Reja: 1.Kirish 2.Daromadning asosiy manbalari nimalardan iborat? 3.Oilada qanday xarajatlar bo‘lishi mumkin? 4.Xarajatlarni qanday qilib optimallashtirish (oqilonalashtirish) mumkin? 5.Byudjetni qanday tuzish (ishlab chiqish) kerak? 6.O‘z daromadlari va xarajatlarini kompaniyalar qanday hisobga oladilar? Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim. «Tijorat banklari faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi. O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya, deduksiya, sintez, korrelyatsiya – regris sion tahlil kabi usullardan foydalaniladi. Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘stirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi. «Tijorat banklari faoliyati tahlili» fanida o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi. Bank aktivlari tahliliga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilinadi. 4 Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. «Tijorat banklari faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va bank lar» nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan bog‘liqlikda o‘rganiladi.