Rajapbayev Ixtiyorning


Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari



Yüklə 152,59 Kb.
səhifə6/7
tarix22.06.2022
ölçüsü152,59 Kb.
#117135
1   2   3   4   5   6   7
Ixtiyor
Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari 
Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat: 
• yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak; 
• yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi stenografiya usullari to‘liq ma’lum deb faraz qilinadi; 
• usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochiq uzatiladigan faylning asosiy 
xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan 
qandaydir axborot — kalitga asoslanadi; 
• agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy 
xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi 
lozim. 
Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga
imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti: konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash
monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish; 
dasturiy ta’minotni niqoblash; intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mualliflik huquqlarini himoyalash. 
Konfidensial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalash. Bu kompyuter
stenografiyasini ishlatish sohasi konfidensial axborotlarni himoyalash muammosini yechishda 
eng samarali hisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o‘zgarish ko‘pchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi. 
Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish. Sanoat shpionlik 
tizimlarining monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish harakatlariga qarshi
yo‘naltirilgan stenografik usullar lokal va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan
axborotning o‘tishida nazorat o‘rnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi. 

Yüklə 152,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə