Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 17,03 Kb.
tarix09.05.2022
ölçüsü17,03 Kb.
#115674
Terrorizm fikrlar


Ayni vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfining tobora ortib borayotgani, dunyoning ayrim mintaqalarida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgani, tahlikali vaziyat saqlanib qolayotgani O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga tahdid solmasdan qolmaydi, albatta. Bularning barchasi oldimizda paydo bo‘layotgan tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga doimo tayyor bo‘lishni talab etadi1.

Shavkat Mirziyoyev
«Bugungi kunda xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muam- molar kuchayib borayotgani butun insoniyatni, jumladan, bizni ham qattiq xavotirga solmoqda. Bunday murakkab sharoitda yurtimizda va mintaqamizda tinchlik va osoyishtalikni asrash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda»2

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida: «Global- lashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayot- ganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas»3, – deb ta’kidlagan edi.

Alisher Navoiy o‘zining «Xamsa» dostonida shunday baytlarni keltiradi:

Erursen shoh, agar ogohsen – sen, Agar ogohsen sen shohsen sen.
Amerikalik mutaxassis B.Jenkins terrorizmni qurbonlardan ko‘ra ko‘proq guvohlarga qaratilgan va vahima uyg‘otishga yo‘naltirilgan zo‘rlik, deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyosatshunos J.Lojning ta’rifiga ko‘ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko‘ra ko‘proq odamlar fikriga ta’sir o‘tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir. Bu ta’rif va baholarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalarga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. Xuddi shu ma’noda, alohida olingan har bir terrorchilik xurujining maqsadi ekstremistlarning davlat to‘ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishdek siyosiy vazifalar bilan bir-biriga mos kelavermasligi oldindan ma’lum. Keyin- chalik, amalda, bu nomuvofiqlik terrorchilar jar solayotgan maqsadlar

bilan ular erishayotgan natijalar o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi.



1 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 26 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги // Халқ сўзи. – 2018. – 13 янв.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 7 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuv- da so‘zlagan nutqida

3Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2010. – Б. 111.

Yüklə 17,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin