Reabilitatsiya markaziga EGA davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘G‘risida



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə1/10
tarix14.05.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#126941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

REABILITATSIYA MARKAZIGA EGA DAVLAT KO‘P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TO‘G‘RISIDA NIZOM(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019 yildagi 391-son)
Reja:
1.Mazkur Nizom Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti maqsadlari va vazifalari
2. Davlat tashkilotlari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmasligi
3. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘z faoliyatini Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari
4. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilish


REABILITATSIYA MARKAZIGA EGA DAVLAT KO‘P TARMOQLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TO‘G‘RISIDA NIZOM(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019 yildagi 391-son)


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Ixtisoslashtirilgan tashkilot deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat tashkilotlari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga muvofiq olib boradi.
4. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtisoslashtirilgan tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Ixtisoslashtirilgan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi o‘z nomi yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin