Salixodjayeva shahlo yuldashevna



Yüklə 0,89 Mb.
tarix23.02.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#114651
SALIXODJAYEVA SHAHLO MATEMATIKA KO\'PAYTIRISH VA BO\'LISH DARS ISHLANMA


Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani

Xalq ta’limi bo’limiga qarashli

27-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi

SALIXODJAYEVA SHAHLO YULDASHEVNA

3- sinf uchun matematika fanidan

KO`PAYTIRISH VA BO`LISH



mavzusida dars ishlanmasi


3-SINF

MATEMATIKA

Darsning mavzusi: Ko`paytirish va bo`lish.

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy:o`quvchilarga misol va masalar yechishni o`rgatish.

TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.

b)tarbiyaviy: tartibli va ozoda bo`lishni o`rgatish.



TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;

c)rivojlantiruvchi: tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi;

Darsning metodi: suhbat, savol- javob, interfaol metodlar.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, ko`rgazmalar, AKT.

Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorlash. Sinf axborotini eshitish.

O’quvchilar bilan salomlashiladi

Let’s pupils greating with guests

Good morning dear teachers

Dear teachers , dear teachers

Welcome our lesson

Our lesson, our lesson.

O`qituvchi:

Odob boshi “Assalom”
Ishning boshi intizom.

Boshlayman ustoz so`zim

Tayyormisiz o`g`il – qizim?

O`quvchilar: Tayyormiz.

O`qituvchi: Hozir darsimiz qanday dars ekan?

O`quvchi: Darsimiz riyoziyot,

Hisob – kitob qilamiz

Raqamlarning sirlarin

Puxta bilib olamiz.

O`qituvchi:

O`qituvchi:

Bolajonlar, sog` - omonmisiz.

Bugungi darsga tayyormisiz.

O`quvchilar:

Hammamiz sog`-omonmiz

Matematikaga tayyormiz.

O`qituvchi: Keling darsimiz shiorini tanlab olamiz

O`quvchi: Qo`shamiz va olamiz.

Ko`paytirib bo`lamiz.

Tez va to`g`ri hisoblab,

Ham chiroyli yozamiz.

O`qituvchi: Rahmat, qanday hikmatli so`zga amal qilamiz?

O`quvchilar: Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo`laylik ogoh.

O`qituvchi: Darsning oltin qoidalari:

Intizomli bo`lish;

Faollik ko`rsatish;

Vaqtdan unumli foydalanish;

o`zaro hurmat;

o`ng qo`l qoidasi.


  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash yuzasidan savol- javob o`tkaziladi va rag`batlantirilib boriladi. Uyga vazifa tekshiriladi. Daftarlar almashtiriladi.

Uyga berilgan vazifa og’zaki tekshiriladi:

Amallarni bajaring:

32 : 4 · 3=8x3=24

50 : 5 · 4=10x4=40

48 : 6 · 3=8*3=24

27 : 3 · 4=9*4=36

72 : 9 · 7=8*7=56

64 : 8 · 6=8*6=48

8. Maktab bog‘iga 38 ta atirgul, 160 ta lola o‘tqazildi. So‘ngra atirgul va lola soni qancha bo‘lsa shuncha chinnigul ekildi. Jami qancha gul ko‘chatlari ekilgan?

Yechilishi:

38+160=198 198+198=396 javob: 396 ta gul ko’chati ekilgan.

III. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilarga yangi mavzu aytiladi. Darslikdagi misol - masalalar yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.


  1. 48 + 8 · 5 =48+40=88

7 · 8 – 38 =56-38=18

63 : 7 + 8 · 9=9+81=90

54 – 18 : 2=54-9=45

27 : 3 + 74=9+74=83

6 · 8 – 72 : 8=48-9=39

IV. Mustahkamlash

Tenglamani doskada 3 o’quvchi yechadi:

2. x · 9 = 54 56 : x = 7 470 + x = 930

X=54:9 x=56:7 x=930-470

X=6 x=8 x= 460

Tekshirish:

6*9=54 56:8=7 470+460=930

54=54 7=7 930=930

Jim” o’yini




3. To‘g‘ri to‘rtburchak

a=7 sm


b=4sm

to`g`ri to`rtburchak tomomlarini 8sm ga kattalashtirilsa uning peremetrini toping.

Yechish:

7+8cm=15 cm

4+8cm=12 cm

P=(15+12)*2= 27*2= 54 Javob: P=54 cm



4. Rasm asosida masala tuzing:

5 ta yashik -45 kg

2 ta yashik- ? kg

Y: 1) 45:5=9

2) 9*2=18 j:18 kg

5 . Katakdagi sonlar yig‘indisini topishning oson usullarini toping.

6*5+6*3+9*3=30+18+27=75

V. Dars yakuni:

Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.



VI. Uyga vazifa: 6-misol



7- masala.

Bor edi - 32 ta olma va 28ta nok

Qo`yildi – 4ta vazaga bir xil

Har bir vazada nechtadan meva bor?

Y:1) 32+28=60

2) 60:4=15 j: 15 tadan meva
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə