Sinekdoxa va uning uslubiy xususiyatlari



Yüklə 31,13 Kb.
tarix28.02.2023
ölçüsü31,13 Kb.
#123696
3 leksikologiya (leksika). So‘z va leksema





SINEKDOXA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI


Sinekdoxa yunoncha synekdoche – birgalikda anglamoq,qo‘shib fahmlamoq so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi. Masalan, “bosh” yoki “tuyoq” so‘zlarining qoramol,qo‘y-echki ma’nosida, “tirnoq” so‘zining farzand ma’nosida qo‘llanishi. Ma’no ko‘chishining bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega.


Sinekdoxaga misollar:

1. Uyimizda uchta tuyoq bor.


2. U o‘n yildan beri tirnoqqa zor.
3. O‘n qo‘li - o‘n hunar.
4. Olma guli - gul emas, taqsam chakkamda turmas.
5. Olma archayotib, qo‘lini kesib oldi.
6. Yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib keling.
7. G‘ildirakni yurgizdim.
8. Cho‘loqqa achinish bilan qaradi.
9. Eshikka kiring,aka, choy-poy ichib keting.
10. Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki,aslo kamaygani yo‘q.
11. Bu qasidam senga,xalqim, oq sut-u tuz hurmati.
12. Dunyoda tashvishni ko‘p chekdi boshim.
13. Hozirgi yoshlarimizga ko‘z tegmasin.
14. Yuzlab ko‘zlar biz tomon boqar edi.
15. Qandaydir qo‘llar uni amal kursisiga o‘tqizdi.
16. Kechgacha tuz totmadi.
17. Eshitgan quloq nima deydi?
18. Besh og‘izni qanday boqaman?
19. Uyda meni ikkita qorako‘z kutib turibdi.
20. Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‘ldi.
21. Guruhimizning birlashishi uchun bir bosh kerak bo‘lib qoldi.
22. Mumtoz she’riyatda oy yuz,qorako‘z,oq bilak, sarv qad, egma qosh kabi atamalar yor timsolini ifodalash uchun ishlatiladi va ular ham sinekdoxaga misol bo‘la oladi. Masalan: Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima. (Mashrab)


Yüklə 31,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin