Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə5/7
tarix22.06.2022
ölçüsü32,22 Kb.
#117148
1   2   3   4   5   6   7
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari.
Fanning predmeti qishloq xo`jaligini tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asosini, ishlab chiqarish faoliyati va unga xizmat qiluvchi infratuzilma, iqtisodiy qonunlarni tatbiq qilish, moddiy ta'minot va korxonalar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va ish yuritishda mehnat unumdorligini oshirishni o`rganishdan iborat. "Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejment" fani qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy samaradorlikni, qonunlar o`zgarishini va jamiyat rivojlanishini o`rganib sintcz qilib turadi. Qishloq xo`jaligi to`g`risidagi iqtisodiy qonunlar xo`jalikni ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Fanning obyekti - qishloq xo`jalik korxonalari va ishlab chiqarishga bevosita o`z hissasini qo`shadigan barcha tarmoqlar faoliyatidir.
"Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti" fanining maqsadi qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtirishni ko`paytirish va unga xizmat qiluvchi tarmoqlar o`rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash; mehnat jarayonlarini bozor munosabatlarida rivojlantirish; mehnat unumdorligini oshirish; yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini shakllantirish va menejment faoliyatini amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining vazifasi qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtiruvchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash orqali, mahsulot hajmini va sifatini oshiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi subyektlarda mehnat jarayonlarini ilmiy asosda rivojlantirish bilan mehnat unumdorligini oshirish, yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishdan iboratdir. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish mulkchilikning turli shakllari asosida amalga oshirilmoqda.


4. Fanda qo`llaniladigan usullar
Tovar ishlab chiqaruvchi qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini tahlil qilish uchun har xil usullardan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali ishlab chiqarishda ro`y beradigan hodisalarni iqtisodiy baholaydi. Ishlab chiqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi.

Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə