Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə82/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun
ot soz turkumini oqitishning zamonaviy usullari, SSENARY ustoz, 8-laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturida port havfsizli, ZDIT17023
Ko`rdim.

MO`IBDO`:

3.XI.2016.


21.X.2015. Ona tili. 6-sinf.
BAYON VA UNING TAHLILI

Darsning maqsadi:

  1. O‘quvchilarga fe’l yuzasidan berilgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini sinash va baholash.

  1. O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini o‘stirish. 



Darsning metodi: suhbat, yozma nazorat.
Darsning jihozi: bayon matni.

    


 Darsning borishi:

  1. O‘quvchilarni bayon matni bilan tanishtirish.

  1. Bayon matni yuzasidan suhbat o‘tkazish.

  1. Bayonni yozdirish.

O‘qituvchi o‘quvchilarni bayon matni bilan tanishtiradi va bayon yozishda fe’l va fe’l shakllari imlosiga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi.
AQLLI   BOG‘BON
Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Lekin bolalar dangasa va ishyoqmas o‘sgan ekanlar. Otadan ularga meros qoladigan tanga tillo yo‘q. Bu ketishda esa ularning ko‘p o‘tmay xor-zor bo‘lishi aniq. Ota umri tuganini bilib farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi.  O‘ylab-o‘ylab shunday  yo‘l tutadi. Har uchala o‘g‘lini yoniga chaqiradi. “O‘g‘lonlarim,-deydi u- mening ajalim yetganga o‘xshaydi. Ko‘zim ochiq ekan, sizlarga vasiyatimni aytib ketay. Mehnat-u mashaqqat bilan bir ko‘za oltin yiqqanman. Uni mana shu boqqa, toklardan birning tagiga ko‘mganman. U sizlarniki. Biroq bu ishga  ko‘p yil bo‘ldi. Harchand urinsam ham ko‘milgan yerni slay olmadim. Uni o‘zlaringiz izlab topinglar va o‘zaro bo‘lishib olinglar”. Ko‘p o‘tmay, chol jon beribdi. Bir ko‘za tilla daragini eshitgan uch ishyoqmas uni izlashga tushib ketadilar. Bog‘ning hamma yerini kavlab chiqadilar Sirli ko‘za chiqmaydi. Yana erinmasdan kavlashga tushadilar. Kutilgan natija esa hamon yo‘q. Shu taxlit bog‘ ichi bir necha qayta ag‘dar-to‘ntar qilinadi. Yerlar qazilaverib tuproqlari kulga aylanib ketadi hamki oltin ko‘za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur ildizla’rigacha ochib ko‘miladi va bog‘da o‘sha yili shunday hosil bitadiki, undan bir necha ko‘zani to‘ldirgulik oltin oladilar. Uch dangasa ota gaplarining asl ma‘nosini, oltin-mehnatda ekanligini tushunib yetadilar. (Abdulla Avloniy)

O‘qituvchi bayon yozish uchun quyidagicha reja tavsiya etishi mumkin:


AQLLI BOG`BON

Reja:

  1. Otaning so‘nggi vasiyati.

  1. Tillani qo‘lga kiritish ilinjidagi tadbir.

  1. Mehnatning samarasi.

Uyga vazifa:ixtiyoriy mavzuda matn tuzish.

Ko`rdim.

Direktor:

21.X.2015.
Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə