Reja: “kommunikatsiya” tushunchasidan



Yüklə 241,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.10.2022
ölçüsü241,14 Kb.
#118504
HSyflfAupzrtVxmeX2kSjtbqHjgjAGFqyWgWY1gY



Mavzu:
• “kommunikatsiya” tushunchasiga
ilmiy yondashuv 


Reja: 
  
1. “kommunikatsiya” tushunchasidan 
2. Muloqotning kommunikativ jihatida 


Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs 
bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini 
muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham 
o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, 
“shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek 
ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson 
emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining 
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib 
beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida 
chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va 
undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro 
ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin 
etilgan. 


Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur 
ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz: 
• «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va 
uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish 
imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi». 
• «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, 
uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish 
jarayoni». 
• «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat 
faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning 
o‘ziga xos shakli». 
• «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar 
natijasida axborot olish». 


• kommunikativ jarayon uchun kamida ikki 
tomonning ishtiroki zarur; 
• kommunikatsiya doimo teskari aloqa 
tamoyiliga tayanadi; 
• kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz 
amalga oshirilmaydi. 


• Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya 
nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», 
«axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi 
o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. 
M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan 
kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy 
natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan 
tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot 
jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, 
G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik 
yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya 
vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy 
rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi.


• Kommunikativ jarayonning turli modellari 
mavjud. Misol uchun, Aristotel 
kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – 
nutq – auditoriya) komponentini ajratgan 
bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator 
– xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT 

Yüklə 241,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin