Reja: Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo’llanilishi Oltinning minerallari va rudalari



Yüklə 21,25 Kb.
səhifə1/4
tarix31.12.2021
ölçüsü21,25 Kb.
#112857
  1   2   3   4
dokument microsoft word
dokument microsoft word

Oltin tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi

Reja:

1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo’llanilishi

2. Oltinning minerallari va rudalari

 

Tayanch so’zlar: Oltin, Sulfidli minerallar, Temir oksidining, Oksidning qora pardalari,  selektiv flotatsiya, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari

 

1. Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo’lib yashagan paytlarda ham ma’lum bo’lib, uni daryo va ko’l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig’u sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o’zgarmay, erimay va o’z xususiyatini zarracha o’zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning yer qobig’idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Yer yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi po’stlog’ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og’irligi 19,32 g/sm3.

Erish temperaturasi 1063 0C. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0C. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyum yoki 1/1000 mm zar qog’oz (folga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho’zish mumkin.

Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o’zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chiqarish va xalq xo’jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o’rinda turadi. Oltin o’zining o’zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomalasi o’rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg’armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.

Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.

Fan va sanoatda oltin zargarlik, tish protezlash, meditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o’tga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.

Oltin-oltin rang, sariq, yengil bolg’alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shaklli kristal panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham yumshoq metall bo’lib, faqat ranggi kumushsimon oq, a=4,0772 A. Ularning fizik kimyoviy xususiyatlarining o’ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.

Oltin kimyoviy faol bo’lmagan element. Elektronga nisbatan olganda eng nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo’lmay, tezda metall holiga qaytarila oladi. Suvli suyuq eritmalarda, masalan: Au = Au + e; elektron potentsiali j = 1,686 va Au = Au + 3 reaktsiyasi uchun, elektron potentsiali; j = 1,506. Shuning uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sulfat, xlor, organik) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sulfat bilan marganetsli, sulfat bilan azotlarda eriydi. «Shox arog’i» deb ataluvchi, bir hissa azot va 3 hissa xlor kislotasi aralashmasi, sulfat va marganets kislotasi, sulfat va azot kislotasi aralashmalarida eriy olishi mumkin. «Shox arog’i» eritmasida oltin quyidagi reaksiya bo’yicha eriydi:

Au + HNO3 + 4HCl = HAuCl4 + NO + 2H2 O

Bu eritma sekin–asta bug’lantirilsa oltin xlor vodorodi sariq kristallari cho’kmasi hosil bo’ladi: HAuCl4 x 3H2 O. Shuningdek, oltin Na va K sinil tuzlarida kislorod va havo yordamida eriydi:

2Au + 4KCN + H2 O + ½ O2 = 2KAu (CN)2 + 2KOH

Oltin oksidlari Au2O va Au2O3 quyidagi gidrooksidlarni qizdirish yo’li bilan olinadi: AuOH va Au (OH) 2

AuO, ya’ni oltin ikki oksidi kulrang binafsha tusli kukun, 200 oC da elementar moddalarga parchalanib ketadi. Oltinning kislorodli birikmalari beqarordir. Ular tez parchalanib ketadilar. Oltinning bir valentli tuzlari ham beqaror, ular ham tez parchalanadi.

3Au+ = Au 3++ 2Au

Ular ammiak bilan kompleks hosil qiladilar: (AuCl, NH2; AuCl [2NH3] va h.k.) oltin sinal kompleks tuzlari beqaror va ular suvda yaxshi eriydilar: [Au(CN);

140-150 oC da xlorli havoda qizdirilgan oltin, oltin xloridi hosil qiladi. AuCl3 va 180-190 oC da AuCl hosil qiladi.

Oltin monogalogenadi turlicha tovlanuvchi sariq tusga bo’yaladi.

Oltin monoftoridi AuF faqat bug’ holida mavjud. Oltin trigalogenidi AuCl3 - suvda eriydi. Oltin ftori AuF- zangori rangda, 500 oC da parchalanadi. Oltin xlor tuzlari AuCl – nina shaklidagi kristallar bo’lib qizil rangga egadir. Erish temperaturasi 288 oC.

Oltin brom tuzi AuBr - to’q qo’ng’ir rangli, suvda erimaydi. Qaliy bromli eritmada oltin brom tuzi hosil bo’ladi:

K[AuBr4 ]

Oltin yod AuI3 – tuzi to’q yashil, suvda erimaydi. Oddiy temperaturada oltin yod birikmasi AuI3 hosil bo’ladi. Oltin sinil kompleks tuzlari K[Au(CN)2]; Na[Au(CN)2]; Ca[Au(CN)2] suvda yaxshi eriydilar. Ular katta amaliy ahamiyatga egadirlar.

Tiomochevina eritmasida oltin erib tiokorbomid oltin tuzi hosil qiladi. Ammo bu reaksiyaning borishi uchun oksidlovchi bo’lishi shart. Shunda u AuCl∙2CS (NH2)2 – hosil qiladi.


Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə