Reja: Sayfi Saroyi Nasriddin Burxoniddin o’g’li Rabg’uziy



Yüklə 26,41 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2022
ölçüsü26,41 Kb.
#116053
  1   2   3
Rabg\'uziy Sayfi Saroiy


REJA:

  1. Sayfi Saroyi

  2. Nasriddin Burxoniddin o’g’li Rabg’uziy

Sayfi Saroyi XIV asrda yashab ijod qilgan turkiy adabiyot vakillaridan biridir. U adabiyotimizda shoir va tarjimon sifatida oʼz oʼrniga ega.


Manbalardan maʼlum boʼlishicha, Sayfi Saroyi 1321 yilda Qamishli yurtida tugʼilgan. Qamishli-Xorazmdagi qishloqlardan birining nomi. Аmmo u nom Volga boʼyida ham koʼp uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy-Oltin Oʼrda davlatining poytaxtidir. Muhammad ibn Аrabshohning yozishicha, «Saroy tutgan oʼrni va xalqining juda koʼp boʼlishi bilan eng katta shaharlarning birisi edi. U fan markaziga aylandi. Oz vaqti ichida bu yerda koʼplab atoqli, mashhur kishilar toʼplandi». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Maʼsud Taftazoniy, Kamoliddin at-Turkmaniy, Hofiz ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mashhur shoir Kamoliddin Xoʼjandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi maʼlum. Shoir shu yerda yashab turgan davrida «Saroyi» degan taxallusini olgan. Sayfi uning ismi boʼlib, «Qilich» degan maʼnoni bildiradi.
Sayfi Saroyining yashab ijod qilib oʼtgan davri tarixda Oʼzbekxon oʼgʼli Tinibek va Jonibeklarning hukmronligi davriga toʼgʼri keladi. XIII asrdagi moʼgʼullar istilosi mamlakatni izdan chiqargan edi. Bu bosqin tufayli koʼplab kishilar qirildi. Koʼplab shoirlar oʼzga yurtlarga ketib qoldi. Sayfi Saroyi ham shulardan biri edi. U shunday yozadi:
Oʼsib tuprogʼim uzra nayzalar, men evdin ayrildim,
Vatandin benishon oʼldimda, oʼzga yurtga evrildim.
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor?
Iloho ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim.

Demak, Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin Oʼrda davlatining poytaxti Saroyda yashab ijod qilgan. Misr va Turkiyada ham yashagan. «Guliston bit-turkiy» kitobidagi quyidagi misralar shoirning Misr maliklaridan birining xizmatida boʼlganligi, qarib qolganligi tufayli oʼz vataniga ketish uchun malikdan ruxsat soʼraganidan dalolat beradi:


Ilohiy bu qari miskin qulingni,
Bagʼishla koʼrguzub toʼgʼri yoʼlingni.
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq,
Qarisa qullarin ozod qilmoq.
Qari yorli quling Sayfi Saroyi,
Faqiru benavo lutfing gadoyi.
Аni lutfing bilan dilshod qilgʼil,
Bagʼishlab yozuqin ozod qilgʼil.
Аdib taxminan 1396 yilda vafot etgan.
Sayfi Saroyining oʼzbek adabiyoti taraqqiyotiga qoʼshgan hissasi bebahodir. Undan bizgacha, bir qancha gʼazal, qasida, qitʼa, ruboiylar, «Suhayl va Guldursun» dostoni, «Sinbondnoma», «Guliston» kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan. Bulardan tashqari, Saʼdiy «Guliston»i tarjimasiga kiritilgan original sheʼriy parchalar, masnaviylar ham Sayfi Saroyi qalamiga mansubdir. Shoir gʼazallarida shakl va mazmun birligini birinchi oʼringa qoʼyadi. Shoirning «Shoirlar taʼrifida» degan masnaviysida ijodkorlarga talabchan munosabatda boʼladi:
Jahon shoirlari, ey gulshani bogʼ,
Kimi bulbuldurur soʼzda, kimi zogʼ.
Kimi toʼti tegin chaynar shakarni,
Kimi lafzi bilan oʼrtar durarni.
Kimining soʼzlari mavzunu shirin,
Kimining loyiqi taʼrifi tahsin.
Kimi oʼzganing ashʼorin menim der,
Kimi hayvon kabi shalgʼam choʼpin yer.
Kimi maʼni tuzub vaznin tuzotur,
Kimi vaznin buzub, sanʼat kuzotur.
Sayfi Saroyining lirik sheʼrlari miqdor jihatdan juda oz. Devon tariqasida tartib berilmagan. Bizgacha undan faqat «Gulistoni bit-turkiy» asarining kirish qismidagi va soʼnggi varaqlaridagi «Koʼngul», «Topulmas», «Koʼzlaring», «Taolalloh zehi surat», «Ul yuzi oy», «Yangi oy», «Qamar yuzingdin», «Erur», «Tutar», «Meningtek nechalar hayron», «Koʼrinur» kabi gʼazallari va bir «Bahor tasviri» sheʼri yetib kelgan. Shu sheʼrlar ham shoir sheʼriyati haqida maʼlum tasavvur uygʼotadi.
Sayfi Saroyi sheʼrlariga nazar solsak, mavzu jihatdan turlicha ekanligini koʼramiz. Ishq-muhabbat, vafodorlik va sadoqat mavzulari yetakchilik qilgani holda, odamiylik, inson qadr-qimmati, ijtimoiy mavzular ham uchraydi. Shoir soʼz oʼyinlaridan mahorat bilan foydalanadi. «Erur» radifli gʼazali bu jihatdan xarakterlidir:
Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
Boʼyina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur.
Ogʼzi fistuq, koʼrki tangsuq, oʼzi mushfiq yor erur,
Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur.
Аsli alchin, soʼzlari chin, koʼzlari totor erur,
Ming yashar har kim dudogʼi sharbatin totor erur…
Vasfina Sayfi Saroyining ishi ashʼor erur,
Аndin oʼzga birla oshiqqa yemak osh, or erur.
Sayfi Saroyi gʼazallari oʼzining ohangdorligi, sodda va oʼynoqiligi bilan ham ajralib turadi.
Yangi oydur qoshing, ey koʼrka boyim,
Qilur taʼzim yuzungni koʼrsa oyim.
Su ichkanda dudogʼingdan su tomsa,
Bitar qandu shakar ul yerda doyim…
Shoir yaxshilikni ilgari suradi. Yomonlik qilganga ham yaxshilik qil deydi:
Yamonlik qilgan erga, ezgulik qil,
Qopar it ogʼzini luqma otadur.
Sayfi Saroyining bunday qarashlari «Gulistoni bit- turkiy»da keltirilgan baytlarda ham koʼrinadi.

Yetganicha kuching koʼngul yopqil,


Kim xaloyiq senga duo qilgʼay.
Tushgan er hojatin ravo qilsang,
Haq sening hojating ravo qilgʼay.
Yoki:
Sindirur boʼlsa urib oltin qadahni katta tosh,
Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning.
Sayfi Saroyi shoir Xorazmiyning tabiat goʼzalligini madh qilgan bir gʼazaliga nazira tariqasida yigirma toʼrt baytlik qasida ham yozgan. Uning bu qasidasi Iskandariya hokimiga bagʼishlangan. U bizgacha yetib kelgan oʼzbek tilida yozilgan XIV asr qasidasining ilk namunasidir.
Sayfi Saroyining «Suhayl va Guldursun» dostoni ham xarakterlidir. Bu doston haqida manbalarda maʼlumot yoʼq edi. 1966-67 yillarda fargʼonalik Kamolxon Sultonov degan kishining qoʼlida saqlangan qoʼlyozma asosida u topildi. Bu qoʼlyozmada Sayfi Saroyiga zamondosh Tugʼlixoja Xorazmiy, Mavlono Ishoq Xorazmiy, Mavlono Аhmad Urganjiy kabi shoirlarning bir qancha gʼazallari berilgan. Soʼnggida Sayfi Saroyining ikki bayti, uch qitʼasi va 82 bayt-164 misradan iborat «Suhayl va Guldursun» dostoni berilgan. Bu liro-epik asardir. Doston asosida dunyoviy ishq yotadi. Sevgida vafodorlik, mardlik tarannum etiladi. Manbalarda qayd etilishicha, doston 1394 yilda yozilgan. Аsar Nizomiyning «Xisrav va Shirin», Navoiyning «Mehr va Suhayl» asarlarini eslatadi. Dostonning qisqacha syujeti shunday: Аmir Temur Urganchga hujum qiladi. Koʼp kishi asir olinadi. Ular orasida Suhayl ham bor edi. Temurning qizi Guldursun Suhaylni koʼrib sevib qoladi. Guldursun qorovullarni mast qilib, Suhaylni banddan ozod qiladi. Ular qochadilar. Sahroda ochlik va suvsizlikdan Guldursun holsizlanib qoladi. Uzoq qishloqqa suv izlab ketgan Suhayl qaytib kelganda Guldursun vafot etgan boʼladi. Dahshatga tushgan Suhayl shunday qarorga keladi:
Menga yaxshi bukun yor birla oʼlmak,
Na lozim gʼam bilan dunyoda qolmak.
U oʼziga tigʼ sanchadi va halok boʼladi. Shamol boʼlib, ularning jasadini qumlar bilan koʼmadi.
Suhayl oh urdi, shu dam qoʼpdi boʼron,
Аningtekkim, buzuldi charxi davron.
Аlar uzra toʼkildi, koʼmdi tuproq,
Bu sirni tanho sahro bildi koʼproq.
Sayfi Saroyining bulardan tashqari, Saʼdiyning «Guliston» asarini tarjimasi hisoblangan «Gulistoni bit-turkiy» asari ham yetib kelgan. Olimlarimizning qayd etishicha, hijriy 793, melodiy 1390-91 yillarda tarjima qilingan bu asar fors-tojik shoiri Saʼdiy Sheroziyning «Guliston» asarining oʼzbek tilidagi eng birinchi ijodiy tarjimasidir. Saʼdiy bu asarni 1258 yilda yozgan edi.
Sayfi Saroyi «Gulistoni bit-turkiy» asarining jahon boʼyicha birdan-bir nusxasi Leyden universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qoʼlyozmaning fotonusxasi Moskva va Toshkentda ham saqlanmoqda. Fargʼonada topilgan «Yodgornoma»da bor.. Sayfi Saroyi «Guliston»ning asosiy magʼzini olib uni oʼz zamonasi ruhini aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qitʼa va baytlar bilan toʼldirib, ona tilida xalqiga taqdim etadi. Sayfi Saroyi «Guliston»idagi hikoyatlar quyidagi boblarga boʼlingan:
Birinchi bob-sultonlar haqidagi hikoyatlar.
Ikkinchi bob-faqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar.
Uchinchi bob-qanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar.
Toʼrtinchi bob-sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar.
Beshinchi bob-ishqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar.
Oltinchi bob-qarilikdagi zaiflik sifatlari haqida.
Yettinchi bob-tarbiyaning taʼsiri haqida.
Sakkizinchi bob-suhbat odoblari haqida.
Har hikoyatning oxirida masal yoki falsafiy chekinishlar mavjud. Masallar, toʼrtlik, baytlar shoirning mulohazalarini tasdiqlash uchun xizmat qilgan.
Аsardagi hikoyatlar mavzulari rang-barang boʼlganidek, obrazlar ham xilma-xildir. Shohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, hunarmandlar, dehqonlar, darveshlar, oʼgʼrilar, pahlavonlar, savdogarlar va boshqalar. Shartli tarzda nomlanuvi «Аsir, podsho va vazir» haqidagi (asir podshoni soʼkishi, ikki vazir ikki xil talqin etishi), («Podsho va uch oʼgʼli») kichik oʼgʼilning koʼrimsiz, ammo jasurligi), «Malik, qul va kema», «Noʼshiravon va kiyik ovlash», «Tosh bilan bogʼliq hikoyat», «Pahlavon va shogirdi» (shogirdning xiyonati va 360 usul), «Pahlavon va soʼkish», «Oʼgʼri, shoir va itlar» kabi hikoyatlar xarakterlidir.
Umuman, «Gulistoni bit-turkiy»dagi hikoyatlarni oʼqish, undagi mazmun va mohiyatni anglash, hikoyatlardagi qiziqarli tasvirlar har bir oʼquvchini oʼziga rom eta oladi.
Sayfi Saroyi (1321—1396) — Õzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishloģida tuģilgan. Oltin Õrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining sõnggi yillarini Misrda õtkazgan va u yerda vafot etgan.
Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha ģazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi „Gulistoni bit-turkiy‟ (1390—91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) „Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan.
„Suhayl va Guldursun‟ dostoni õzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida õz õrniga ega. Doston xalq afsonasi „Guldursun‟ asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.
Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishloģi — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda mõģullar istilosi davrida yashagan, õz vatanini tark etishga majbur bõlgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin Õrda (Saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq oģzaki poetik ijodini mukammal õrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq ģazal, qasida, qit’a, ruboiy, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni, „Gulistoni bitturkiy‟ asari yetib kelgan. „Sindbodnoma‟ni õzbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, dõstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan („Kungul‟, „Topilmas‟, „Erur‟ va b.).
S. S. Sa’diyning „Guliston‟ asarini õzbek tiliga birinchi bõlib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy „Gulistoni bitturkiy‟ asarini yaratgan (1391). Sa’diy asarining asosiy maģzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan tõldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning kõpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yõli bilan adolat va osoyishtalik õrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonunqoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb õylaydi. Shu maqsadda tuģrilik, rostgõylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni tarģib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qad. turkiy tilni õrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qõlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. №1355), fotonusxasi, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni qõlyozmasi Õzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi
1321 yilda Xorazmning Qamishli degan joyida hunarmand qurolsoz oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki bilimni o‘z yurtida olgan Sayfi o‘qishni davom ettirish uchun Oltin O‘rda davlatining markazi Saroy shahriga borgan. U yerda qunt bilan o‘qib, shoir sifatida tanilgan. Bu haqda uning o‘zi quyidagilarni yozgan:
Qamishli yurti mening tuvg‘on elimdi,
Biling, g‘urbatga kelturgon bilimdi.
Kelib bo‘ldum saroyda she'r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.
Lekin o‘zaro feodal urushlarning avj olishi, toj-taxt uchun kurashning kuchayib ketganligi, markazlashgan davlat yaratish uchun intilayotgan Amir Temurning Oltin O‘rdaga shiddatli zarbasi tufayli Sayfi Saroyi yurtini tark etadi. U avval Eronga, so‘ng Turkiyaga boradi. Shoir sarson-sargardonlik, muhtojlikda kechgan kunlaridan nolib she'rlar bitgan:
O‘sib tuprog‘im uzra nayzalar men eldan ayrildim,
Vatandan benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtda evrildim.
Nechun menga falak javr ayladi, qanday gunohim bor,
Iloho ayla kam javring, men elga sodiq ul erdim.
Sayfi Saroyi umrining oxirgi yillarini Misrda o‘tkazib, taxminan 1396 yilda shu yerda vafot etgan. Uning hayot yo‘li va ijodiy merosi hali mukammal o‘rganilmagan. Bizgacha shoirning bir qancha g‘azal, qasida, ruboiy va masnaviylari, “Suxayl va Guldursun” dostoni yetib kelgan. Bulardan tashqari, Sayfi Saroyining 1391 yilda Misrda Sa'diyning “Guliston” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgani ham ma'lum. Sa'diy asarning turkiy tillarga ana shu ilk tarjimasi alohida qimmatga ega. Chunki tarjimon asl nusxa matniga erkinroq, ijodiy yondoshgan: asar uslubini o‘zbek nasriga, xalq hikoyatlariga yaqinlashtirgan, bir xil mazmun va g‘oyaga ega bo‘lgan hikoyalardan ba'zilarini tushirib qoldirgan,
muqaddima, xotima sifatida nasr oralarida keladigan pand-hikmat tarzidagi she'rlarni ixchamlashtirgan, ayrim hollarda o‘zidan yangi baytlar qo‘shgan. Ammo bu o‘zgartirish-lar Sa'diy asarining asl mohiyatiga zarar yetkazmagan. Tarjima buyuk san'atkorning xalqparvarlik, adolatsevarlik, kasb-hunarga, ilmga mehr qo‘yish, halol, pok, diyonatli, xayr-ehsonli bo‘lish haqidagi yuksak g‘oyalarini o‘zbek xalqiga yaqinlashtirish uchun xizmat qilgan.
Sayfi Saroyi o‘z she'rlarida yaxshilik, go‘zallik va chin insoniy sevgini, muhabbatni kuylagan, ma'rifatni targ‘ib etgan, kishilarni real hayotga, el-yurt xizmatiga chorlagan. Shoir o‘ziga xos rang-barang badiiy-tasviriy vositalarni qo‘llab, xalqnamo iboralarni ishlatgan. Ayrim g‘azallarida mutlaqo yangi so‘z va iboralardan foydalangan. Chinakam hayot oshig‘i bo‘lgan shoir xalqining marhamatini, Vatanini, hayot fayzini hamma narsadan afzal ko‘rgan:
Xabarsizman u dunyo jannatidan,
Yuz o‘gurmam elimning rahmatidan.
Inonman bo‘lguchi dorul vafoya,
¡rug‘lik bahrasin topsam kifoya.



Yüklə 26,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin