Reja: kirish 1-Bob O'quvchilarning matematik bilimlarini mustahkamlashda og'zaki mashg'ulotlarning o'rni



Yüklə 18,73 Kb.
tarix21.06.2022
ölçüsü18,73 Kb.
#117102
Asadbek 11


Matematika o'qitishda og'zaki mashg'ulotlardan foydalanish
Reja:
KIRISH
1-Bob O'quvchilarning matematik bilimlarini mustahkamlashda og'zaki mashg'ulotlarning o'rni
1.1 Ta'limda o'quvchilarning mustaqil bilim olishiga erishish
1.2 Matematika darslarida og'zaki mashg'ulotlarning o'rni

2-Bob O'quvchilarning nutq madaniyatini shakillantirishda og'zaki mashg'ulotlarning o'rni


2.1 Matematika darslarida og'zaki mashg'ulotlarni loyihalashtirish
2.2 Og'zaki mashg'ulotni tashkil qilish texnologiyasi

Xulosa:


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

Kirish.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safida munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgumaqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.1997 yil 29 avgustda O‘zbеkistоn Rеspublikasi Оliy Majlisining IX sеssiyasida qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘оyalari amaliyotga kеng ko‘lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O‘zbеkistоn Rеspublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qоnuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamоl shaхs va malakali mutaхassisni tarbiyalab vоyaga yеtkazish jarayonining mоhiyati to‘laqоnli оchib bеrilgandir. Malakali kadrlar ta yyorlash jarayonining har bir bоsqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqоri bоsqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga ja hоn ta’limi darajasiga yеtkazish bоrasida muayyan maqsad va vazifalarni amalga оshirish lоzim.Ushbu maqsadlarning ijоbiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalо, yosh avlоdga ilmiy bilimlar asоslarini puхta o‘rgatish, ularda kеng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hоsil qilish, ma’naviy aхlоqiy sifatlarni shakllantirish bоrasidagi ta’limiy tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bоg‘liqdir. Zеrо, yurtning pоrlоq istiqbоlini yaratish, uning nоmini jahоnga kеng yoyish, ulug‘ajdоdlar tоmоnidan yaratilgan milliy madaniy mеrоsni jamiyatga namоyish etish, ularni bоyitish, mustaqil Rеspublikamizning rivоjlangan mamlakatlar qatоridan jоy egallashini ta’minlash yosh avlоdni kоmil insоn hamda malakali mutaхassis qilib tarbiyalashga bоg‘liqdir. Bugungi kunda jamiyatimiz uchun hartomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdiMustaqil har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan mahnaviyat qirralari iymon, ehtiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do’stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur kabi

fazilatlarini shakllantirish zarur. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilganog’zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o’tib kelayotgan iymon-ehtiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Tahlim to’g’risida”gi yangi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tahlim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz tahlimni tashkil etishni rivojlantirish printsiplari uzluksiz tahlimni isloh qilish, uzluksiz tahlim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Prezidentimiz I.A Karimov tahkidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishishi o’zlariga bog’liq ekanligini, yahni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat, shijoatlariga, to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak”. 

Ta'limda o'quvchilarning mustaqil bilim olishiga erishish


Hozirgi paytda maktablarda matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o‘quv jearayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,ularning to‘plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qo‘llashga o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta‘lim mazmuni va o‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o‘zaro aloqadorlikda va o‘quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo‘shgan holda o‘qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Matematik masalalar yyechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Matematikada masalalar yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yo‘lidir. Masalalar yechishning o‘rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonida muhim rolni va o‘quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o‘stiradi, muhim ro‘l o‘ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirishhar doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo‘llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur, bo‘ladigan bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala echuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Masalalarni yechishda predmetga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.O‘quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni kengaytirishga yordam beradi. Masalalar ustida ishla ekan sistemali ravishda va rejali asosda o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishga olib keladi. Masalalarni o‘rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni yechishdan murakkablarni yechishga o‘tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga doir har xil sodda masalalar ya‘ni bir xil qo‘shiluvchilarning yig’indisini topishga karrali va teng bo‘laklarga bo‘lishlarga doir sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar sonlarni taqqoslashga amallarning noma‘lum konponentlarni topishga doir sodda masalalar shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan keltirib echiladigan masalalar, ikki ko‘paytuvchining yig’indisini topishga doir va unga teskari masalalar yig’indisini so‘ngra ko‘paytirish bo‘lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko‘rib chiqamiz.Agar berilgan masala o‘zining murakkabligi bilan sinfda echilgan masalalarga mos yoki o‘xshasa u holda o‘quvchilar taklif qilingan masalaning echilishi yo‘lini mustaqil topishga o‘rgatish kerak. Shu maqsadda o‘quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim Matnli masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish ularning programmada belgilab berilgan nazariy bilimlarini o‘zlashtirish bilan birga o‘qo‘uvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Agar biz o‘quvchilarda qo‘shish haqida to‘g’ri tushuncha shakillantirishni istasak, buning uchun bolalar yig’indisini topishga doir etarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to‘plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechishlari zarur. O‘lchash asosida bolalar o‘zlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglikni) aniqlaydilar. O‘lchov asosida bolalar o‘zlari yangi xususiyatlar (teng va notenglikni) aniqlaydilar. O‘lchov birligi qilib qog’oz tugmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma, to‘g’ri turtburchak uchun ikkita tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma xil ko‘pburchaklar bo‘lishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar hosil qiladilar. Ko‘pburchaklarning xossalarini aniqlaydilar. bunda ayniqsa ko‘pburchaklardan uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar hosil qilishga ko‘p e‘tibor berish kerak.Arifmetik masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish. Masalalar yechish matematikada o‘qitishni muxim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Masalalar yechishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural sonlar arifmetikasini o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog’lanishlarni amalda qo‘llanishlarni bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib berishda har xil miqdorlar orasidan baxolashlar bilan tanishishiga yechish va ular haqida fikr yuritish katta axamiyatga ega bo‘ladi.Sodda va murakkab masalalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni yechishda predmetga bo‘lgan qiziqishni rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik maqsadga muvofiqdir.Masalalarni tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qib o‘zlashtirishdan boshlanadi. Masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida har bir o‘quvchi masala matnini mustaqil o‘qib chiqishi zarui bo‘lishi uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o‘qishini so‘ngra esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish kerak.Masalani ifodali o‘qishda sonni ma‘lumotli va masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elementlari tovush bilan ajratib olishlari uchun fikr yuritishlari o‘rgatiladi. O‘quvchi masalani yechish mobaynida ko‘p matematika fikrlash son, arifmetik amallar, amaliarni bajarish tartibi haqida fikr yuritadilar, o‘quvchilar masalalar yechish orqali o‘quvchilar bilan va tarbiya sohasida muhim bo‘lgan fikrlar bilan tanishadilar. Ko‘p masalalarning mazmunida bolalarni va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi mexanika fan va madaniyatida erishgan yutuqlari haqida fikr yuritadilar.Masalalar yechish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sentez, taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. O‘quvchi istalgan masalani echayotganda analiz qiladi savolini masala shartida fikr yuritadi. O‘quovchilar masala yechish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini aniqlash uchun fikr yuritadilar. Masalalar yechish mobaynida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan belgilar sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir o‘quvchilarna avval bir turdagi masalalarni yechishga so‘ngra boshqa turdagi masalalarni yechishga fikr yutita olib negaki masalalar yechish jarayonida berilgan sonlar va nomalum son orasidagi bog’lanishni aniqlash buning aloxida arifmetik masalalarni tanlashni o‘rganadilar. YA‘ni masalada arfimetik amalni tanlashga o‘tish uchun fikr mulohaza yuritiladi. Masala yechish og’zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi haqida fikr mulohaza yuritadilar og’zaki yechishda tegishli arfimetik amallar va tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Echiladigan masalalarni deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerakligi haqida mulohaza qiladilar. Masalalar yechish o‘quvchilarda masala mazmuniga chuqurroq qarash haqida berilgan sonlar va izlanayotgan va orasidagi bog’lanishni har tomonlama fikrlash qobiliyati rivojlantiradi. O‘quvchilarni mustaqil masalalar yechishiga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ko‘rsatamiz.1-bosqich masala o‘quvchining yo‘naltiruvchi savollar buyicha echiladi va bu yechish doskada va daftarga bir vaqtda bajariladi.2-bosqich masala shartini o‘qituvchi rahbarligida analiz qiladi va yechish rejasini tuziladi. Yechishni o‘z doirasiga yozilmaydi og’zaki aytilmaydi ham. O‘quvchilar esa uni mustaqil fikr yuritib boradilar.3-bosqich o‘qituvchi raxbarligida masala faqat analiz qiladi. Yechish rejasi va yechishning o‘zini o‘quvchilar mustaqil bog’laydi.4-bosqich masalani o‘quvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish uchun fikr yuritadilar. O‘quvchilarga masalalar yechish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega bo‘ladi. Mantiqiy tafakkurni shakllantirish boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o‘quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko‘rgazmalilikning keng yo‘lga qo‘yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga o‘rgatish bo‘lish usullarining o‘rganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi o‘xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni yechishni tahlil qilish asosida o‘rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushuncha o‘qitilishini arifmetik amallar natijalar va komponetlari orasidagi bog‘lanishning ahamiyatini hisobga olib, matematika o‘qituvchilarining boshlang‘ich ta‘lim matematika kursini o‘qitishda o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalari, mashqlar yechishda mantiqiy asoslash va fikrlashni talab etadigan biz ishlab chiqqan tavsiyalardan foydalanishlari ularning umuman matematik tayyorgarligi, qiziqish va qobiliyatlari rivojining oshishiga xizmat qiladi. Kelgusida bu soha bo‘yicha boshlang‘ich sinflar matematika darslarida bo‘lish tushunchasini o‘qitishning har bir sinf bo‘yicha konkret uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilsa, o‘quvchilarda hisoblash malakalarini o‘stirish orqali tenglama va tengsizliklar, matnli masalalar yechishdagi qo‘llanilishi usullarini sistemali va ketma-ketlilik asosida o‘qitilishiga va bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadida mashqlar to‘plamlari, multimedia va grafik vositalarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa boshlanqich matematik matematik ta‘lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar beradi deb hisoblaymiz. Matematika ta’limi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quvchi so‘z boyligini oshirish, fikrni og‘zaki va yozma to‘g‘ri, ravon ifodalash mahoratini shakllantirish va rivojlantirishda o‘qituvchining beqiyos yordamchisiga aylandi. O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. O‘quvchilar o‘qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o‘zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o‘quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi.

Matematika darslarida og'zaki mashg'ulotlarning o'rni


O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O‘qituvchilarning tayyor holda bergan ma’lumotida esa o‘quvchi fikrlash faoliyati to‘la ishga kirishmasdan to‘g‘ri javobni o‘zlashtirib oladi. O‘xshash hodisalarga duch kelishi bilan o‘qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta’lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallar ancha murakkab bo‘lib, o‘quvchilarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi.Matematika fani o‘qituvchisi o‘z fanining saralanib, o‘quvchilar nazaridan chetda qolib ketmasligiga erishishi uchun ta’limning psixologik asoslari, muammolariga ham e’tibor qaratishi, o‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishi juda muhimdir. “Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, texnik va kompyuter vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi”. Dars uchun zarur materiallar, topshiriqlar, tarqatma materiallar, har xil rasmlar, jadvallar kompyuterda sifatli tayyorlanib o‘quvchilarga havola qilinishi mumkin. Microsoft offise Power point, Ispring, Avtoplay dasturlari yordamida o‘quvchilarni qiziqtiradigan rebus, krossword tarzidagi o‘yinlar tashkil etish mumkin. Vazifalarni bajarish davomida to‘g‘riligini inobatga olish va o‘quvchini rag‘batlantirgan holda “Barakalla!”, “Qoyil!”, “Biroz adashdingiz”, “Yana o‘ylab ko‘ring”, “Topshiriqni qayta bajaring”, “Mavzuni takrorlashingizga to‘g‘ri keladi” kabi yozuv va mos ravishda ovoz yordamida o‘quvchi bilan muloqot o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir.Matematikada masala yechish jarayonida «standart» (qolip) va «nostandart» iboralarini ishlatamiz [1-3]. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklaridagi aksariyat masalalar standart yechim yo‘liga ega masalalardir. Ya’ni berilgan masala qaysidir tur (tip)ga taalluqli bo‘lib, uning o‘ziga xos belgilariga ko‘ra yechim yo‘li mavjud. Masalan, songa yig‘indini qo‘shishga doir yoki sondan yig‘indini ayirishga doir masalalarning yechim yo‘llari aniq qoida (xossa)ga bo‘ysunadi. Bunday masalalarning yechilish usullari turlicha bo‘lgan taqdirda ham masala turi (tipi)ga qarab yechish usullari aniq yo‘l-yo‘riq (qoida)ga ko‘ra bajariladi. Nostandart yechim yo‘liga ega bo‘lgan masala-topshiriqlarda esa yechim biror aniq yo‘l-yo‘riq asosida izlanmaydi, balki masala mazmunidan kelib chiqib, masalaning «yangi», «original» yechim yo‘li izlanadi. Uning nostandartligi ham shunda. Nostandart yechim yo‘liga ega bo‘lgan o‘quv topshiriqlari matematika darsliklarida ko‘zda tutilgan umumiy topshiriqlarning 0,5% ini tashkil etadi. Bunday o‘quv topshiriqlarining afzalligi shundaki, ular o‘quvchining mantiqiy tafakkurini o‘stiradi, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini tarkib toptiradi, matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, masala yechimini izlash jarayonidagi qiyinchilik, mashaqqatni yechish tuyg‘usini, maqsadga intilish, sabr-matonat, topqirlik kabi xislatlarni tarbiyalash vazifasini bajaradi. O‘quvchining ayrim geometrik shakllarni chizishi bilan bog‘liq quyidagi topshiriqni qaraymiz: 1-topshiriq: Qalamni daftardan uzmagan holda bir chiziqdan ikki marta o‘tmaslik sharti bilan a) uchburchak; b) to‘rtburchak; v) bitta diagonalli to‘rtburchak g) ikki diagonalli to‘rtburchak; d) ochiq konvert ko‘rinishidagi geometrik shakllarni chizing. Bu topshiriq tarkibida 5 ta topshiriq bo‘lib, ular ma’lum tizimni tashkil qiladi. Unda topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab keltirilgan. 1-sinf o‘quvchisida chizg‘ich yordamida ma’lum uzunlikdagi kesmalarni yasash, uchburchak tomonlarini chizg‘ich yordamida o‘lchash kabi ko‘nikmalar tarkib topgach, o‘quvchini dastlab varaqda (bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan) 3 ta nuqtani belgilashni (bu ishni o‘qituvchi doskada bajarib ko‘rsatadi), belgilangan nuqtalarni chizg‘ich bilan ketma-ket tutashtirib uchburchak yasashni o‘rgatadi. O‘quvchida uchburchak yasash malakasi hosil bo‘lgach, varaqda chizg‘ichsiz 3 ta nuqtani belgilashni va ularni ketma-ket kesmalar yordamida (qalamni varaqdan uzmasdan) tutashtirishni o‘rganishadi. Bu yerda o‘qituvchi o‘quvchidan uchburchak chizayotgan paytda qaysi nuqtadan boshlashdan qat’iy nazar, shu uch nuqtadan o‘tuvchi uchburchak chizish mumkinligini aytishi joiz. Tekis qog‘oz varag‘ida (qalamni varaqdan uzmagan holda) uchburchakni chizib bilgan o‘quvchi, varaqda (dastlab iloji boricha katakli varaq olingani maqsadga muvofiq) to‘g‘ri to‘rtburchakni mustaqil ravishda (qalamni varaqdan uzmagan holda) chiza oladi. Bu topshiriqni bajarishda qiynalgan o‘quvchiga o‘qituvchi topshiriqni bajarishga doir ko‘rsatma berishi mumkin: «Varaqda 4 ta nuqtani shunday belgilaginki, 2 ta nuqta bir ustunda, 2 ta nuqta bir satrda joylashsin. Bu nuqtalardan biriga qalam uchini qo‘yib, qalamni daftardan uzmasdan ikkinchi nuqta bilan tutashtir, keyin 3-nuqta bilan va yana qo‘lni uzmagan holda 4-nuqta bilan tutashtir». Yoki matematika darslarida o‘quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun beriladigan misollarni sayohat shaklida amalga oshirib, slaydlarda namoyish qilib borilsa bo‘ladi. Bunda beriladigan misollar ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘ladi. Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta‘limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy konuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. Izlanishlarimizning asosini muayyan o'quv vaziyatlarida o'quvchilarning bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo'llarini tashkil qiladi. O'z-o'zini hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali o'quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq bo'lindi. O'quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag'ishlangan tadqiqotlarda o'quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini ta‘minlash uch yo'nalishga ajratilgan.
– namunaga asoslangan taqlidiy;
– izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik;
– ijodiy bilish faoliyati.
Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo'ladi. Ideal tarzda bo'lgani singari, predmetlilik asosida ham o'quvchilarni tirishqoq bo'lishga undaydi.Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan qiyosiytarzda o'qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni echish yo'llarinimustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil bo'lishiningyuqori shakli sifatida muammolarni echishning yangi, o'ziga xos usullarini izlash, o'z xattiharakatlarini mustaqil boshqarishning yuqori ko'rsatkichlarini namoyon qilishhamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan qiyoslash mumkin. An‘anaviy ta‘lim sharoitida bilish faoliyati o'qituvchining o'quvchilarga tayyor bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o'tish zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar o'quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo'ldilar. O'qituvchi o'quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo'lishiga erishish nazarda tutilmoqda. O'quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilmiy yondashuvlar ikkita asosiy yo'nalishni o'z ichiga qamrab oladi:
1.Didaktik yondashuvlar. Bunda asosiy e‘tibor o'qituvchilar faoliyati, o'quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik vositalarning o'rnini o'rganishga qaratilgan.
2.Psixologik yondashuv. O'quvchilar o'zlarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko'zda tutilgan maqsad – uning turlarini aniqlashdan iboratdir. CHunki bilish turlari ta‘lim jarayonida o'quvchilarning o'zlashtirish usuli sifatida namoyon bo‗lishi lozim. SHu bois, bilish faoliyatini o'zlashtirishning turlarini aniqlashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. O'quvchining bilish faoliyati muayyan ko'rinishlar, shakllar, vositalar, usullar, yo'llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko'ra, quyidagilarni ta‘kidlash mumkin: 1.Tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman ko'rinishlarda vujudga keltirish.2.O'quvchi bilish faoliyatining hosil bo'lish turlari, ko'rinishlari, usullari, shakllari, metodlariga ega bo'lishi.3.O'qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Bilish faoliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonlari loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko'nikmalari o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. CHunki mazkur jarayonda maqsadga yo'naltirilgan maxsus o'quv vaziyatlari amalga oshadi. SHu bilan bir qatorda, o'quvchilarni umumlashgan ko'nikmalarni egallashga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy xarakterdagi o'quv-biluv ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. O'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o'quv vaziyatlari o'ziga xos didaktik ahamiyat kasb etadi. O'quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o'quvchi o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga intiladi. O'quvchi faoliyati o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga yo'naltiriladi. Ma‘lumki, o'qituvchi o'quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o'quvchi o'z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda o'qituvchining vazifasi o'quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir. O'rganish o'quvchida o'z xatti-harakatiga ishonch tug'diradi. Mazkur ishonchni egallash boshlang'ich ta‘lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o'quvchilar o'z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganiga guvoh bo'lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o'quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatiga ko'proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir. O'quvchilar maktabga borar ekanlar, o'qituvchilar va sinfdoshlarining mehrmuhabbati, e‘tiborini qozonishiga harakat qiladilar. Muammoning echimi uzluksiz ta‘limning o'ta muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda ―o'quvchi nima uchun sinfdan-sinfga o'tgan sari o'qishga bo'lgan qiziqishni yo'qotadi?―Bunga kim aybdor, o'qituvchimi yoki o'qitish metodlarimi? ―O'quvchining bilish jarayoniga bo'lgan qiziqishini uyg'otishda o'qituvchi qanday o'rin egallaydi―O'qituvchi qanday qilib, nima yordamida o'quvchilarda o'quv-biluv jarayoniga bo'lgan qiziqishni oshira oladi, bunda qanday vositalardan foydalanish kerak kabi savollar o'z echimini kutmoqda. Pedagoglarning e‘tirof etishlaricha, o'quvchining muvaffaqiyatlari uning o'quv-biluv faoliyatiga bo'lgan qiziqishini oshiradi. O'qishga bo'lgan qiziqish o'quvchilarda bilimlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirshdan ruhlangandagina vujudga keladi. O'quvchi mehnati jarayonida quvonchini his qilsa, qiyinchiliklarni bartaraf etganligidan faxrlansa, o'quv jarayoniga alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi. SHuning uchun ham o'qituvchi o'quvchilarga o'quv mehnatidan quvonish vaziyatini yaratishi kerak. O'quvchilar qalbida g'urur va o'z muvaffaqiyatlariga loyiqlik hissini tarkib toptirish lozim. Muvaffaqiyat har bir o'quvchi erisha olishi uchun qulay bo'lgan o'quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta‘minlanadi. Mutaxassislar o'quv vaziyatida o'quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim o'rin egallashini ta‘kidlab kelmoqdalar. Agar o'quvchiga o'quv vaziyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati berilsa, u hayotda ham to'g'ri yo'l tanlay oladi.Xulosa qilib aytganda, o'quv vaziyatini vujudga keltirish o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o'quvchi bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog'lom mayllar va qiziqishlar hosil bo'ladi va ular bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar.
Matematika darslarida og'zaki mashg'ulotlarni loyihalashtirish
Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim shubhasiz mustahkam poydevor yo’lini o’taydi. Boshlang’ich ta’lim standartida o’quvchilarning o’qish malakalarining sifatlari va ijodiy fikrlay olishlari, o’z-o’zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o’zlashtirishlari, husnixat bilan savodli yozish ko’nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan.Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratib, DTS o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang’ich sinfda “o’qish” fani o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikmasi va malakalarga xizmat qiladi. Sinfda o’qish darslariga qo’yilgan vazifalar:
1. O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda yaxshilik darajasi sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3. O’quvchilarda atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O’quvchilar nutqi ( asosan,og’zaki nutqi) ni va tafakkurini o’stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslarining mazmuni:
1. Ta’lim metodlarini to’g’ri tanlash va ulardan o’rinli foydalanish - ta’lim samarasini ta’minlashga yordam beradi.
2. Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyat doirasini aniq belgilab beradi.
3. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O’qitish usullari ta’lim jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
O’qitish usullari har ikkala faoliyatning:
a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish;
b) o’quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi.
O'’quvchilarini oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog’chadan so’ng maktabning dastlabki davrlari muhim o’rin tutadi. Shu bois, boshlang’ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng ma’suliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o’stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o’yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o’quv faoliyatiga o’tganligi bilan harakterlanadi. Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o’zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini, o’qish motivlarini rivojlantiradi. O’qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o’rin tutadi.Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta’limning mazmunini belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma’naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta’limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash, ularni obektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishni samarali tashkil etish, pedagogik texnologiyalarning mazmuni, shakl va vositalari, ta’lim berishda pedagogik texnologiyalardan to’g’ri va unumli foydalanish uslublari, kafolatlangan natijaga erishish uchun olib borilayotgan ta’lim sohasidagi yangiliklarni o’rganish, amaliyotda foydalanish ishning amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Yüklə 18,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin