Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta`lim



Yüklə 2,66 Mb.
tarix02.12.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#137073
Ijara talaba tadbir s



Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta`lim kafedrasi professor-o`qituvchilarining ijarada yashovchi talabalar ahvolidan xabar olish to`g`risida
HISOBOTI

2 023-yilning 8-noyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutining Boshlang`ich ta`lim kafedrasi professor-o`qituvchilari G’aniyeva Muhabbat, Umarova Dilafro’z, Ochilova Fayyoza, Soijonova Mavluda va Hamrayeva Muhayyolar tomonidan ijarada yashovchi talabalar ahvolidan xabar olish, talabalar yashash sharoiti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, texnika xavsizligi, gaz uskunalaridan to`g`ri foydalanish masalalari bo`yicha tadbir o’tkazildi. Dastlab Kitob tumani Sanam mahallasi Shahrisabz ko`chasidagi Sobir Ro’ziqulov xonadonida bo`lib 5-nafar talabaning yashash sharoiti o`rganildi. Talabalardan Rahmiddinova Sitora, Tangriqulova Surayyo, Qo’ziyeva Dilnura, Ergasheva Sevinchbonu, Azimova Asilalar yashash sharoitlari yaxshi ekanligi, barcha qulayliklar mavjudligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xonadon egasi va uning turmush o`rtog`i ham talabalarni tartib-intizomi, dars qilishlari, mustaqil ta`limga tayyorlanishlari haqida ijobiy fikr –mulohazalarini bildirdilar.


Shuningdek, tadbir davomida Kitob tumani Sanam mahallasi Shahrisabz ko`chasidagi Bozorova Mavjuda opa xonadonida bo`lib, 5 nafar talabaning yashash sharoiti bilan tanishildi. Talabalardan Abdimuminova Sitora, Odilova Lola, Xonnazarova Gulira’no, Xolmamatova Iroda, Do’stmurodova Sevinchlar bilan Shahrisabz davlat pedagogika institutining Boshlang`ich ta`lim kafedrasi professor-o`qituvchilari G’aniyeva Muhabbat, Umarova Dilafro’z, Ochilova Fayyoza, Soijonova Mavluda va Hamrayeva Muhayyolar xalqimizda “Tinchlik bebaho ne’mat” degan teran mazmun- mohiyatga ega hikmatli ibora borligini ta`kidlab o`tdilar. Talabalarning yashash sharoitlarini o`rgandilar. Talabalar yashash sharoitlari yaxshi ekanligi, barcha qulayliklar mavjudligi haqida fikr-mulohazalarini aytib o`tdilar. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, texnika xavsizligi, gaz uskunalaridan to`g`ri foydalanish masalalari bo`yicha suhbat o`tkazildi. Xonadon egasi talabalarni tartib-intizomi, dars qilishlari, mustaqil ta`lim tayyorgarlanishlari haqida ijobiy fikr –mulohazalarini bildirdi.
T adbir davomida talabalardan Xonnazarova Gulira’no, Abdimuminova Sitora, Odilova Lolalar o`z fikr –mulohazalarini bildirdilar.


Tayyorladi:
Boshlang`ich ta`lim kafedrasi mudiri: pfn Shuhrat Hamroyev
O`qituvchi: Solijonova Mavluda


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin