Reja: Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi



Yüklə 31,33 Kb.
tarix21.09.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#129171
Tarix referat


Reja:

  1. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi



  1. Ommaviy axborot vositalari va ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi



  1. Jurnalistlarning huquqiy maqomi



  1. Jamoatchilik fikrini o`rganish

Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.


ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan bamisoli bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘zisbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘ llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, ―Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘zoldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz‖[1]. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan ―Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida‖gi qonunida (1- ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 125- qarorida (2-ilova) davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi ―Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi . Mazkur qonun va qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika bo‘ limida ―Axborot xizmatlari‖ fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta‘lim muassasalariga 2019-2020 o‘quv yilidan e‘tiboran Axborot xizmatlari yO‘nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan ―Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi farmonida ―Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligi yetarli darajada yo‘ lga qo‘yilmagan‖i qayd etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta‘minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o‘zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘ linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta‘minlash orqali ko‘maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to‘la-to‘kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas‘uldirlar. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hayot ko‘zgusi hisoblanmish matbuot ―to‘rtinchi hokimiyat‖ darajasiga ko‘tarilmog‘i lozimligi ko‘p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko‘p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o‘zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o‘zi uchun yangi bo‘lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko‘rsatma kutib o‘tirgandek ko‘rinishi to‘g‘ri tanqid qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: ―O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo‘yicha selektor o‘tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo‘layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko‘paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda . Tan olish kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko‘pchilik tasavvur ham qila olmasdi. Ammo davlat organlari va OAV o‘rtasida hamkorlik qanday yo‘ lga qo‘yilgani haqidagi savolga javob yo‘q. To‘g‘risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo‘yilganki, u o‘zishi bilan shug‘ ullanishga ulgurmaydi ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖[2]. Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖ mehmonxonasida ―OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‘znutqida davlat va xo‘jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to‘x taldi. Sohada ish hajmining ko‘p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmoqda. O‘ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko‘pgina tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. Ko‘plab davlat va xo‘jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. – Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy tarmog‗idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram tarmog‗ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi, –dedi Saida Mirziyoyeva.– O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga olsak, yuqoridagi ko‘rsatkichlardan o‘zingiz xulosa olishingiz mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o‘tar ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy ta‘kidladi‖[3].
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e‘lon qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‘ lib xizmat qiladi. Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta‘minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta‘minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o‘tishini ta‘minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini ta‘minlash zarur. Bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta‘minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‗oyani ro‗yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o‘rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta‘minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo‘ lishini ta‘minlaydi. Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash oson kechmaydi. Unga to‗sqinlik qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to‗sqinlik bor ekan, deb qo‗l qovushtirib o‘tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‗yish – oshkoralikni ta‘minlash yo‘ lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo‗yish bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan javob topish yagona to‘g‘ri yo‘ ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda ish yuritish demak. ―El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro‗yobga chiqarish, bu yo‘ lda g‘ov bo‘ lib turgan turli to‗siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta‘magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan ko‘tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o‘zkasbi, o‘zhayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,– deb ta‘kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘zso‘zi uchun mas‘uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma‘naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy ta‘minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak‖ [1]. Darhaqiqat, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta‘minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa‘yharakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o‘zsamarasini ko‘rsatishi shubhasiz. Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog‘liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni, O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo‘ lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘ lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘zfikri va e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir»[4]. Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o‘sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savol tug‗iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mutasaddilargina tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini izohlashga hojat yo‘q. Haqiqiy demokratik matbuot ko‘rsatma asosida yashay olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o‘zifodasini topishi zarur. Bu o‘znavbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi.
Shuningdek OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan. Shuningdek maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxe yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi. Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxe yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi, hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi.
Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, ularin Kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon hamjamiyati XX asrning o`rtalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta`minlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa axborot huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi. Axborot huquqlari va erkinliklari 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilk bor e`tirof etilgan edi. Jumladan, uning 11- moddasida ta`kidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta`minlangan holda, ochiq sudlov yo`li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega. 12- moddada qaayd etilishicha, hech kimning oilaviy va shaxsiy hayotiga o`zboshimchalik bilan aralashish, turar joy daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning or-nomusi hamda sha`niga nisbatan asossiz ravishda tajovo`z qilinishi mumkin emas. Har qanday inson bunday aralashuv va tajovo`zdan qonun yo`li bilan himoyalanish huquqiga ega. 19-moddada ko`rsatilishicha, har bir inson e`tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu hukuq qech bir to`siqsiz o`z e`tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g`oyalarni izlash, olish, va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi.
Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari bo`yicha belgilab qo`ylgan qoidalar yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq o`z fikrini asos tutish erkinligi va axborotlar hamda g`oyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va davlat chegaralariga bog`liq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya korxonalariga litsenziyalashni amalga oshirishga to`sqinlik ko`rsatmaydi.
Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga oshirilishi demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki jamiyat osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va ahloqni saqlash, boshqa shaxslarning obro`si yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy tarzda olingan axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufo`zi va xolisligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik, shartlar, cheklashlar va buyruqlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, deb ta`kidlanadi.
Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta`minlash borasida 1966 yil 19 dekabrda to`zilgan "Fuqorolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi halqaro ahdnoma" alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida ta`kidlanishicha, unda ishtirok etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki o`zga qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki boshqa holatlaridan qat`i nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada e`tirof etiladigan huquqlarni hurmat qilish va o`z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi ostida bo`lgan barcha shaxslar uchun ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani to`g`risida rasmiy ravishda e`lon qilingan bo`lsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar yuzaga kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq bo`yicha boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bo`lmaslik sharti va faqatgina irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga olib kelmaslik sharti bilan ushbu ahdnoma bo`yicha o`z majburiyatlaridan chekinish yhlida muayyan darajadagi tadbirlarniko`rishimumkin. Ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan, chekinish huquqidan foydalanadigan har qanday davlat darhol Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi orqali chekinmoqchi bo`lgan qoidalar va bunday qarorni qabul qilish sababi haqida ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan boshqa davlatlarni xabardor qilishi kerak.
Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda to`xtatishi haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada ko`rsatilishicha, sud va tribunallar oldida barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblov ko`rib chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq va majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil va odil sud tomonidan ko`rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda ma`naviyat, ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda yoki taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri bo`yicha lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini bo`zishi mumkin bo`lgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish ko`rishlarga yoki ularning bir qismiga matbuot xodimlari va jamoatchilik vakillari qo`yilmasliklari mumkin, lekin jinoiy yoki fuqorolik ishi bo`yicha o`ar qanday sud qarori ochiq bo`lishi lozim, balog`at yoshiga yetmaganlarning manfaatlari boshqacha holatni talab qilgan yoki ish, uylanish nizolari yoxud bolalarga vasiylik qilishga taaluqli bo`lgan holatlar bundan mustasnodir. 17- moddada ta`kidlanishicha, hech qanday insoning shaxsiy va oilaviy hayotiga aralashishga, uning turar joyi daxlsizligiga, uning xat-xabarlarining maxfiyligi va uning or-nomusi hamda obro`siga nisbatan asossiz ravishda yoki qonunga xilof tarzda tajovo`z etishga duchor etilishi mumkin emas.
Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga bog`liq bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining sog`ligi yoki axloqini qo`riqlash. 20 - moddada ko`rsatilishicha har qanday urush targ`iboti qonun bilan taqiklangan bo`lishi lozim. Xulosa qilib aytganda, ko`rsatib o`tilgan yuridik manbalar fuqorolarning axborot olish, izlash va tarqatish borasidagi huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga karatilgan milliy qonunlarni yaratishga asos bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Qiyinchiliklar jamiyatda demokratii tamoyillarni rivojlantirishga ta`sir ko`rsatmoqda. Ikkinchidan rahbarlaring ko`pchiligi matbuotdan qo`rqadilar.
O`zbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga ko`ra, bu qo`rquv - o`z malakalarining yetishmasligini, qo`yilgan savollarga yetarli saviyada javob bera olmasliklarini ko`rsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar go`yo bizning jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvo`rni tug`diruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib keladi. Holbuki, O`zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi.
Ma`lumki demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniye davlat siyosatiga ham ma`lum ma`noda ta`sir ko`rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog`i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o`quvchilar (tinglovchilar, tomoshabinlar) auditoriyasining juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga suyet ta`sir ko`rsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta`sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta`sir o`tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda nufo`z qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o`rganib, muayyan masalalar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish narsanint o`z nomi bilan atash - tom ma`nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi
Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi to`g`risida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 144- moddasi jo`rnalistning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilishga qattiq choralar ko`radi (3 yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga g`arazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy javobgarligini tartibga soladi.
Rossiya Federatsiyasi Fukorolik Kodeksi ham Ommaviy Axborot Vositalar faoliyatini tartibga soluvchi qator moddalarni (Sha`n, shaxsiy qadr-qimmat himoyasi, ma`naviy zarar) o`z ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish Rossiya Federatsiyasining 72-moddasiga muvofiq Rossiya Federatsiyasi va uning subyektlarining qo`shma boshqaruvida amalga oshiriladi.
1996 yilgi Halqaro Fuqaroviy va siyosiy huquqlari pakti har bir shaxsni erkin "axborot va g`oyalarni davlat chegaralaridan mustaqil holda qidirish, olish va tarqatish"ni ko`rsatib o`tadi. Shuningdek, 1950 yilgi Inson huquqlari himoyasi va asosiy erkinliklari to`g`risidagi Konvensiya har bir shaxsni "Davlat organlari aralashuvisiz va davlat chegaralaridan mustaqil ravishda axborot va g`oyalarni olish va tarqatish" huquqini o`rnatadi. Shuningdek 1989 yilgi Transchegaraviy televideniye to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasi va Yevropa Kengashining "Davlatlar parlamentlarini Ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlari to`grisida"gi №820 Rezolyutsiya taqdimotini ham e`tiborga olishimiz zarur. 1994 yildan Rossiya Federatsiyasida Prezident qoshidagi axborot nizolari bo`yicha Sud palatasi davlat organi sifatida faoliyat ko`rsatadi. Uning asosiy vazifasi bo`lib Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga uning ommaviy axborot soxasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini samarali amalga oshirilishiga ko`makdosh bo`lishdir.
Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida "Har kim o`z qikrini ogzaki, yozma ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bo`lgan manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yuq".
Avstriya Federatsiyasining 1967 yil 21 dekabrida qabul qilgan qonuni (1974,1989 yilgi o`zgarishlar bilan) 13- moddasida: "Har kim qonun doirasida o`z fikrini ogzaki, yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir.
Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan bosma asarlarga ma`mauriy pochta ta`qiqlari qo`llanilmaydi" deyilgan.
Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida: "Har bir shaxe qonuniy yo`l bilan axborot izlash, qo`lga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi huquqiga egadir.
Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan.
Jazoir konstitutsiyasining 19- moddasida: "Respublika matbuot va boshqa axborot vositalari erkinligini, birlashish huquqini, so`z erkinligi va ommaviy chiqishlar erkinligini, shuningdek yilishlar erkinligini ta`minlaydi" deyilgan.
Fuqarolarning axborotlarga bo`lgan erkinligi tugrisidjagi qonunchilik sohasini taraqqiyoti xozirgi kunda demokratik davlatning umum qabul qilingan standartiga kiradi. Fuqorolarga axborot erkinligiga bo`lgan talabi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan tashqari quyidagi natijalar bilan bevosita bog`liq: davlat hokimiyatining ochiqligi va siyosiy yo`nalishning aniqligi; korrupsiyaviy hukuqbo`zarliklarning sodir bo`lishini ehtimoli kamligi; ma`muriy madaniyatning oshishi va xizmatchilarning jamiyat oldida o`z faoliyati haqida hisobot berishi; hokimiyat organlarida samaradorlikni oshirish;ochiq hokimiyatnm jamiyat tan olishi; Hozirgi kunda 50dan ortiq mamlakat axborot erkinligi to`g`risida qonun qabul qilgan. Ayni paytda ularning ko`pchiligi keyingi yillikda qabul qilingan. Va yana 3O dan ortiq mamlakat xuddi shunday qonun qabul qilish XULOSA Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llabquvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e‘lon qilindi.[5] ―Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli o‗zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqda‖, — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo‘lgusi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e‘tibor qaratishi kerakligini bildirdi. Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ―xalqimizning boy ma‘naviy merosiga tayansak‖, bu ish yanada samaraliroq bo‘ladi. Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug‘ alloma va publitsist Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda ko‘pchilikning e'tiborini o‘ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so‘ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo‘la boshladi. O‘zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko‘ndalang qo‘yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniqlash arafasida.

1. O‘zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida‖ gi qonuni (yangi tahriri). – www.lex.uz 2. Prezident OAV xodimlarini tabrikladi va professionallikga chaqirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/26/president-media/


3. O‘zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida‖gi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‗plami. –T.: Adolat, 2008.
4. O‘zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida‖gi (yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Adolat, 2008.
5. To‘lqin Eshbekov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2019
Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin