O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI ROMAN-GERMAN TILLAR FAKULTETI
KURS ISHI Mavzu: Umumt’alim maktabi o’quvchilarining diologik nutqini shakllantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni.
Ilmiy rahbar: Ataullayeva D.A.
Talaba: YYYYYYYYY Guruh:YYYYYYYYY
Samarkand 2023
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………………
1. Nutq va uning turlari……….………………………….……………………….…
2. Diologik nutq mohiyati va chet tillarini o’qitishdagi ahmiyati .............................
3. Ta’lim texnologiyalari va ularning turlari ……………………………...………...
4. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarining diologik nutqni rivojlantirishda turli xil ta’lim texnologiyalari………………………………………….....…………........
XULOSA..................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................................
KIRISH Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.1 Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. 2 Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.
Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
Bugungi kunda ta’lim tizimi jarayonida o‘quvchilarning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish har bir o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivodlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan “Uzluksiz ta’lim tizini yanada takomillashtirish, sifatli
ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini yanada oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifalarga muvofiq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarini oshirib borishlari ham dolzarb vazifa hisoblanadi.3 “Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o’zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bolgan koplab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o’rganishda namoyon bo’ladi.
Ushbu ilmiy izlanishda umumta’lim makatbi o’quvchilariga chet tillarini o’qitishda dialogik nutqning ahamiyati va bu ko’nikmani o’quvchilarda rivojlantirish uchun turli xil ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari ko’rib chiqiladi. Jumladan, “Aqliy hujum” metodi- Remue-meninges; “Muammoli vaziyat” metodi- situation a problem; “Muammo” metodi- Etude du problem; “Juftlikda ishlash”- Travail en deux; “Kichik guruhda ishlash”-Travail en groupe; “Bahs munozara”- Debats discussion; «Xulosalash» (Rezume)- Resume; «Loyihalash»- Projet; “Tushunchalar tahlili” metodi-Analyse des notions metodlari yordamida dialogik muloqot mahsullarini ko’rib chiqamiz