Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, neft- gaz sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlash kerak. Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha etakchi o‘rinlardan birida turadi. Mamlakatimiz tabiiy gaz kazib chikarish bo‘yicha MDH da uchinchi, dunyoda 8 o‘rinda turadi. O‘zbekistonning 5 ta neft va gazga boy mintaqalarida uglevodorod xomashyosining 250 ta koni ochilgan.
Keyingi yigirma etti yilda O‘zbekiston neft va gaz sanoatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen, polipropilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi.
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, mavjudlarini zamon talablari asosida rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish ishlari jadal davom etmoqda. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, keng imkoniyat va imtiyozlar chet ellik ishbilarmonlarning hamkorlikka qiziqishini tobora oshirmoqda. “O‘zbekiston neft va gazi” ko‘rgazmasi ishtirokchilari safining yil sayin kengayib borayotgani esa yurtimiz neft-gaz sanoati salohiyatining yuksalayotganidan yana bir dalolatdir.
2001 yil oxirida SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqarildi.
SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular asosida– donador polietilen (125 ming tonna); –suyultirilgan gaz (137 ming, tonna); –gazkondensati ( 103 ming tonna); – donador oltingugurt (4 ming tonna) ishlab chiqarilayapti.
“SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik echimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir. Loyiha “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi ta’sisligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lish barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etib borayotganidan dalolat beradi. Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlash orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli "Evro-5" talablariga javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. SHundan 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi,
311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni tashkil etadi.
YAngi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantirish va neft importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.
Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga etkazilishi, zavodda qo‘shimcha 682 yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari asosida “SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish" loyihasi konsepsiyasi qaytadan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish jarayoniga sintetik nafta xomashyosini jalb qilish masalasi o‘rganildi. Loyiha ishga tushgach, zavodning polimer ishlab chiqarish quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagacha, ya’ni 3,6 barobarga oshirilishi ta’minlanadi. Natijada neft-kimyo yo‘nalishini rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Birinchi bosqichda yuqori qiymatli xomashyo sintetik naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan
birgalikda piroliz distilyatini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Piroliz distilyatidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati hududda texnologik klasterni barpo etishga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo, avtomobilsozlik, farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik sohalari yanada rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.
Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oshirilib, qurilish ishlari kompleksning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda olib boriladi.
Ta’kidlash joizki, zavodning mavjud intellektual va texnologik salohiyatidan foydalangan holda qo‘shimcha ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxini sezilarli darajada kamaytirish va investitsiyalar samaradorligini yanada oshirishga erishiladi.
Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning to‘rtinchi choragida yakunlanadi va loyiha doirasida 250 yangi ish o‘rni yaratiladi