Reja: M. S. Qoshg’ariyning ijodiy merosi



Yüklə 176,65 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü176,65 Kb.
#139189
Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning pedagogik qarashlari


Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning pedagogik qarashlari
Reja:

  1. M.S.Qoshg’ariyning ijodiy merosi.

  2. Uning “Odob as Salohin” asarida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati.

  3. M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk asari”ning tarixi.

  4. Devoni lug’otit turk asari”ning ta’limiy ahloqiy ahamiyati.


Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Bizgacha uning “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.
O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.

Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g’oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishdagi o’rni va roli borasida batafsil so’z yuritiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari muallifning o’zi ta’kidlab o’tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo’lib, har bir bob o’zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko’zda tutilgan maqsad borasida so’z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g’oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.
Birinchi bob salomlashish, ko’rishish, qo’l olishish hamda ruxsat so’rash qoidalari to’g’risida ma’lumotlar berishga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur bob to’rt fasldan tashkil topgan.
Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o’n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o’rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo’yilgan. Muallifning fikriga ko’ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning e’tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug’ kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o’ltirguvchiga, ozchilik ko’pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o’tirgan kishilarga salom bergay”, deb ta’kidlar ekan, bir kishi ko’pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo’lib salom berishi, ko’pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e’tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta’lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, “Kim oldin salom berishi kerak?”, degan muammoning yechimini topgandek bo’lamiz.
Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, lekin qo’l uchi bilan emas, astoydil, biroq qo’lni silamay, ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko’rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko’rishish, o’pib ko’rishish odoblari bayon etiladi.
Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so’z yuritiladi. Bizga yaxshi ma’lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo’’tadil kechishini ta’minlovchi asosiy va o’ta muhim omillardan biri bo’lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag’ishlangan asarlar mazmunidan alohida o’rin olgan. «Odob as-solihin» asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o’ziga xos jihatlari borasida batafsil so’z yuritadi.
Mazkur o’rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o’zi uylanmoqchi bo’lgan qizni ko’rmog’i, uylanadigan qizning bokira bo’lishi, shuningdek, to’rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo’lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o’z isbotini topgan bo’lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo’lishini kafolatlovchi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” asarida, kasal holini so’rash, ta’ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo’lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo’lmaydi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o’rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. Shu bois SHarq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari kabi o’z o’rni va mavqeiga ega.
Eng qadimgi qo’shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo’shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Devonu-lug’atit-turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o’gitlar etilgan asarlar ham ko’plab uchraydi. Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari ham kiradi. Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan.
Geograf olim H. Hasanov shunday misol keltiradi: 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, kitob do’koniga eski qo’lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib, kitobni sotib oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o’z shaxsiy kutubxonasida 15 mingga yaqin kitob yig’ib, hammasini SHayx Fayzulloh madrasasiga hadya etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga o’tkazilgan).
Bu kitob Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari edi. Mazkur qo’lyozma asl nusxasidan hattot Muhammad bin Abu Bakr ibn Abdul Fotih as-Soviy al-Damashqiy tomonidan devon yozilgandan 200 yil o’tgach (1266 yilda) ko’chirilgan edi. Qo’lyozma 219 varaqli jilddan iborat bo’lib, sahifalar raqamlanmagan, fikrlarning boshi va oxiri noma’lum edi. Hozir bu qo’lyozma Istambulda Fotih kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi.
“Devonu lug’atit-turk” asarida qadimgi turkiy so’zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug’ati ham deyish mumkin.
“Devonu lug’atit-turk” 1928 yilda nemis olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. 1939 yilda esa Bosim Atalay uni usmonli turk tiliga tarjima qilgan va mazkur tarjima Anqarada chop etilgan. O’zbekistonda asar Solih Muttalibov tomonidan tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda uch jilddan iborat “Turkiy so’zlar lug’ati” nomi bilan nashr qilingan. 1967 yilda indeks lug’at ko’rsatkichi ham chop etilgan.
“Devonu lug’atit-turk” asarining she’riy parchalari ham nemis tiliga tarjima qilinib, 1914 yilda nashr etilgan.
Turk olimi Fuad Kuprilzoda, rus turkologlari V. Radlov hamda S.F. Malovlar ham “Devonu-lug’atit-turk” asari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar. Abdurauf Fitrat ham she’riy parchalarni tarjima qilib, ularning lug’atini tuzgan va 1930 yilda Samarqandda nashr ettirgan. N.M. Mallaev “o’zbek adabiyoti tarixi” darsligiga “Devonu lug’atit turk”dagi qo’shiq va maqollarni kiritib, ularni tahlil etadi. A. Qayumov esa noyob qadimgi yodgorliklarimiz - qo’shiqlar (she’riy parchalar)ni birinchi marta nasrdan nazmga o’girib, “Qadimiyat obidalari” nomli asariga kiritgan.
Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari” nomli asaridagi pand-nasihatga oid o’gitlar bilan sug’orilgan she’riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma’rifiy g’oyalar asosida o’sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
“Devon”da inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug’lashga undovchi, shuningdek, mehmondo’stlikni madh etuvchi she’rlar ham mavjud. Ana shunday g’oyalarni ifoda etuvchi she’rlarni filolog olim A.Qayumov “bir butun mehmondo’stlik qoidalari”ning majmui deb ataydi. Mahmud Qoshg’ariy mehmonni hurmat-ehtirom bilan kutib olib, unga g’amxo’rlik qilish, muruvvat ko’rsatish hamda ochiq yuz bilan muomalada bo’lish dozimligini eng zarur odat sifatida ta’riflaydi. Mehmonni hurmat qilmaslik, izzat-ikromini o’z o’rniga qo’ymaslik uning chehrasiga kul sochish bilan barobar, deydi.
Buxoro xoni Abdullaxon davrida boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o`rnatishga erishildi. Jumladan Xindistonda shox Akbar, SHarqiy Ovrupada Ivan Grozniy bilan do’stona munosabatlar o’rnatildi.
Abdullaxon o’z atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab ularga homiylik qildi. SHoirlar orasida, Ayniqsa Mushfikiy o’z madxiyalari, lirik she’r va hajviyalari bilan shuhrat topdi. Abdullaxonning topshirig’i bilan u turli binolar uchun tarixlar bitdi.
Abdullaxon 1001 ta rabot va sardoba, ko`plab madrasa, masjid, ko`prik, suv omborlari qurdirdi. U yozuvchi, shoir, olimlarni to`plab ularga homiylik qildi.
Saroy muarrixlaridan Hofiz Tanish dalillar asosida "Abdullanoma" nomli tarixiy asarini yozdi.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy "Dastur al-iloj", Muhammad Yusuf Maxxol "Zubdat ul-kaxollin" asarlarini, shoir va adiblar Bobur, Solix, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiylar ijod qildilar.
Shu davrlarda Muhammad Balxiyning "Subxonqulixonnoma", Mir-Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad Vali samarqandiyning 200 adib haqida ma’lumot beruvchi "Muzakkirul asxob" nomli asarlari, Sayido Nasafiyning Naqshbandiyga bag`ishlab yozgan qasidalari, Sufi Olloyor va Boborahim Mashrabning she’rlari yuzaga keldi.
Bu davrda ko`proq adabiyot, tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Ayniqsa, Abulg`oziyning "Shajarai turk" asari mashhur edi. Abdulg`oziy 1645-1663 yillarda hukmronlik qilgan. xukmdor, olim, tarixchi va adib bo`lgan.
U Xorazmda ilm-fanni taraqqiy ettirish maqsadida o`z saroyiga binokorlar, tabib, shoir va boshqalarni to`playdi. Xonlik tarixini yaratishga kirishadi. "Shajarai taroqima" (1661), "Shajarai turk" (1664) va tabobatga oid "manofe’ ul-inson" (1644) kabi asarlarni yaratadi. Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi.
XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida Sufi Ollayor ancha mashhur bo`lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o`quv qo`llanmasi sifatida ishlatilgan.
U fikxga oid "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul-ojizin", "Murod ul-orifin", "Najot ul-tolibin" asarlarini yaratadi. "Sufi Olloyor" nomi bilan mashhur bo`lgan "Sabot ul-ojizin" asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o`qitilar edi.
Bu davrda ijod etgan Fazliy Namongoniy, Mushfiqiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Shermuhammad Munis va Ogahiy, Kiromiy, Mulla Shermuhammad, Akmal, Muhammad Aminxoja Kosoniy, Mavlono Nodirlar o`z zamonasining zabardast siymolaridan edilar. Ko`plab me’morchilik obidalari qurildi.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa,mantiq, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid nazariy bilimlar, ish yuritish, savdo - sotiqqa oid o`nlab ilmiy bilimlar, dunyoviy va diniy bilimlar o`rgatilar edi. barcha madrasalarda majburiy fan sifatida "Qur’on", "tafsir", "Odob as-solixin", "Sabot ul-ojizin", "Kimyoi saodat", "Xadis" kabilar o`qitilardi. O`qish muddati 15-20 yilni tashkil etgan. Masjid yonidagi maktablarda bolalarga 7 yil alifbe, abjad, Qur’on, chor kitob, Xoja Xofiz, Mirzo Bedildan savod o`rgatilgan.
O`zbek bolalari o`qiydigan maktablarda "Kitobi Fuzuliy", "Lisonut - tayr", "Devoni Alisher Navoiy", "Huvaydo", "Qissai devona Mashrab", "sabot ul-ojizin" kitoblari o`qitilgan. Savod chiqqandan barcha maktablarda Sufi Olloyor o`qitilgan.
Lug`atshunoslik, tarixnavislik, she’riyat rivojlandi. Ko`plab asarlar fors, arab boshqa tillardan tarjima qilindi.
Ta’lim - tarbiya jarayonida xotin qizlarga, ayollar tarbiyasiga katta e’tibor berildi. O`qimishli, ziyoli ayllar tomonidan maktablar tashkil qilindi va ular Xotinlar maktabi nomi bilan shuhrat qozondi.
Madrasani bitirganlaridan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, shuning bilan fan arboblari, adiblar, shoirlar ham yetishib chiqardi. CHunonchi: Boboraxim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy - Namangoniy, Sayido Namangoniy, SHavqiy Namagoniy, Sayido Nasafiy, Sufi Olloyor, Zebuniso, Dilshod - Barno, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg’ozi Bahodirxon kabilar boshqa kasb egalarini to’pladi. Abo’lg’oziy ota-bobolarining quntsizliklari tufayli yozilmay qolib ketayotgan xonlik tarixini yaratishga qat’iy kirishdi va qobiliyatli xattotlarni bu ishga jalb etdi. Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziyning katta ishtiyoq qiziqish uyg’otgan edi. Abo’lg’oziy "SHajarai tarokima" (1661), "SHajarai turk" (1664) va tabobatga oid "Manofe’ ul - inson" (1664) kabi nodir asarlar yozdi va Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi.
Abo’lg’oziy asarlari SHarq tarixchilarining - olimlarininggina emas balki, 1880 yillardan boshlab rus va G’arbiy Ovrupa olimlarining ham diqqat e’tiborini o’ziga torta boshladi. Muallifning "SHajarai turk asri 1825 yilda Kozonda Rumyansev , 1854 yilda G.S. Sablukov, 1871 yil P.I.Demizonlar tomonidan , "SHajarai tarokima" asari esa 1898 va yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr ettirildi.
O’zbekiston xududidagi xonlik va amirliklar davrida fan, adabiy san’at, ma’rifat bir muncha rivojlangan. Ko’proq xon saroylari doirasida ham diniy, ham dunyoviy adabiy asarlar yozilgan. O’zbek tilida yozilgan asarlar orasida muallifi xaligacha noma’lum "Tavorixi Go’zida" turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu davrda boshqa ko’plab tarixiy, asarlar yaratilganki, biz ularni o’rganishimiz orqali o’tmishni to’g’ri tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Jumladan bu paytda Muhammad YOqubning "Gulshan ul-muluk", Muhammad Olimning "Tarixi amir Nasrullo", Mulla Ibodulla va Mulla Muhami SHariflarning "Tarixi amir Xaydar", Muhammad Xaqimxon Turam "Muntaxabut tavorix", Mulla Avazifa Muhammadning "Tavern jaxonnumoyi", Mulla Niyoz Muhammadning "Tarixi SHoxruh Abduraxmon Tolening "Abo’lfayzxon tarixi", Muhammad Vafo Kirmoniyning "Tuxfai xoniy" kabi asarlari diqqatga loyiqdir.
XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida So’fi olloyor (asli ismi Olloxyor) anchagina mashhur bo’lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o’quv qo’llanmasi sifatida keng foydalanilgan.
Sufi Olloyor fikriga oid "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul-ojizin”, "Murod ul-orifin", "Maxzan ul-orifin", "Najot ul-tolibin" asarlarini yaratdi. "Sufi olloyor" nomi bilan halq orasida mashhur bo’lgan "Sabot ul-ojizin" degan asar maktablarda savod chiqarilishi bilan o’qitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgandi. Ul insoniy fazilatlar badiiy hikmatlar hamda hikoyalar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu xadislarga muvofiq yozilganligi namoyon bo’ladi. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy halq uchun mo’ljallangan. Bu uning muqaddimasidan ham ko’rinib turibdi. Unda Allox taoloni tanimoq bayonida", "alloh taolo ma’rifatining bayoni", “Allox taoloning sakkiz sifatining bayoni"dan so’ng iymonning, rishtalarning bayoni, payg’ambarlarga iymon keltirish bayonidan so’ng islom dinining asosiy qoidalari yuksak ahloqiy talablar, hikoyatlar, hikmatlar asosida bayon etilib beriladi. Masalan: "Kamtarinlik, haqida mav’iza", "Ta’madan tiyilish haqida", "YOmonlar suhbatidin qochib, yaxshilar suhbatinda bo’lmoqning bayoni", "Nafsi shum bayonida" , "Banda ahdida turmog’i bayonida", "YAxshi hamroh bayonida", "Xiyonatdin yirok bo’lmoq bayonida", "Javonmardlik nishoni" kabi boblar bunga misoldir.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, handasa, mantiq, roat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, huquqshunoslikka, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik, taqsimot va shu kabi boshqa o’nlab imliy bilimlar, dunyoviy hamda diniy bilimlar o’rgatilar edi. Barcha madrasalarda majburiy fan sifatida "Qur’on", "Tafsir", "Odob as-solixin", "Maslak ul-muttakin”, “Sabot ul-ojizin”, “Kimyoi saodat”, “Xadis”, kabilar o’qitilar edi. O’qish muddatti 15-20 yilni tashkil etgan. Masjid yonidagi maktabda bolalarga 7 yil alifbe, abjad, Qur’on, Farzi ayn, chor kitob, Xo’ja Xafiz, "Maslik ul-muttakin" , Mirzo Bedildan savod o’rgatilgan.
O’zbek bolalari o’qiydigan maktablarda "Kitobi Fo’zuliy", "Lison ul-tayr", "Devoni Alisher Navoiy", "Xuvaydo", "Kissai Devona mashrab", So’fi olloyorning "Sabot ul-ojizin" kitobi o’qitilgan. Barcha maktablarda iboralarning savodi chiqarilgandan so’ng Sufi Olloyor o’qitilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonida xotin-qizlarga, ayollar tarbiyasiga katta e’tibor berildi. O’qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan ko’plab maktablar tashkil etildi va u otinlar maktabi deb nomla (XVIII asrning 80-yillarida tug`ilib, 65 yoshlarida vafot etgan) Marg’ilon shahar CHilduxtaron mahallasida, Farg’ona tumani, Arsun qishlog’ida tug’ilib yashagan. Uning otasi Qaynar devona yoki Devonai Qalandar deb yuritilgan. (Uning Ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining nomi esa CHinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan katta Oxunjon hofiz degan o’g’li ham bor edi. Qaynar devona Kocondan kelib, Marg’ilonda turg’un bo’lib qolgan.
Dastlab Jaxonbibi ota-onasi va akasining ko’magida o’z-o’zicha mutolaaga beriladi. O’zbek, tojik mumtozlari, ayniqsa Jomiy, Fuzuliy asarlarini sevib o’qib, ulardan o’rganadi. Uvaysiy taxallusi bilan she’rlar mashq qila boshlaydi. U aruz vaznini hamda u bilan bog’langan muammo san’atini mukammal egallaydi.
Uning otinlik faoliyati ham ancha vaqtli boshlanadi U onasi Chinibibi o`qitadigan maktabda avval xalifalik qilgan, keyin o`zi qizlarni o`qitgan.
Nodira Uvaysiyni o’z himoyasiga oladi. Ikkala shoira egachi-singil tutinadilar. Nodira egachisiga Qo’qondan hovli-joy in’om qiladi. Uvaysiy Qo’qonda Nodiraning eng yaqin kishisi, suhbatdoshi, sirdoshi bo’lib qoladi. Halq orasida tobora uning obro’yi, shuhrati ortadi, Nodira sayohatga qayerga borsa, Uvaysiyni ham o’zi bilan birga olib boradi. Nodira bilan u Konibodom, Xo’jand, O’ratepa, Toshkent, Andijon, O’sh va boshqa shaharlarda bo’ladi.
Buxoro amiri Nasrullo 1842 yilda Qo’qon talon-toroj qilib, Nodirani vahshiyona o’ldirgandan keyin, Uvaysiy Marg’ilondan butunlay ketib qoladi va umrining oxirgacha u Qo’qonda yashaydi.
Uvaysiyning muallimlik faoliyatini o’rganar ekanmiz, uning o’qitish usullari haqida, o’sha davrdagi qizlar maktabi, ularning mazmunida otinlarning o’rni haqida muayyan ma’lumotga ham ega bo’lamiz.
XIX asrda O’zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiya muammolari bilan maxsus shug’ullanuvchi mutaxassislar, olimlar, mutafakkirlar bo’lmagan. Lekin davrning ilg’or kishilari shoir va mutafakkirlari o’z ma’rifiy qarashlari asosida ta’lim-tarbiyani rivojlantirganlar. SHubhasiz, ta’lim-tarbiyaning mohiyati, ijtimoiy roli, maqsad va vazifalari, tarbiyachining ijtimoiy hayotda tutgan o’rni singari masalalar haqida u yoki bu shaklda o’z fikrini bildirmagan, chinakam tarbiyachi bo’lishi qiyin.
O’tmishdagi barcha sharq mutafakkir va shoirlari singari o’zbek otinlarining ham pedagogika nazariyasiga oid asarlari yo’q. Lekin ularning ko’pchiligida nazm iqtidorli bo’lganligi tufayli bizga meros qilib qoldirgan she’riy durdonalariga asoslangan holda ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qarashlari, halqqa ma’rifiy tarqatish sohasidagi intilishlarini aniqlash mumkin. Bir so’z bilan aytganda, pedagogika ularning asarlariga singib ketgandir. Ana shunday ma’rifatparvar o’zbek ayollaridan biri, halqimiz orasida Uvaysiy taxallusi bilan mashhur bo’lgan shoira Jahon Otin Uvaysiydir.
U 1796-97 yillarda onasi otinlik qilgan xususiy maktabda dastlab halifalik va keyinchalik mustaqil ravishda otinlik qilgan Jahon otin o’z maktabida ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos ilg’or usullarni qo’llashga harakat qilganligini ko’ramiz.
Avvalo, shuni ta’kidlash keraki, XIX asr sharoitida maktablarning aniq ta’lim-tizimi haqidagi gapirish bir oz qiyin.
Bu davrda asosan maktablarning, ya’niy ta’lim muassasalarining quyidagicha boshlang’ich maktablar tuzilishiga ega ekanini ko’ramiz:
1. maktablar:
A) o’g’il bolalar maktablari-o’g’il bolalarga diniy ta’lim-tarbiya beradigan boshlang’ich maktablar;
B) otinoyi maktablari-qiz bolalarga islom qoidalarini o’rgatadigan va boshlang’ich ta’lim beradigan maktablar;
V) madrasalar-o’g’il bolalarga diniy ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasalari;
YUqorida sanab o’tilganta’lim o’choqlari (otinoyi maktablaridan tashqari) vaqt daromadlaridan kelgan mablag’ hisobiga ta’minlanardi.
Qizlarga boshlang’ich diniy ta’lim berishradigan otinbibi maktablari esa asosan xususiy bo’lib, otinlarning uylarida tashkil qilinardi. Bunday maktablar muayyan bir o’quv rejasi va dasturiga ega emas edilar. O’quvchilar ham sinflarga bo’lib emas, balki bolalar o’qitiladigan kitoblarni o’zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo’lib o’qitilardi.
Domla yoki Otinoyi darsni berilgan vazifani o’qitib ko’rish va yangi topshiriq berishdan boshlar edi. Hech bir domla otinoyida o’ziga xos ishlar, umumiy o’quv darsligi yo bo’lmasa o’quv uslubi bo’lmasa edi.
Yüklə 176,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin