Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning ustuvor masalalari. Egamnazarov Murod Yusupovich jdpu pedagogika ta’limi nazariyasi kefedrasi V b



Yüklə 31,67 Kb.
səhifə1/2
tarix19.11.2023
ölçüsü31,67 Kb.
#133323
  1   2
Egamnazarov M Yu. Maqola Konfirensiyaga


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning ustuvor masalalari.
Egamnazarov Murod Yusupovich JDPU
Pedagogika ta’limi nazariyasi kefedrasi v.b. dotsenti


Mirzayev Xojimurod Quvondiq o’g’li
Pedadagogika yo’nalishi 2-kurs talabasi


Annotatsiya: Maqolada shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning ustuvor masalalari sifatida o’quvchilarda ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarini yangicha tarzda shakillantirish bugungi kunning za’monaviy ta’limi hisoblanmish raqamli texnologiyalarning shaxs ta’limining rivojlanishdagi o’rni muhokama etilgan.


Kalit so’zlar: Shaxs, ta’lim, tarbiya, raqamli texnologiya, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim, axborot tizimi.

Dunyoda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhitini yaratish orqali ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish, shu bilan birgalikda raqamli ta’lim texnologiyalarini yanada barqarorlashtirish masalalari hal qilishga doir kuchli ehtiyojlar sezilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim muassasalari Beyjing (Xitoy), Singapur Milliy unversiteti va boshqa xalqaro unversitetlarda ham raqamli ta’limni tashkil etishda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhitidan keng foydalanilmoqda.


O’zbekiston ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar uning sifatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lib mazkur masala davlat siyosatida ustuvor o’rin egallamoqda,.zero shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etish ta’limni isloh qilish va uni nazorat qilish har tomonlama qulayliklar va imkoniyatlarni yaratib beradi. Jumladan O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 29 oktiyabrdagi “Ilm fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6097-son, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 8 oktiyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son farmoni.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning ustuvor masalalari asosangan. Ma'lumki raqamli texnologiyalar elektron hisoblash va ma'lumotlarni o'zgartirish bilan bog'liq barcha narsalarni o'z ichiga oladi: gadjetlar, elektron qurilmalar, texnologiyalar, dasturlar. Analog texnologiyalar bilan taqqoslaganda, raqamli texnologiyalar katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va uzatish uchun ko'proq mos keladi va yuqori tezlikda hisoblashni ta'minlaydi. Bunday holda, ma'lumot imkon qadar aniq, buzilmasdan uzatiladi. Asosiy kamchiliklar orasida yuqori energiya sarf bo'lishi va iqlimga salbiy ta'sir ko'rsatishini aytish mumkin. Raqamli texnologiyalarning turlari va ularning inson hayotidagi ahamiyatiga keladigan bo'lsak ulardan eng birinchisi va asosiysi bu internet narsalardir.
R.H.Ayupov, S.Q.Tursunovlarning “Raqamli texnologiyalar: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari” nomli risolasida Dunyo doimo o'zgarib bormoqda va bugungi kunda o'zgarishlarning asosiy omillaridan biri raqamli hisoblanadi transformatsiya. Odamlar tobora ko'proq eng yangi texnologiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmoqdalar faoliyatini takomillashtirish. Jahon iqtisodiyoti ham bo'ysunadi raqamli transformatsiya va bu bilan sodir bo'lmoqda dahshatli tezlik. Raqamli Iqtisodiyot milliardlab odamlar tomonidan yaratilgan iqtisodiy faoliyat sifatida belgilanishi mumkin o'rtasidagi kundalik onlayn aloqalar odamlar, korxonalar, qurilmalar, ma'lumotlar va jarayonlar. Raqamli iqtisodiyotning asosini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarasi bo‘lgan odamlar, tashkilotlar va texnologiyalar o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan o‘zaro aloqalar tashkil etadi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning ustuvor masalalari mulohazalardani yoritib o’tamiz ayni vaqtda ta’lim sifatini oshirishning asosiy tomonlaridan biri hisoblanadi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhitida raqamli texnologiyalarning bir qancha sifatlarini sanab o’tamiz:

  • Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarni baholashda aniq ma’lumotlar va tushunchalarga ega bo’lish.

  • Talabalar tomonidan dars jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni eng so’ngi yangiliklar bilan taminlanganligini nazorat qilish.

  • Ta’lim jarayonida o’tilayotgan mavzuning nazariy qismidan amaliy qismiga o’tish jarayonida mavzuga oid eng so’ngi ma’lumotlarni tezkorlik va aniqlik bilan topishdagi imkoniyatlar.

  • Talabalarni dunyo jamiyati qiziqtirayotgan masalalar va mulohazalar bilan tanishib boorish imkoniyatiga ega bo’lish.

  • O’quv jarayonida zamonaviy auditoriyalarga va imkoniyatlarga ega bo’lishi.

Raqamli texnologiyalar haqida so'z ketganda mobil Internetni ham etib o'tish kerak. O’quvchi yoshlar bu tizimdan foydalanishni bilmaslik va habardor bo’lmaskik holatlari bugungi kunda uchramaydi.


Yangi O‘zbekiston — insonning rivojlanishi va iste’dodi qadrlanadigan mamlakat. Bugungi kunda ilm­fan, ta’lim, innovatsiya, texnologiya va kadrlar zamonaviy demokratik jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili ekaniga hech kim shubha qilmaydi. Mamlakatimiz taraqqiyotini zamon talablariga mos ravishda ilm­fansiz tasavvur etish qiyin. Albatta yangi O’zbekistonni barpo etishda sifatli ta’limsiz tasavvur qilish qiyin o‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish bu ta’limning asosiy maqsadi bo’lsa. Sifatli ta’lim orqali o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, mashg‘ulot loyihalarini to‘g‘ri tuza olishi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z- o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.



Shaxsga yonaltirilgan ta’lim va raqamli ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:

1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.


2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.


3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik; bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;


4. Ta’limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish.


Xulosa qilib aytganda, Taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarida amalga oshirilayotgan salmoqli va ko‘lamdor ishlar bugungi kunda jahonning yetakchi davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish masalalariga birinchi galdagi vazifa sifatida qaralayotganidan dalolat beradi. Xususan bu tushunchalarni amalga oshirish shaxsga yo’naltirilgan ta’lim muhiti orqali raqamli texnologiyalarni tadbiq etishsiz tasavvur qilish qiyindir va biz quydagi tavsiyalarni aytib o’tish yuqoridagi mulohazalarimizga tayanch yordam sifatida yuzaga keladi.

  1. Zamonaviy ta’lim muhitini o’zaro sag’lom muhit orqali tashkil etish va zamonaviy auditoriyalarda olib boorish.

  2. Ta’lim jarayonida berilayotgan ma’lumotlarning birlamchi va ikkilamchi qiziqarlilik, hayotiylik darajalarini ajrata olish va o’quvchilarga yetkazish.

  3. Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotni bog’lashda raqamli texnologiyalardan foydalanish.




Yüklə 31,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin