Shvetsiya maktabgacha ta'lim tizimi reja



Yüklə 21,97 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2022
ölçüsü21,97 Kb.
#118400
  1   2   3
SHVETSIYA MAKTABGACHA TA\'LIM TIZIMI


SHVETSIYA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI

Reja:

  1. Shvetsiyada maktabgacha ta’lim tizim

  2. Boshlang'ich maktab. Barneskole

  3. Xalqaro ta’lim dasturlari va diplomlar (International Degree Programmes).


Shvetsiyada maktabgacha ta’lim tizim
Maktabgacha ta'lim tizimi – bu zamonaviy jamiyatning ?ziga xos ?zagi va uning rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir. Aynan shu sababli rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor beradilar, zero bu aholining ishchi kuchiga barqaror jalb etilishiga, shuningdek bolalarning tegishlicha jismoniy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Shvetsiyada bolalar maktabgacha muassasalari 1970-yillarda oila siyosati doirasida ochilgan. Shvetsiyadagi maktabgacha ta'limning asosiy maqsadlari ota-onalar uchun ish, karera va ota-onaliknii uyg‘unlashtirish imkoniyatini ta'minlashdir. Haqiqatan, xalqaro o‘lchamlarga ko‘ra, maktabgacha ta'lim qamrovi anchayin yuqori – 1 yoshdan 5 yoshgacha bolalarning 80 foizi. Bu MT xizmatlari haqini to‘lash siyosatiga ham bog‘liq, chunki Shvetsiyada bolalar bog‘chasi to‘lovining qiymati ota-onalar daromadidan kelib chiqib belgilanadi. Chunonchi, past daromad oladigan oilalar bolalari MT xizmatlari uchun umuman pul to‘lamasliklari mumkin, shu bilan birga, o‘ziga to‘q ota-onalar uchun maktabgacha ta'lim narxi oyiga 135 yevrogacha yetishi mumkin. Shvetsiyada bolalar bog‘chalarini moliyalashtirish davlat mablag‘lari va ota-onalarning daromadlariga qarab ajratgan badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Shvetsiyadagi bolalar bog‘chalari 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni qabul qiladi va 6:00 dan 19:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Shvetsiya maktabgacha muassasasida ta'lim bolalarda bilimlar va qadriyatlar hamda butun umrlari davomida o‘qishga istak shakllanishiga qaratilgan. Asosiy e'tibor birgalikdagi o‘yinlar, bag‘ri kenglik va boshqalarga e'tiborlilik kabi qadriyatlarga qaratiladi. Gender pedagogika tobora kuchli dolzarblik kasb etmoqda – bolalarda, jinsiga qaramay, barobar imkoniyatlar bo‘lishi uchun, o‘quv jarayonida gender stereotiplariga qarshi ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Shvetsiyada bolalar bog‘chalari tarbiyachilarining taxminan 5 foizini erkaklar tashkil qiladi. Bu kam bo‘lsa-da, harqalay, boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha yuqori ko‘rsatkich. MTda pedagog bo‘lish uchun oliy ma'lumot va Ta'lim vazirligidan litsenziya bo‘lishi kerak. Bolalar parvarishi bo‘yicha xodimlar o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘ladilar va kundalik taomillar uchun javobgarlikni zimmalariga oladilar. Bolalar imkoniyat bo‘ldi deguncha, hatto qish chillasida ham tashqarida o‘ynaydilar. Shuningdek, “ochiq osmon ostidagi” maktabgacha muassasalar ham shuhrat qozongan, ularda, ob-havodan qat'iy nazar, bolalar qariyb har doim tashqarida bo‘ladilar.

Yüklə 21,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin