Qo’qon neftgaz parmalash ishlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/10
tarix29.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#117306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XISOBOT 6


QO’QON NEFTGAZ PARMALASH ISHLARI” AJ

1973 yil 9-apreldagi buyrug’iga asosan Farg’ona burneft tresti yugatilib Qo’qon va andijon shaxarlarida parmalash ishlari boshqarmalari tashkil etildi. Qo’qon parmalash ishlari boshqarmasining raxbari etib Shokirov Ergash Yuldashevich raxbarlik qilib tayinlandi. Boshqarmaga Shokirov Ergash Yuldashevich raxbarlik qilgan davrda korxonada asosiy ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi “markaziy muxandislik texnologiya xizmati” tashkil etilib unga Tursunov Xamid Tursunovichni boshliq etib tayinladilar. Bundan tashqari MMTX tasarrufidagi 2 ta tuman muxandislik texnologiya xizmati tashkil etildi.


Farg’onaburneft tresti tugatilgandan so’ng uning tasarrufidagi parmaxonalar Qo’qon va andijon parmalash ishlari boshqarmalariga taqsimlandi. Qo’qon parmalash ishlari boshqarmasi 1973 yilning boshlarida asosan Farg’ona viloyati xududida izlov qidiruv qudug’ida ish bajarar edi. Variq-2, variq-5, variq-6,Sho’rsuv-11, Sho’rsuv-4 quduqlarida Xodjayev Nasimxon boshchiligidagi 1-TMXT Oltiariq-2, Gumxona-2, Shimoliy so’x -150, Sariqamish-20, Avval-38, Muxammadiye Akbarjon boshchiligidagi 2-TMXT parmalash ishlarini boshlagan edi. Bundan tashqari parmalash ishlari bilan birgalikda parallel ravishda 4 ta brigade quduqlarini montaj va demontaj qilish bilan shug’ullanar edi. Bulardan ko’rinib turibdiki boshqarma faoliyatining boshlanishida korxonada jami 14 ta quduqlarni parmalash va sinash brigadalari va 4 ta montaj brigadasi mavjud edi.
Shokirov Ergash Yuldashevich raxbar etib tayinlanganlaridan so’ng Farg’onaburneft tresti davrida parmalangan avariya xolatidagi quduqlarni avariyadan chiqarib parmaxonalarni normal rejimga olib chiqish masalasini o’z oldilariga maqsad qilgan edilar. Chunki quduqlarni avariyaga uchrashini sababi o’sha paytlarda quduqlar uchun mustaxkamlash quvurlarini o’z vaqtida kelmaganligi oqibatida uskunalarni bir qancha vaqt bo’sh turishiga majbur bo’lgan.
Agar Qo’qon parmalash ishlari boshqarmasining 1973 yil aprel oyidagi kunlik ma’lumotlarni oladigan bo’lsak 3303 metr praxodka bo’yicha reja amalda 3480 metrga ya’ni 104% bajarilgan. 1973 yil may oyida bajarilgan ishlarni taxlil qiladigan bo’lsak rejada 1895 metr o’rniga 2486 metr ya’ni 131% bajarilgan edi. Bundan tashqari korxona o’z faoliyatining 2-oyida Avval maydonidagi 37-sonli quduqdan 31 may kuni korxona uchun orziqib kutilgan neft xom asyosini olishga erishildi.
1975 yilning yakuniga kelib 37000 metr davlat rejasidan 38662 metrga bajarildi. 37000 davlat rejasidan 20000 metrini izlov-qidiruv quduqlarini tashkil qilar edi. Amalda esa 21652 metr izlov-qidiruv 17010 metr ekspluatatsiya quduqlari burg’ilandi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin