa), eshikni yopish (ochiq bo’lsa) iltimos qilinadi, ammo bola oldiga ikki harakatdan birini tanlab bajarish masalasi qo’yilmaydi, masalan: qoshiqni ol-qoshiq bilan ol. Logopedik ishning keyingi bosqichlarida so’roq so’zlari bir xil fe’llarda qo’llaniladi: qayyerga kelding? qayyerdan kelding? va hokazo.

O’ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko’p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi.

Katta odam vaziyatdan foydalanib bola olgan predmetlarni, bajargan harakatini, bolaning his qilgan hissiyotlarini (sovuq, issiq va h.k.) nomlaydi.

Katta odam 2-4 so’zdan iborat qisqa gaplar bilan orasida pauzalar qilib, aynan bir so’z birikmasini 2-3 marotaba takrorlaydi. Nomlanuvchi predmetlarning turlicha o’zaro munosabatini aks ettiruvchi so’zlar har xil grammatik shakllarda bir necha marotaba takrorlanadi. Barcha so’zlar bo’g‘inlarga bo’linmay tabiiy ohangda gapiriladi, ammo cho’zib talaffuz qilinuvchi unlilar o’z holicha gapiriladi. Logopedning butun nutqi bolaga qaratilgan savollar bilan boyitilgan bo’lishi lozim. Bolada faol lug‘atida mavjud nutqiy vositalar yordamida kattalar bilan muloqot qilish extiyojini tug‘dirish zarur.

Bolaning ushlagan, silagan, ko’rgan predmetlari nomini eshitgan, o’zi bajargan harakatlari nomini ko’p marotaba eshitganidan so’ng, boladan tanish predmetni olib kelish yoki shu predmet bilan bog‘liq biron bir harakatni bajarishni iltimos qilish mumkin. Agar bola bu iltimoslarni tushunmasa logopedning o’zi predmetni oladi va uning nomini yana bir marotaba takrorlaydi.

Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalarning passiv lug‘atini chalg‘ituvchi so’zlar bilan to’ldirish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulotni o’tkazishda o’yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko’rgazmali material bo’lib xizmat qiladi.

Nutqiy taqlidni faollashtirish

Nutqsiz bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishda kattalar so’ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Taqlidiy nutqiy reaksiyalar har qanday tovush komplekslarida ifodalanishi mumkin. Shu sababli logoped shunday bir sharoitni yaratishi zarurki, bunda bolada aynan bir tovush birikmasini talaffuz qilish (takrorlash) istagi paydo bo’lishi lozim. Chunonchi, logoped iltimosiga ko’ra bola hayvonlar va qushlar ovoziga taqlid qiladi: «mo’-mo’», «ku-ku», «chi-chi» va hokazo.

Nutq rivojlanishining bu davrida bolalar o’yinchoqlarni, tanish predmetlarni, harakatlarni, o’z istaklari va munosabatlarini o’zlariga qulay tovush shaklida nomlashlari mumkin.

Bu davrdan «sakrab o’tib ketishga» urinish noto’g‘ri bo’lardi. Biroq bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq so’z kombinatsiyalariga o’tish muhim. Bunda bolada hech bo’lmaganda so’zlarning ayrim qismlarini taqlid bo’yicha amalga oshirish zarur.

Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning amaliy faoliyati o’yin, ko’rgazmali vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo’lishi lozim. Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida, taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko’p narsa o’yinlarning qanchalik qiziqarli tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik chuqur ta’sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bog‘liqdir.

Taqlidiy nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni rivojlantirishni umuman olganda «Men kabi bajar» dan boshlash kerak. Bolalarni predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo’l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid qilishga o’rgatish lozim. Logoped o’zi va bolalarning xatti-harakatlarini so’zlar bilan, agar iloji bo’lsa she’riy shaklda to’ldirib turadi.

Qo’l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga ayniqsa jiddiy yondashish tavsiya etiladi (mayda qo’l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo’l harakatlariga taqlid rivojlantiriladi).

Logopedik ishning yakuni

Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va xarakatlarni ularning so’z belgisi bilan taqqoslashga o’rganishlari lozim.

Bolalarning passiv lug‘ati quyidagilardan iborat bo’ladi:



  1. Bola doimiy ko’ruvchi predmet nomlari.

  2. O’zi yoki tanish kishilari bajargan xatti-harakatlar nomlari.

  3. Ayrim holatlar nomlari (issiq, sovuq, iliq)

Bolalarda kattalar so’ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur. So’z taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutq-tovushlarda ifodalanib namoyon bo’ladi.

1.3 Yozma nutqni o’zlashtirishga tayyorlash

Og‘zaki nutq atrofdagilar bilan bevosita aloqa qilishda ishlatilsa, yozma nutq boshqa vaziyatda boshqa bir joyda, davrda yashagan kishilar bilan muloqotda bo’lish, ularning fikrini anglash vositasidir. Yozma nutq fikrlarimizni ixtiyoriy ifodalab berishning eng qulay vositasidir. Yozma nutqni o’qish hamda yozish jarayonlari tashkil etadi. Yozma nutqni tushunish uchun maxsus tartibdagi ta’limni olmoq, ya’ni savodli bo’lmoq zarur. Yozma nutq og‘zaki nutq asosida shakllanadi.Yozma nutq mexanizmlari murakkab bo’lganligi tufayli uni shakllantirib borishda turli xil qiyinchiliklar kuzatilib turadi. Logopediyada yozma nutqdagi nuqsonlar disgrafiya (grekchadis – buzilish, grafo – yozaman), agrofiya (a – inkor qilish, yo’q, grafo – yozaman), dileksiya (grekcha dis – buzilish, lego – o’qiyman), aleksiya (grekcha a – inkor qilish, yo’q, lego – o’qimoq) atamalari bilan yuritiladi.

Yozma nutqdagi kamchiliklar haqida korreksion pedagogika namoyandalari qimmatli nazariyalarni yaratib qoldirganlar. O’zlarining ilmiy asarlarida ular o’qish va yozishdagi kamchiliklar mustaqil nutq nuqsonlari ekanligini ko’rsatib berdilar. Bunga qadar yozma nutqdagi kamchiliklar aqliy asosiy belgilaridan biri deb hisoblab kelinar edi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o’qish va yozishdagi kamchiliklar ko’rib, idrok etishning yuzaki, norizo bo’lishidan kelib chiqadi deb, olimlar yozma nutqdagi kamchiliklarni legosteniya (o’qishning sustligi) va grafosteniya (yozishning sustligi) atamalari bilan nomlashni tavsiya qildilar. K. N. Monaxov yozma nutqdagi nuqsonlarni sezuvchanlikka aloqador afatik buzilishning sensor xarakteri deb hisobladi. Mashhur klinisist-nevropatolog R. A. Tkachev, S. S. Mnuxinlar yozma nutqdagi kamchiliklar bo’g‘in obrazlarini esda saqlay olmaslik, tovushlarni noto’g‘ri talaffuz etish oqibatida sodir bo’lgan nutq nuqsonlari deb, ularni aleksiya, agrafiya deb atashni taklif etdilar. Yozma nutqdagi kamchiliklarni olimlar har tomonlama o’r ganib, bularni og‘zaki nutq va fonematik eshitishdagi kamchi liklar dan kelib chiqadigan nuqsonlar deb hisobladilar.

Nutqni analiz va sintez, ya’ni tahlil va tarkib qilish qobiliyati bolada og‘zaki nutqning shakllanishi bilan birga paydo bo’ladi.

Og‘zaki nutqdagi kamchiliklar yozma nutqni shakllantirib borishga to’sqinlik qiladi. Tovushlarni to’g‘ri talaffuz etish, ularni eshitib turib bir-biridan ajratib olishda qiynalgan bolalarning yozma nutqida o’qish va yozishda bir qator nuqsonlar kuzatiladi. Ular o’qish va yozish vaqtida harflarni tushirib, o’rnini almashtirib yuboradilar.Yozma nutqdagi nuqsonlar harflar shaklini noto’g‘ri idrok etishga aloqador bo’lishi ham mumkin. Bunda bola yozilishi jihatidan o’xshash harflarni, ularning elementlarini adashtirib yuboradi.Maktab o’quvchilari orasida yozma nuqsonlardan disgrafiya va disleksiyalar tez-tez uchrab turadi. Disgrafiklarning yozma ishlarida kuzatiladigan xatolarni ma’lum guruhlarga ajratib o’rganish tavsiya etiladi. Bular quyidagilardir:

1. fonetiko-fonematik xarakterdagi xatolar – talaffuz (artikulatsiya) va idrok (akustika) jihatidan o’xshash tovushlarni bir-biri bilan almashtirib yuborish, masalan: gul-kul, zina-sina, bog‘-pox, daftar-taftal va h.k.

2. So’z tuzilishidagi kamchiliklar:

a) bo’g‘inlar o’rnini almashtirish, masalan: mashina-manashi, randa-radan;

b) unlilarni tushirib qoldirib ketish: uzum-uzm, ilon-iln, gilos-glos,

kitob-kitob; undoshlarni tushirib qoldirib ketish, masalan: do’stlik-do’slik,

mashina-maina, bayram-baram;

d) bo’g‘in so’zlarni oxirigacha yozmaslik, masalan: bola-bol, olxo’ri-olri,

gilos-gilo, lenta-leta, anor-ano;

e) ortiqcha, keraksiz unli yoki undosh harflarni qo’shib yozish, masalan:

stul-ustul, doska-dosika, o’rdak-o’ridak, bahor-bahhor, gilam-gigilam.

3. Bir so’zni ikkiga bo’lib yoki ikkita so’zni qo‘shib yozish, masalan: Bahor keldi – Baxor keldi.

4. Shakli va yozilishi bilan o‘xshash harflarni, ular-

ning elementlarini almashtirib yozish, masalan: sh-i, t-p, l-m,

i-sh, s-v, b-d, g-l, z-v va boshqalar. Harf elеmеntlarining fazoda

oladigan joylarini almash tirish: s-z, v-u, s-e.

5. Qo’l muskullari-ning nozik harakatchanligi, motorikasi buzilishi natijasida harflarni noto’g‘ri yozish, daf tardagi chiziqlarga e’tibor qilmaslik, bo’g‘in va so’zlarni ustma-ust yozish va hokazo.

6. Grammatik xarakterdagi xatolar (morfologik, orfografik, sintaktik, punktuat-sion xatolar va boshqalar).

7. Oynavon xat – xatni xuddi oynada aks etganidek teskari yozish. Bunda bola chap va o’ng tomonlarni chalkashtirganligi tufayli harflar ko’zguda qanday ifodalansa, shunday yoziladi, masalan: s-s, b-b, l-l, d-d.Yozuvdagi kamchiliklar – disgrafiya, ko’p hollarda o’qishdagi kamchiliklar – disleksiyalar bilan birga kuzatiladi. Disleksiyaning alohida o’zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdan-kam uchraydi. Disleksiyaning belgilari:

1. Almashtirib o’qish; harf-larni bo’g‘inlarga biriktira olmaslik.

2. Harf va bo’g‘inlarni qayta-qayta takrorlash, tushirib ketish, o’rnini almashtirish natijasida tushunmay, noto’g‘ri, sekin o’qish.

3. So’z qismlarini, bo’g‘inlarni, qo’shimchalarni boshqa harf, bo’g‘in yoki so’zlar bilan almashtirish.

4. Tinish belgilari, pauzalarga rioya qilmaslik, so’z o’rtasida to’xtab, pauzalar qilib, birinchi so’zning ikkinchi qismini keyingi so’zning birinchi qismi bilan o’qib ketish.

O’qish – bu nutq faoliyatining tovushlar talaffuzi va idroki bilan chambarchas bog‘liq bo’lgan bir turidir. Psixologiyaga doir adabiyotlarda o’qish mexanizmlariga, birinchidan, so’zning o’qilishi, ya’ni grafik tomoni va aytilishi o’rtasidagi bog‘lanish, ikkinchidan, o’qilgan so’zning ma’nosini tushunish, ya’ni ongli o’qish kiradi, deb ta’kidlanadi. O’quv malakalari mukammal bo’lishi uchun o’qish jarayonining ikkala tomonini ham bir-biriga payvasta qilib, baravar shakllantirib olib borish kerak. Aks holda materialni tushunib, ongli o’qishni ta’minlab bo’lmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan disleksiyaning belgilari ko’proq o’qish texnikasi bilan bog‘liq bo’lsa-da, bularning hammasi ongli o’qishga ta’sir ko’rsatadi. Logopediyaga doir adabiyotlarda disgrafiya, agrafiya, disleksiya, aleksiyani bartaraf etish yo’llari, usullari bayon etilgan.Olimlar disgrafiyani quyidagi tartibda bartaraf etishni taklif etadilar:

1. Tayyorlov davri. Bu davrda o’quvchilar o’qish va yozish malakalarini qay darajada egallab olganliklari aniqlanadi, analiz va sintez malakalari tarbiyalanadi; eshituv va ko’ruv analizatorlari, fonematik eshitish, eshituv va ko’ruv xotirasi rivojlantirib boriladi.

2. Unli tovush va harflarni bir-biridan ajratish.

3. Undosh tovush va harflar bir-biridan ajratilib differensiatsiya qilinadi.

4. So’z ustidaishlash, so’zning tuzilishi, tarkibi haqidagi bilimlar berish.

5. Gap ustida ishlash.Bu logopedik metodika analiz va sintez qilish malakalari fonematik uquv yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yozma nutqda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishga mo’ljallangan.

Logoped O. V. Pravdina yozma nutqdagi kamchiliklarni uch bosqichda bartaraf etishni tavsiya etgan. Birinchi bosqichda jarangli va jarangsiz, portlovchi p, t, k tovush va harflar asosida differensiatsiya ishlarini o’tkazish tavsiya etiladi. Bu bosqichda sh, j, l, r kabi artikulatsiyasi murakkab tovushlarni talaffuz etishga o’rgatish uchun tayyorlovchi artikulatsion mashqlarni o’tkazish, ayrim grammatik tushunchalar ustida ishlash tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqichda s, z, sh, s, ch, b, g, d, l, r kabi tovushlar talaffuzini yo’lga qo’yish, avtomatizatsiya va differensiatsiya ustida ishlash ko’zda tutiladi. Bu bosqichdagi har bir mashg‘ulotda bo’g‘in, so’z va gaplarni analiz va sintez qilishga o’rgatish ishlari asosiy o’rinni egallashi kerak. Uchinchi bosqich bir-biriga bog‘langan og‘zaki hamda yozma nutqni o’stirish yo’li bilan dastlabki bosqichlarda to’g‘ri talaffuz etishga o’rgatilgan tovushlarni mustahkamlash (avtomatizatsiya) va bir-biridan ajratishni (differensiatsiya) o’rgatishga tavsiya etiladi.Ko’pgina logoped olimlar (R. Ye. Levina, R. I. Lalayeva, I. N. Sadovnikova L. I. Yefimenkova va boshqalar) yozma nutqdagi kam chi liklarni og‘ zaki nutqning yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan nuqson deb bilib, ularni og‘zaki nutqni rivojlantirish orqali, butun nutq sistemasi ustida izchillik bilan maxsus ishlar olib borish orqali bartaraf etish metodikasini tavsiya etganlar. Ushbu metodika bo’yicha mashg‘ulotlarda tovush, bo’g‘in, so’z, gap va bog‘langan nutq ustida ishlash talab etiladi. Biroq bu ishlarning yo’nalishi, mundarijasi yozma nutq nuqsonlariga ega bo’lgan kishilarning umumiy bilim doirasini, o’qish va yozma qobiliyatini, o’qish va yozishda nimadan qiynalishini, qanday xatolar qilishini, ularning kelib chiqish sabablarini hisobga olgan holda belgilanadi. L. f. Spirova va A. V. Yastrebovalar boshlang‘ich mak tab o’quvchilari nutqida kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchi liklarni butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar. Birinchi bosqichda fonetiko-fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o’tkazish ko’zda tutiladi:

1. So’zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasavvurlarini

shakllantirish.

2. fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish.

3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini rivojlantirish, ularni o’z-o’zini boshqarish, tekshirib borishga o’rgatish, savollarga aniq, to’liq javob berishga o’rgatish talab etiladi. Ikkinchi bosqichda leksiko-grammatik kamchiliklarni bartaraf etish, eshitish idrokini rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o’rgatilgan tovushlarni mustahkamlash, ularni bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.Shunday qilib, yozma nutqdagi kamchiliklar nihoyatda murak kab nutq nuqsonlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni oldini olish ishlari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilishi darkor. Bunday bolaning og‘zaki nutqini o’stirish, fazoviy idrokini, xotirasi, diqqati, analiz va sintez qilish faoliyati, nutqini tahlil qilish, lug‘at ustida ishlash, grammatik komponentini rivojlantirish, og‘zaki nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish, nozik qo’l harakatlarini rivojlantirish ayniqsa muhimdir.

Yozuvning quyidagi darajalari ajratiladi ( Л.С. Цветковой): Sensomotor daraja. Yozish texnikasini beradi. Yozishning psixofiziologik asosini turli tahlil tizimlarining birgalikdagi ishi tashkil etadi Yozish nutqmotor, nutq-eshitish, nutq va motor analizatorlari tomonidan ta'minlanadi. Ular murakkab, funktsional yozish tizimini tashkil qiladi.

2) Psixologik daraja. Bu motiv, maqsad, g'oya yaratish, yozma xabarning umumiy ma'nosi, mazmuni haqidagi fikr, faoliyatni tartibga solish va uning bajarilishini nazorat qilishdan iborat..

3) Lingvistik daraja. Savolga javob bering : xat qanday vositalar yordamida amalga oshiriladi ? Ichki ma'no va mazmunni ma'lum lingvistik kodlarga (so'zlar, iboralar, matnlar) tarjima qilishni ta'minlaydi.

YOZUV JARAYONINING TUZILISHI

Yozish har doim yozuvchining motiv, maqsadidan kelib chiqadigan ,unga berilgan vazifa yoki g'oyadan boshlanadi. Yozuv malakasi rivojlanishining boshida, odatda, ma'lum bir so'zni iloji boricha aniqroq yozishga intilish, yozuv malakasining keyingi rivojlanish bosqichlarida butun fikrni shakllantirish uchun- yozish vazifasi yozma taqdimotga tusha boshlaydi. Fikrni nafaqat eslab qolish, “ushlab turish” kerak, balki ichki nutq yordamida iborani yozishning kerakli tartibini ham saqlab qolish kerak


  • BARCHA HOLATLARDA YOZISH JARAYONI UMUMIY ELEMENTLARNI O'Z ICHIGA OLADI




  • Yozish jarayonining bir qismi bo'lgan keying operatsiya so'zning tovush tarkibini tahlil qilish.

  • Bu jarayonni amalga oshirish uchun 2 ta shart bajarilishi kerak:

  • So'zni tashkil etuvchi tovushlar ketma-ketligini ajratib ko'rsatish;

  • Tovushlarni aniqlashtirish ( Eshitilishiga ko’ra turli variantlari bo’lgan tovushlarni aniqlashtirish).

  • Yozish qobiliyatini rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida, bu jarayonlar to'laqonli, keyingi bosqichlarda ular avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

KEYINGI BOSQICH TANLANGAN

fonemalar nivizual grafik sxemalarga o’girishdan iborat, ya'ni harflarga. Har birfonema ma'lum bir harfga mos kelishi kerak.

Shunga ko'ra, agar quyidagi ko’nikmalar bo’lsa, yozuv malakasi to’liq o’zlashtirilishi mumkin deb taxmin qilishimiz mumkin ( A.N. KORNEV):



  • Bola so'zlarning fonemik tuzilishini biladi va fonemik tahlil qilish malakasiga ega.

  • Bola barcha fonemalarning akustik-articulator jixatdan farqlanishini to'liq o'zlashtiradi.

Bola tilni tahlil qilish qobiliyatiga ega (nutq jarayonida jumlalar va so'zlarni ajratib tura oladi)

Bolada tovush-harf tuzilmasining to'liq to'plami mavjud.



  • Bolada asosiy grafomotor ko'nikmalar va grafikalar, kichik va katta harflarning to'liq to'plami, ularga rioya qilish qoidalari bor..

Yoziladigan optik belgilarni, ya'ni harflarni keraklig rafik uslubda o'zgartirish,. Tadqiqotchilarning fikricha, yozuvning malaka sifatida rivojlanishi bu bosqichning borishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yozuv malakalari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida har bir elementning yozilishi maxsus alohida qilingan harakat predmeti bo'lib, keyinchalik u avtomatlashtiriladi.

Yozma nutqni shakllantirish uchun zarur shartlar

(L.S. TSVETKOVAGA KO'RA):


  • Og'zaki nutqning shakllanganligi . Og’zaki nutqni mustaqil nazorat qila olishi . Analitik va sintetiksintetik nutq faoliyati qobiliyati: So’z , bo’g’in , tovush ustida ishlash



  • Har xil turdagi idrokning s shakllanishi : fazoviy idrok, ko’ruv - fazoviy gnozis , somato-fazoviy sezgilar , tana tuzilishi .



  • Dvigatel sferasining shakllanishi , nozik harakatlar, mazmunli harakatlar (harakatchanlik, o'tish o'tish qobiliyati , barqarorlik).



      • Umumiy xulq -atvorning shakllanishi : tartibga solish , o'z -o'zini tartibga solish , faoliyati ustidan nazorat , xatti-harakatlarning motivlari (ayniqsa , o'quv faoliyatining motivlari ).

      • Abstrakt fikrlashni shakllantirish .

II bob Katta maktabgacha yoshdagi nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda yuzaga keladigan disgrafiyani oldini olish


2.1. Disgrafiyani oldini olishda didaktik o’yinlarning ahamiyati
Artikulator-akustik disgraflya va fonenialarning buzilishi asosidagi disgrafiyani bartaraf etishda fonematik idrokni (tovushlar diflerensiatsiyasini) rivojlantirish. Tovushlar differensiatsiyasini aniqlash va mustahkamlash bo’yicha olib boriladigan logopedik ishlar turli analizatorlarga (nutq eshituv, nutq harakat va ko'ruv) tayangan holda olib boriladi. Tovushlarningbirbiridan farqlash ustida olib boriladigan ishning muvaffaqiyatli bo’lishi fonematik analiz va sintezni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Almashtiriladigan tovushlarni bir-biridan farqlash ustida olib boriladigan logopedik kishlar 2 bosqichni o’zichiga oladi:




Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin