Reprezentativ tizimlar idrok modellari sifatida



Yüklə 32 Kb.
tarix10.12.2022
ölçüsü32 Kb.
#120761
Hujjat (16)


Mavzu: Reprezentativ tizimlar idrok modellari sifatida
Pedagogik jarayon subektlarining ozaro munosabati tasirini individuallashtirish ong tomonidan anglanilmagan darajada amalga oshirilishi uchun pedagog oquvchining reprezentativ tizimlar modelidan foydalanish mumkin. Talim-tarbiya jarayonida reprezentativ tizimlar modelidan foydalanish oquvchi tomonidan malumotlarni anglanilmagan darajada individuallashtirishni taminlaydi.
YUqorida takidlaganimizdek, atrof olamni bilishning beshta asosiy usullari mavjud bolib, bular korish, eshitish, paypaslash, tam bilish va hid bilishdir. Malumotlarni qabul qilishning dastlabki uchtasi axborot olishning vizual (V), audial (A) va kinestetik (K), shuningdek, tortinchi (hamma tirik jonzotlar emas) faqat insonga xos bolgan mantiqiy yoki boshqachasiga diskret (D) deb nomlanadi. Odam oz hayoti davomida tabiiy ravishda foydalanadigan jami tortta - vizual (V), audial (A), kinestetik (K) va diskret (D) sensor kanallari (VAKD) reprezentativ tizim deyiladi.
Biroq, kop hollarda bu tizimni tashkil etuvchi sensor kanallarning barchasi inson faoliyatida ishtirok etsada, ulardan bittasi afzalroq oziniki, jonajon, tushunarli, sevimli va yaqin sanalishi mumkin. Aynan shuning uchun ham odamlarning barchasini, shartli ravishda, vizuallar, audiallar, kinestetiklar vadiskretlarga bolish mumkin.
Bizniorab turgan olam koz oldimizda turli obrazlar (V), tovushlar (A) vasezgilar (K) sifatida namoyon boladi. Olamni bilish jarayonida biz uni koramiz (V), eshitamiz (A) va his qilamiz (K). Bilish jarayonida oqishimiz, turli sxema va formulalarni organishimiz ham mumkin (D). Malumotlar miyamizda aks etib, turli obrazlar (V), tovushlar (A), hislar (K) va terminlar/sxemalar (D) korinishida gavdalanadi.
Biroq, odamlardagi reprezentativ tizimlarining imkoniyatlari turlicha bolganligi bois, ularning olamni koryapman eshityapman his qilyapman oqiyapman/organyapman orqali bilish qobiliyatlari ham bir-biridan farq qiladi. Idrokning bu tortta (V, A, K, D) kanallari orasida har bir odam uchun boshqa kanallarga nisbatan yaxshiroq koradigani, yaxshi ozlashtirgani va amaliyotda koproq qollaydigani mavjud. Idrokning aynan shu kanali afzal koriladiganreprezentativ tizim deb yuritiladi.
Vizuallar, audiallar, kinestetiklar va diskretlar ortasidagi farqlar ularning stressga reaksiyasida ham namoyon boladi. Vizuallar boshqalarni barcha gunohlarini fosh qiluvchi va, takidlash orinliki, vaziyatga mos tajovuzkor orto-xolatni egallaydigan ayblovchi rolini afzal koradilar.
Audiallar kongilsizliklardan (kam hollarda) chetlashishga yoki (kop hollarda), masalan, nizolar chogida chalgituvchi rolini egallashga intilib, vaqtni chozib, opponentini kutilmaganda uzib qoyishlari yoki qandaydir muhim narsani bahona qilib, nizoli vaziyatdan shunchaki qochib qolishlari mumkin.
Kinestetiklar «tinchlantiruvchi rolini afzal koradilar. Agar jonidan otib ketsa, nima qilib bolsa ham kelishmovchilikni silliqlashga, kechirim sorashga intiladilar.
Diskretlar esa tezlik bilan kompyuter rolini egallab, sodir bolgan voqeani kopincha chidab bolmas darajada maydalashib, supermantiqiy tushuntirishga kirishadilar.
Muloqot jarayoni muvaffaqiyatli bolishi uchun, birinchidan, muloqot obektini tushunishimiz va etkazmoqchi bolgan malumotimiz doirasida unga tushunarli bolishimiz; ikkinchilan, muloqot obekti yaxshiroq tushunadigan, uning etakchi idrok etish kanali tilida gapirishinmiz muhim. Masalan, odamlar ortasida ozaro tushunmaslik, kop hollarda, afzal koriladigan reprezentativ tizimlar ozaro mos kelmasligi tufayli yuzaga keladi.
Muloqot obektining afzal koradigan reprezentativ tizimi tilida gapirishimiz tolaqonli ozaro hamkorlik qilish imkonining shartlaridan biri hisoblanadi. Reprezentativ tizimlarning mos kelmasligi esa hamisha va hamma joyda ozaro munosabatlar va xatti-harakatlardagi kelishmovchiliklarga sabab bolaveradi. Vizual yonalganlikka ega oqituvchi kinestetik yonalgan oquvchiga oquv materialini hech qachon tolaqonli darajada tushuntirib bera olmaydi (oquvchi unga korsatishgani”ni kop ham tushunmaydi, chunki u buni his qilishi va shunchasi paypaslab korishi kerak). Diskret oqituvchi esa ozining audial sozlangan oquvchisini oz formula, sxema va grafiklari bilan garang qilishi mumkin. Audial yonalgan oqituvchi esa ozining vizual tarbiyalanuvchisini Menga nimalarni korganingni ayt deb bezdirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turli etakchi reprezentativ tizimli odamlarning ozaro muloqoti kop hollarda etarlicha samarali bolavermaydi.
Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin