Reja: O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va modeli Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar



Yüklə 31,63 Kb.
səhifə1/17
tarix31.12.2021
ölçüsü31,63 Kb.
#112562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

  1. Mavzu . Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari

Reja:

  1. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni

  2. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va modeli

  3. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar

  4. Pedagogika fani va vazifalari

  5. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari

  6. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi

  7. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari

Tayanch so‘zlar: ta’lim tizimi, ta’lim islohotlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi, 11 yillik umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, pedagogika, maqsad, vazifa, obyekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.

O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ijtimoiy hayotimizning o’zgartirishi uchun O’zbekiston ta’lim tizimini tupdan o’gartirib yangi qonun, dastur va qarorlar qabul qikindi. Bu boradagi say – harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun mazmunida Respublika ta'limi tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad, vazifalari, ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Biroq, 1997-yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni 5 bob va 34 moddadan iborat bo’lib ta’lim tizimidagi barcha vazifalar, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, ta’lim muassisalarini tashkil etish, fa’oliyati, barham berish, ta’lim turlari, pedagogik fa’oliyat bilan shug’ullanish va ta’lim tizimini boshqarish masalalari bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:



  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o‘rta ta’lim;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.




Yüklə 31,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin