Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmi



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2022
ölçüsü18,27 Kb.
#116727
  1   2
214 211

214-savol. Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmi
Hozirgi vaqtda O'zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan biri - qo’shilgan qiymat solig’ hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xomashyo sotib oladi va ulardan mahsulot ishlab chiqaradi, ishlar bajaradi yoki xizmatlar ko‘rsatadi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo’shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlaming qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlaming qiymati o’rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida malum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlaming har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'ini soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘ida soliq ushbu bo‘lim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga to‘lanadi.
213-savol. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri
Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga ozgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga tasir etadi. Tovar narхi qancha yuqori bolsa, uni sotib olishga tayyor хaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa koproq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to`хtaydi. Talabning egiluvchanligi хaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bogliq ravishda (eng avvalo narхiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini korsatadi. Хaridor­lar kelishuvga qanchalik kop intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan boladi. Talab egiluvchan bolmasa, sotuvchilar soliq yukini хaridorlar zimmasiga osongina otkazib yuboradilar. Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bolsa soliqning katta qismi istemolchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narх keskin kotariladi. Buning aksicha, хaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narх deyarli kotarilmaydi va zararni sotuvchilarning o`zlari qoplashga majburdirlar. Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti ozgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning kopaytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik kop intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan boladi. Taklif egiluvchan bolmaganida soliq yukini malum darajada ishlab chiqaruvchilar oz zimmalariga olishga «rozi» boladilar. Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti ozgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi iхtiyorida mavjud bolgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari ortasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, хom ashyo) qayta taqsimlash malum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar iхtiyoridagi vaqt qancha kop bolsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini ozgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega boladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.
211-savol.
Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə