Segnetoelektriklar



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə1/5
tarix09.12.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#138735
  1   2   3   4   5
1363789046 42626


SEGNETOELEKTRIKLAR — tashki maydon taʼsiri boʻlmaganda ham muayyan tra intervalida spontan (oʻz-oʻzidan) qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektrik kristallar. S. ning bu xossasi elektr maydon, deformatsiya, traning ortishi yoki kamayishi kabi taʼsirlar ostida kuchli oʻzgaradi. «Segnetoelektriklar» termini birinchi marta 1655-y. da sintez qilish yoʻli bilan vino kislotaning natriykaliyli qoʻshaloq tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf kilgan fransuz dorishunosi E. Senyet (Ye. Seignette, 1632—98) nomi bilan ataladi. Segnetoelektriklarning oʻzoʻzidan qutblanish xususiyatini dastlab 1920-y. da segnet tuzlari kristallarida J. Valashek, 1930ylarda rus olimlari V. M. Vul, I. V. Kurchatov va P. P. Kobekolar aniqlagan. Segnetoelektriklarning elektr xossalari koʻp jihatdan ferromagnetiklarning magnit xossalariga oʻxshashligidan xorijiy adabiyotlarda Segnetoelektriklar oʻrnida ferroelektriklar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglitsinsulfat, digidrofosfat kaliy va Mendeleyev davriy sistemasi elementlarining turli murakkab birikmalari Segnetoelektriklar hisoblanadi.
Segnetoelektrik xossaga ega boʻlgan kristallarda simmetriya markazi boʻlmaydi, butun musbat ionlar markazi b-n manfiy ionlar markazi mos tushmaydi. Bu esa spontan qutblanishning hosil boʻlishi uchun fizik sharoitni yaratadi.
Segnetoelektriklar boshqa dielektriklardan quyidagi xarakterli xossalari bilan farq qiladi: 1) oddiy dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik ye bir necha birlikka (mas, suv uchun ye = 81) teng boʻlsa, Segnetoelektriklar uchun ye bir necha mingga teng boʻlishi mumkin; 2) ye ning qiymati maʼlum tra intervalida kuchli oʻzgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun tra 120° dan 80° gacha pasayishida ye ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va soʻngra yana kamayib ketadi;
3) Segnetoelektriklar dielektrik kirituvchanliklari tashki elektr maydon kuchlanganligiga bogʻliq ravishda oʻzgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa ye moddani xarakterlovchi kattalik boʻlib, maydon kuchlanganligiga bogʻliq emas;
4) elektr maydon oʻzgarganda qutblanish vektori R ning qiymatlari maydon kuchlanganligi Ј ning qiymatlaridan kechikib oʻzgaradi. Natijada R, Ye ning ayni vaqtdagi qiymatlarigagina bogʻliq boʻlmay, ilgarigi qiymatlariga qam bogʻliq boʻladi. Segnetoelektrik kristallardagi zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida shu zarralarning dipol momentlari spontan ravishda birbirlariga parallel joylashadi. Dipol momentlarining bir xil yoʻnalishi butun kristallga tarqalishi juda kam uchraidigan holdir. Odatda, kristall bir qancha sohalarga boʻlinib, har bir sohadagi dipol momentlar birbirlariga parallel joylashgan boʻladi. Lekin turli sohalarning qutblanish yoʻnalishlari har xil boʻladi, natijada butun kristall boʻyicha olingan natijaviy dipol momenti nolga teng boʻlishi mumkin. Spontan qutblanish sohalari domenlar deb ataladi. Domenlarning qalinligi oʻn mikrometrdan, yuzasi esa bir necha santimetr kvadratdan ortiq boʻladi. Domenlar soni kristall simmetriyasiga bogʻliq. Tashqi elektr maydon taʼsirida domenlarning momentlari yaxlit moment sifatida buriladi va maydon yoʻnalishiga mos joylashadi.
Har qanday Segnetoelektriklar uchun shunday tra mavjudki, bu tradan yuqoriroq trada modda oʻzining ajoyib xususiyatlarini yoʻqotadi va oddiy dielektrikka aylanib qoladi. Bu trani Kyuri nuqtasi Ts deb ataladi. Segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15° da va +22,5° da; bu tuz shu tra intervalidagina segnetoelektrik xususiyatga ega boʻladi. Agar tra —15° dan past va +22,5° dan yuqori boʻlsa, elektr xossalari oddiy dielektirikdan farq qilmaydi. Kyuri nuqtasida spontan kugblangan holat (qutbli faza) dan spontan qutblanishi yoʻq boʻlgan holat (qutbsiz faza)ga yoki aks yoʻnalishida faza oʻtishi yuz beradi.
Segnetoelektriklarning pyezoelektrik xossasidan ultratovush nurlatgich, tovush signallarini elektr signallariga aylantiruvchi asboblar, bosim datchiklari, katta sigʻimli kondensatorlar tayyorlash va b. da foydalaniladi.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin