Sanoatda klasterlar faoliyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
tarix10.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139077
Sanoatda klasterlar faoliyatlari

SANOATDA KLASTERLAR FAOLIYATLARI

3.4-iqt 20 guruhi

Shamsiddinov Zafar

  • — Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi paytda yurtimizda 97 ta paxta-toʻqimachilik, 149 ta meva-sabzavotchilik, 65 ta gʻallachilik, 35 ta sholichilik va 7 ta dorivor oʻsimliklar yetishtirishga ixtisoslashgan klasterlar samarali faoliyat yurityapti. Mazkur yangi tuzilma oʻtgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuchga aylandi. Birgina paxtachilik misolida aytadigan boʻlsak, 2020-yilda respublikamiz boʻyicha yetishtirilgan 3 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosining asosiy qismi paxta-toʻqimachilik klasterlari hissasiga toʻgʻri keldi.
  • Bugungi kunda barcha hududlarda paxta xom ashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha boʻlgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi Paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etila boshlandi. Bu kabi amalga oshirilgan ishlar natijasida 2020-yilning birinchi choragi boʻyicha ishlab chiqarilayotgan toʻqimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2017-yil birinchi yarim yilligidagi 4,6 foiz oʻrniga 8 foizdan ortiqroqni tashkil etib, 8,7 trln. soʻmni tashkil etgan.
  • Koʻryapmizki, koʻrsatkichlar ijobiy. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz fikrlar ushbu tizimga nisbatan noxolis yondashuvni keltirib chiqarmoqda. Endi tasavvur qiling, avvallari, oʻrtacha 1,5 AQSH dollariga eksport qilingan bir kilogramm paxta tolasi klaster tizimi natijasida 10-20 barobar qimmat narxdagi tayyor trikotaj-toʻqimachilik mahsulotiga aylantirilib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot sifatida eksport qilinmoqda. Bu nimadan dalolat beradi? Shubhasiz, tizimning har tomonlama puxta oʻylanganligining samarasidir. Bu esa aholi va Davlat byudjeti daromadlarining ortishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatyapti.
  • — Oʻtkazilgan tahlillarga koʻra, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish uchun yer maydonlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar sifatida quyidagilar uchramoqda:
  • — zamonaviy, eng ilgʻor texnologiyalarni joriy qilishda xalqaro tajribani oʻrganish va olimlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻrsatkichlarining pastligi;
  • — qishloq xoʻjaligida yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish uchun mahsulot yetishtirishdan chuqur qayta ishlangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining toʻliq qamrab olinmaganligi;
  • — yuqori hosil beruvchi navlarni yaratish va urugʻchilik yoʻnalishlarida mahsulot yetishtiruvchilar bilan hamkorlikdagi uzilishlar;
  • — moliyaviy resurslarning yetishmasligi va shu kabi muammolar.
  • Albatta, bu muammolarni hal etish uchun fermer va dehqon xoʻjaliklariga olimlarning tavsiyalari, oʻtkazilayotgan koʻrgazmalar, tijorat banklari kreditlari sezilarli samara berishi bilan birga, kutilgan natijalarga erishish kechikmoqda.
  • Buning uchun tezkorlik bilan qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish shakllarini zamonaviylashtirish va diversifikatsiya qilish muhim vazifa sifatida qolmoqda.
  • Yerlardan foydalanish tizimidagi anʼanaviy fermerlik, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari tizimi qatorida agrosanoat kooperatsiyalari hamda klasterlar tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
  • Soʻnggi yillarda klasterlarning erishayotgan natijalari bu sohada qonunchilik bazasini mustahkamlash va keng imkoniyatlarni yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Jumladan, paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosildorligini oshirishga qaratilgan ishlar natijasida hosildorlik gektariga oʻrta 3,5 sentnerga oshgan, baʼzi viloyatlarda (Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari) bu koʻrsatkich 6-9 sentnerdan oshgan.
  • Suv tejovchi texnologiyalar jami paxta dalalarining 32,5 ming gektariga joriy etilgan boʻlsa, shundan 21 ming gektari klasterlar hisobiga toʻgʻri keladi. Birgina, 2020-yilda klasterlar tomonidan 18,2 ming gektar maydonlarda tomchilab sugʻorish va 2,4 ming gektarda pulsar usulda sugʻorish texnologiyalari oʻrnatilgan.
  • Shu bilan birga, klasterlar tomonidan 3,6 ming gektar foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritilganligini ham alohida taʼkidlash joiz.
  • Bundan tashqari, klasterlar tomonidan yaratilayotgan barqaror va rasmiy ish oʻrinlari ham aholini ijtimoiy himoya qilish, daromadlarini oshirishga qaratilgan natijaviy koʻrsatkich sifatida ham baholanadi.
  • Bugungi kunda klasterlar boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda chuqur tahlillarga asoslanmagan holda bildirilayotgan turli xil tanqidiy fikrlardan kelib chiqqan holda oldimizda turgan asosiy vazifa klasterlar faoliyatini rivojlantirish uchun adolat mezonlariga asoslangan qonunlarni qabul qilish va uni amaliyotga tatbiq qilishdir.
  • — Bir qator internet nashrlarida berilgan klaster tizimi bilan bogʻliq axborotlar eʼtiborimni tortdi. Oʻzgalarning fikrini hurmat qilgan holda, aytish joizki, biror masala haqida gapirishdan oldin uning mohiyatini toʻliq anglab yetish zarur.
  • Ayni paytda barcha soha va tarmoqlarga kirib kelayotgan, yuz minglab qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga hamda bir necha oʻn trillion soʻmlik yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilishiga xizmat qilayotgan klaster tizimi afzalliklari haqida toʻxtalganda, eng muhim jihatlarni alohida sanab oʻtish zarur.
  • Eng avvalo, klaster usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatlarining mushtarakligi taʼminlanadi. Klaster ishtirokchilari qishloq joylarga sanoatni olib kirishi evaziga sohada yigʻilib qolgan muammolar oʻz yechimini topadi. Qishloq aholisi bandligini taʼminlash, yerdan foydalanish samaradorligini oshirib, olinadigan daromad salmogʻi karrasiga koʻpayadi.
  • Misol uchun, Quyi Chirchiq tumanida klaster usuliga oʻtilmasidan oldin paxtachilikda gektaridan 11-13 sentnerdan hosil olingan. Ekin maydonlari klaster ixtiyoriga berilgach, birinchi mavsum — 2019-yilning oʻzida gektaridan oʻrtacha 35 sentnerdan paxta yetishtirildi. 2020-yil esa oʻrtacha hosildorlik 41 sentnerdan oshdi. Bu masalaning bir jihati.
  • Uning ikkinchi tomoni shundaki, tumanda fermer xoʻjaliklari davridagi ishchilar soni 898 nafarni, oʻrtacha ish haqi esa 550 000 soʻm boʻlgan boʻlsa, klaster tizimi joriy etilgandan soʻng 8 600 ta ish oʻrni yaratildi, oʻrtacha ish haqi esa 4-marta koʻp — 2,1 mln. soʻmga yetkazildi. 2019-yilda fermer xoʻjaliklari davridagi 7,9 mlrd. soʻmdan 6 barobar koʻp yoki 28,7 mlrd. soʻm soliq toʻlovlari toʻlandi. 2020-yilda toʻlangan soliq hajmi esa 53 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
  • Bularning barchasi klaster tizimi imkoniyatlarini yaqqol koʻrsatmoqda.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin