Quyoshning turli tengliklarda sutkalik harakat. Vaqt uni o’lchash. Vaqt tenglamasi o’rtacha quyosh vaqti bilan yulduzi vaqti oidagi munosabat



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə1/3
tarix09.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#138677
  1   2   3
Astrofizika — копия

Quyshning turli tengliklarida sutkalik harakati.Vaqt uni o’lchash. Vaqt tenglamasi o’rtacha quyosh vaqti bilan yuilduzi vaqti orasidagi munosabat.

Reja

  • Quyoshning turli kengliklarida sutkalik harakati.
  • Vaqt uni o’lchash vaqt tenglamasi.
  • Quyosh vaqti bilan yulduzlari vaqti orasidagi munosabat.

Quyoshning turli kengliklarida sutkalik harakati.

  • Agar tunda ma’lum bir joydan turib, bir necha soat davomida tinimsiz yulduzlar kuzatilsa, butun osmon sferasining yulduzlari kuzatuvchidan o'tuvchi faraziy o'q atrofida aylanishini ko'rish mumkin. Bunday aylanish davomida ixtiyoriy yoritgich o'z vaziyatini gorizont (ufq) tomonlariga nisbatan o'zgartiradi va ulaming aylanish davri bir sutkani tashkil qiladi. Shuning uchun yoritgichlarning bunday harakati ularning sutkalik ko'rinma harakati deyiladi, boshqacha aytganda, bunday aylanish Yeming o'z o'qi atrofida aylanishi tufayli sodir bo'ladi. Agar yoritgichlaming sutkalik harakatlari Yeming shimoliy qutbiga juda yaqin bo'lmagan - o'rta geografik kengliklardan turib kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o'ngga, ya’ni soat strelkasi yo'nalishida harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda, har doim ma’lum bir nuqtadan ko'tarilib, g'arbda esa aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub tomon yo'nalishida) kunlar o'tishi bilan o‘zgarmaydi. Agar kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g'arbga botayotgani holda, boshqa bir qismi ma’lum qo'zg'almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar chizishini ko'rish mumkin (1-rasm). Bu qo'zg'alm as nuqta - olamning shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi , Kichik Ayiqning bu yulduzi Qutb yulduzi deb ataladi.

Quyosh va Oyning sutkalik ko'rinm a harakatlari ham sharqdan g'arbga tomon kuzatilib, yulduzlardan farqli o'laro q , ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari (janub tomonda) kun sayin o'zgarib boradi. Xususan, Quyosh N avro'zda, ya’ni 21 m artda, aniq sharq nuqtasidan ko'tarilib, aniq g'arbda botgani holda bundan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi va bu hoi 22 iyungacha davom etadi. So'ngra bu nuqtalar, aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda, Quyoshning tush paytdagi balandligi ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, tun esa aksincha, uzayishga boshlaydi. Sayyoramizning yo'ldoshi - Oy ham sutkalik ko'rinma harakatda ishtirok qilib, sharqdan g'arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq k o'p vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda ham siljib borishini sezish mumkin. Bu uning haqiqiy harakati bo'lib, Oy yulduzlarni oralab g'arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofini bir marta to'liq aylanib chiqadi. Quyoshning bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi oqibatida, Oy kabi Quyosh ham, yulduzlarga nisbatan g'arbdan sharqqa siljib borishi m a’lum bo'ladi. Quyoshning bunday ko'rinma harakati tufayli sutkalik siljishi, Oynikiga nisbatan juda kichik bo'lib, atigi 1 gradusg yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to'la aylanib chiqadi. Quyosh va Oyning osmonni bir to'la aylanib chiqadigan yo'llari bir-biriga juda yaqin bo'lib, ular kesib o'tadigan yulduz turkumlari Zodiak yulduz turkum lari (yunoncha «zoo» - hayvonlar) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo'lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nom lar bilan ataladi. B ulardan birinchi uchtasini Quyosh bahor oylarida, navbatdagi uchtasini yozgi oylarda, qolganlarini esa, mosravishda, kuzgi va qishki oylarda kesib o'tadi. Shubhasiz, Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga yaqin burchak oralig‘ida joylashganidan bu davrda ular ko'rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar, gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko'rinadi. Juda qadim zamonlardayoq kishilar, Zodiak yulduz turkumlari sohasida, tashqi ko'rinishi jihatidan yulduzlarga o'xshash, biroq ulardan farq qilib, nisbatan vaziyatlarini o'zgartirib boruvchi beshta yoritgichni kuzatishgan. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga, ularga planetalar ya’ni «adashgan yulduzlar» - yoki sayyoralar deb nom berilgan. Qadim Rimda bu yulduzlar rim xudolarining nomlari bilan - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala boshladi. Teleskop ixtiro qilingandan so‘ng 1781 -yilda yettinchi sayyora Uran va 1846-yilda sakkizinchi sayyora Neptun topildi. Sayyoralarning ko'rinma harakatlari ham Zodiak yulduz turkumlari chegaralarida kuzatilib, harakat yo'nalishlari Quyosh va Oyniki kabi g'arbdan sharqqa bo'ladi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin