Ro’zaliyev Suxrobning



Yüklə 138,42 Kb.
səhifə1/11
tarix13.10.2022
ölçüsü138,42 Kb.
#118271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vaziligi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
301-guruh talabasi Ro’zaliyev Suxrobning O’zbek adabiyoti tarixi fanidan yozgan
Kurs ishi
Ilmiy rahbar: Qo’ldosh Pardayev
Toshkent-2022

Mavzu: Cho’lpon hikoyalari va “Kecha va kunduz” asari tahlili




Reja:
Kirish…………………………………………….………………..3-5
I.BOB. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
I.1. Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlari………………………………………………………6-20
I.2. Ijodkor yaratgan ocherk janrining o`ziga xos kompozitsiyasi…………………………………………..………21-30


II.BOB. “Kecha” romanining poetikasi……………..……….31-33
II.1. Miryoqub va Zebi obrazlarining ruhiy – psixologik tahlili………………………………………………………...…..34-51
II.2. Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyati………………………...52-56


Xulosa……………………………………………………..……57-59


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………...……….60


Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Ma`lumki, jamiyat, xalq, millatning ma`naviy-madaniy taraqqiyoti, barkamol avlodning shakllanishida badiiy adabiyotning ahamiyati nihoyatda ulkan. Bu haqda Yutrboshimiz “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” risolasida katta e`tiborga loyiq fikr-mulohazalarni bildirganlar. Ushbu dastur qarash-g`oyalar har bir ijodkor, shuningdek adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo`llari, vositarini to`g`ri tanlash va ish yuritishga ko`mak beradi.
Abdulhamid Cho`lpon о`zbek realistik prozasining shakllanish davrida samarali ijod qilib, uning taraqqiyotiga sezilarli ulush qо`shgan san`atkordir. Adibning qutlug` nomi oqlanib, ijodiy merosi chin egalariga qaytarila boshlangan dastlabki о`n yillar mobaynida kо`proq uning g`oyaviy jihatlariga urg`u berib kelindi. Albatta, jamiyatimiz hayotida tub о`zgarishlar yuz berayotgan, milliy о`z-о`zini anglash jarayonlari endigina keng omma ichiga kirib borayotgan paytlarda bu xil yondashuv asosli va zarur edi. Biroq, ma`lumki, adabiy asarni badiiyatga doxil etuvchi narsa unda ifodalangan g`oya(mazmun)gina emas, bu о`rinda о`sha g`oyaning muvofiq va gо`zal shaklda ifodalanishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois Cho`lpon asarlarining badiiy qiymatini, adibning milliy badiiy tafakkurimiz tadrijida tutgan о`rnini belgilash uchun ularning poetikasini tadqiq etish muhimdir. Zero, asrimiz boshida shakllangan jadid adabiyotini mazmunan aktual etgan sharoit о`tkinchidir, ertangi о`quvchi uni g`oyaviy jihatdan emas, kо`proq badiiyat nuqtai nazaridan baholaydi, qadrlaydi. Shubhasizki, jadid ijodkorlar yaratgan asarlar, badiiy saviyasidan qat`iy nazar, о`z davri ijtimoiy hayotiga jiddiy ta`sir о`tkazgan, boz ustiga, ularning aktual qatlami istiqlol arafalaridan boshlab xalqimizga yana bir karra xizmat qildi. Biroq jadid adabiyoti atalmish fenomen milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qо`shgan ulush, avvalo, uning badiiyat bobidagi izlanishlari, milliy badiiy tafakkurimizga tadbiq etgan yangiliklari bilan belgilanadi. Shu ma`noda jadid adabiyotining estetik prinsiplari, unga xos poetik usul va vositalarni о`rganish orqaligina yangi о`zbek adabiyotini yuzaga keltirgan omillarni, milliy adabiyotimizning XX asrdagi taraqqiyot yо`lini yorqinroq tasavvur etish, adabiy jarayondagi murakkabliklarni tushunish, nihoyat, uni obyektiv ilmiy о`rganish va baholash imkoniga ega bо`lamiz. Shunga kо`ra, asrimiz boshidagi adabiy jarayon xususiyatlarini atroflicha chuqur о`rganish adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb muammolardandir.

Yüklə 138,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin