She’riy matnlar asosida qayd etilgan har bir nutqiy aktga mos keluvchi misollar toping va tahlil qiling



Yüklə 22,74 Kb.
tarix04.06.2022
ölçüsü22,74 Kb.
#116600
To\'raliyev Bahodir. Pragmalingvistika
Mirzoraximova Aziza Maqola, 2-MAVZU. PSIXODINAMIK NAZARIYA, 12-VARIANT, O\'FFCH-1, O\'FF-2, 5-мавзу амалий

She’riy matnlar asosida qayd etilgan har bir nutqiy aktga mos keluvchi misollar toping va tahlil qiling:

  1. ASSERTIVES

Kechqurin choy ichgin xotining bilan,
O‘zingning dahshatli uzog‘ingdan qayt.
Aytgin “Yaqin kunda olamiz gilam”,
“Senga ko‘ylaklar xam olamiz”, deb ayt.

Bolang bilan gaplash otaday vazmin,


Onangga kulib boq - tortmasin azob.
Bajo etmoqlikka tiriklik rasmin
O‘zingda kuch topgin, o‘zingda kuch top!
( U. Azim)
Yuqoridagi nutqiy aktda aytilgan fikrning rostligi va toʻgʻriligiga eʻtibor qaratiladi. Usmon Azim she’ridan olingan parcha ham hayotiy va kundalik turmushda uchrovchi vaziyat tasviridir. Ushbu parcha assertive aktga misol boʻla oladi.


COMMISSIVES
Nasiba Boshmonova
OLTIN VA’DA

Shukur, she'riyatning goʻzal bogʻining


Ilhomdan yaralgan lolalarimiz.
Ma'rifat madhida birlashgan elning
Iqboli porlagan bolalarimiz.

Tongimizda maqsad urayotir bong,


Hatto, "OLGʻA!!!" deya olqishlar dunyo.
Rost koinot toji ekanimiz ham,
Yurtning yuragimiz, yoʻlimiz ziyo.

Xalqi har bir nafas, har on qoʻllagan


Oʻzbegimning baxtli yigit, qizimiz.
Va tanni Vatanga fido etmoq yo
"Vatan!" deb yashashga shaymiz oʻzimiz.

Qalbimiz toʻlgandir shijoat, kuchga,


Tilda qasamyod-u dil ichra shahddir.
Yurtboshimiz bergan eng oliy baxtga
Javob qaytarmoqlik - o, qutlugʻ ahddir.

Bizlarga ishongin, Oʻzbekistonim!


Dovrugʻingni doston qilamiz hali.
Jahonda oʻtdi oh qancha buyuklar,
Endi buyuk boʻlmoq oʻzbekning gali.

Qadam tashlagaymiz kelajak tomon,


Ogʻir kunlaringda qanotmiz, dalda.
Ijod maktabining oltin avlodi
Senga va'da berar, ha, oltin va'da!!!
@Serqirra_yoshlar_kanali
Kommissive aktda asosan va’da va majburiyat, burch tushunchalari ifodalanadi. Yuqorida keltirgan she’rimizda kommissiv aktlar ishtirok etgan oʻrinlarni belgilab qoʻydik.


BEHABITIVES
Qutichaning sandiqqa yozgan xati


Assalomu alaykum,
Mehribonim boydadam.
Kecha meni bozordan
Sotib oldi bir odam.

Endi yayrab yotibman


Ko‘milib qand-pistaga...
Urib-turtgan bo‘lsa ham,
Rahmat qari ustaga.


t.me/Anvar_Obidjon
EXPRESSIVES.
O‘tib borayotir muborak kunlar 
Allohning rahmati yog'ilmish tunlar 
Ko'zlarda yosh ila tilaymiz tilak 
Arafa kuningiz bo'lsin muborak

Bugun barq urar falakdan iymon 


Bugun ushalmoqda jamiyki armon 
Bugun ijobatdir xar qaysi tilak 
Kirib kelayotgan Hayit muborak 

Bu kun aytiladi Allohga kalom 


Bu kun aytiladi ming xil taborak 
Yaqinlashib kelayotgan bayramlar sultoni
Musulmonlar bayrami Hayit muborak!


DECLARATIVES.
Oʻzin dono bilgan uch-toʻrtta nodon,
Eshak tabiatin qilur namoyon.
Ular suhbatida sen ham eshak boʻl,
Yoʻqsa, kofir deya qilurlar e’lon.

Termizdagi banklardan birida…


Avtomatik javob beruvchi (avtootvetchik)ning matni
Assalamu alaykum! Siz bankimizning javob berish mashinasiga qo‘ng‘iroq qildingiz. Yordam olish va kerakli boʻlim bilan bogʻlanish uchun tanlov qilishdan oldin barcha variantlarni koʻrib chiqing. Agar siz ushbu xabarni rus va ingliz tillarida tinglamoqchi boʻlsangiz, panjara tugmasini bosing.
Bankimizdan kredit olish haqida yolgʻon gapirish uchun – 1ni BOSING. Bankdagi kredit foizini oʻz vaqtida toʻlamaganingizni izohlash uchun - 2ni BOSING. Faoliyatimdan shikoyat qilish uchun – 3ni BOSING. Xodimlarimizdan biridan shikoyat qilmoqchi boʻlsangiz - 4ni BOSING. Nima uchun sizga yuborilgan bir nechta ogohlantirish xatlarimizga qaramasdan qarzlaringizni toʻlamaganingizni asoslash uchun - 5ni BOSING. Agar qarzlaringizni qonuniy yoʻl bilan undirish maqsadida ustingizdan sudga shikoyat qilishimizni xohlasangiz – 6 ni BOSING . Agar siz bankimizga omonatga pul qoʻyishni istasangiz - 7ni BOSING. Sizga xorijdan yuborilgan valyutani olmoqchi boʻlsangiz yoki valyuta ayirboshlamoqchi boʻlsangiz - 8ni BOSING. Mijozlarga yaratilgan qulayliklardan norozi boʻlsangiz - 9ni BOSING.
Bankdagi mijozlarning navbat tizimiga amal qilmayotganligidan shikoyat qilish uchun - 0ni BOSING.
Agar siz haqiqiy, hayotda ekanligingizni anglab yetsangiz, bank bilan tuzgan shartnoma talablariga jiddiy yondashishingiz shart va qarzlaringizni oʻz vaqtida toʻlashingiz kerak. Bankdagi qarzlaringizni vaqtida toʻlayolmasligingizga bank xodimlari aybdor emas. – Hamkorlik qoidalarimizni tushunib yetgan boʻlsangiz, iltimos, goʻshakni qoʻying. Kuningiz xayrli oʻtsin! Biz bilan hamkorligingizdan minnatdormiz.
Bizning bankimizga ishonch bildirganingiz uchun tashakkur!

  1. Bu matnda lokutiv akt mavjud. Ya’ni jumlalar aniq va mazmundor. Qolaversa avtootvetchik yordamida boʻlsa ham talaffuz etiladi. 2. Shuningdek matnda illokutiv akt ham ishladi. Chunki mijoz va robot oʻrtasida komunikatsiya sodir boʻladi. 3. Bundan tashqari perlokutiv akt ham ishlaydi sababi avtootvetchikdagi matn, albatta, mijozga ta’sir etadi. 4. Matnda J. Ostin tahlilidagi Behabitiveslar ham mavjud. 5. Matnda Grays ta’limotidagi nutqning sifat tamoyili ham hisobga olingan. 6. Matn hamkorlik tamoyillari ishlatilgan ammo qat’iy amal qilinmagan yangicha model boʻla oladi.

7.Matn orqali mavzudan chetlashmaslik tamoyiga amal qilinadi.
Yüklə 22,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə