Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi Ishlab chiqarsih amaliyoti yakunlariga doir tayorlangan xisobot



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/7
tarix29.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#118772
  1   2   3   4   5   6   7
Hisobot


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi
Ishlab chiqarsih amaliyoti yakunlariga doir tayorlangan
XISOBOT
Bajardi: 367-guruh talabasi Odlilov Inomjon
Amaliyot rahbari: Katta o’qituvchi Anafiyayev. A
Baxo: ____ _______________________ (imzo)
Reja:
Kirish

  1. Andijon “Milliy bank AJ”ning shakillanish tarixi.

  2. “Milliy bank AJ”ning boshqaruv strukturasi

  3. Oxirigi 3 yil ma’lumotlari asosida iqtisodiyotida moliyaviy faoliyati taxlili.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

Kirish
Respublikamizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o’zgarishlar qilinishini taqozo qilmoqda. Chunki, o’z yo’nalishi bo’yicha zarur bilim va malakalarni chuqur egallab, uni hayotga tadbiq eta oladigan, bir so’z bilan aytganda, Vatan taraqqiyoti yo’lida kuyib yonadigan kadrlar ushbu islohotlarni yanada jonlantirib, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishi uchun o’z hissasini qo’sha oladi. Zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxissislarni tayyorlash oliy bilim yurtlarining dolzarb vazifasidir.
Shu munosabat bilan oliy bilim yurti talabalarini tanishuv, ishlab chiqaish, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlariga jalb qilinmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha amaliyot davrida mutaxassisliklari bo’yicha bir qancha tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lishidir. Shu sababli biz ham institutimiz tomonidan malakaviy amaliyotga yo’naltirildik. Biz “Menejment” yo’nalishi 1-bosqich talabalari ham yaxshi tajribalarni orttirish maqsadida 5 hafta mobaynida malakaviy amaliyotda bo’ldik. Men “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti “Menejment” yo’nalishi 3-bosqich 367-guruh talabasi Odilov Inomjon Anvarjon o’gli, nazariy bilimlarimni amalda qo’llash maqsadida 2022-yil 30-may kunidan 2022-yil 6-avgust kuniga qadar iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, ya’ni AJ “Milliy Bank” Andijon shahar filiali (keying o’rinlarda bank deb yuritiladi)da amaliyot o’tadim. Bu vaqt mobaynida men bankning “Plastik kartochkaral ochish va ularga xizmat ko’rsatish” bo’limida ularning ishlarini o’rgandim. O’rganganlarimni tahlil qilib hisobot ko’rinishida havola etaman. Hisobot quyidagi rejalar asosida batafsil yoritib ketiladi.
1. Milliy Bank Andijon shahar Filialining shakllanish tarixi va umumiy ma’lumot. Bunda amaliyot joyimni qanday tashkil topgani haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tdim.
2. Milliy Bank Andijon shahar Filialining boshqaruv strukturasi. Har bir korxona va tashkilotni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo’lmagani uchun har bir tashkilot, korxona, muassasa va banklarda ham bu narsa albatta mavjud va bu “Amaliyot ob’ektining boshqaruv strukturasi”da batafsil yoritib o’tdim.
3. Milliy Bank Andijon shahar Filialining ichki va tashqi aloqalari. Amaliyot ob’ektining qanchalik iqtisodiy aloqalari yaxshiligi haqidagi ma’lumotlar berib o’tdim.
4. Milliy Bank Andijon shahar Filialining oxirigi 3 yil ma’lumotlari asosida iqtisodiyotida moliyaviy faoliyati taxlili, iqtisodiy faoliyatini yaxshilashning amaliy yo’llari. Bilamizki har bir korxona yoki tashkilotning kelajakda rivojlanish strategiyasi bo’ladi. Shu sababli ham bu strategiyaga o’z hissamni qo’shish maqsadida bir qancha faoliyatini yaxshilash uchun takliflar berib o’tdim.
5. Shu o’rinda albatta hisobotga xulosa berib o’tdim.
6. Hisobot so’ngida ushbu hisobotni tayyorlashda foydalangan adabiyotlarim ro’yxatini berib o’tdim.



  1. Yüklə 1,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin