Siyosiy jarayonlar tushunchasi siyosiy munosabatlar tushunchasiga qaraganda mazmunan keng ma’noga EGA



Yüklə 28,84 Kb.
səhifə1/2
tarix25.01.2023
ölçüsü28,84 Kb.
#122570
  1   2
 Siyosiy jarayonlar


 Siyosiy jarayonlar - muayyan davlat, partiyalar, siyosiy tashkilotlar, harakatlar, jamoat tashkilotlari tomonidan mamlakat ichki va tashki aloqalari zaminida turli ijtimoiy guruhlar bilan hokimiyat o’rtasidagi munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalash, himoya qilish borasida kechadigan munosabatlardir.
Siyosiy jarayonlar rivojlangan sari jamiyatimizning siyosiy hayoti yangi mazmun bilan boyiydi, ro’y bergan har bir o’zgarish va bu o’zgarishlar oqibatida kelib chiqqan xilma-xil muammolar siyosiy hayotning murakkablashuviga sabab bo’ladi. Siyosiy jarayonlar o’zining obyektiv qonunlari harakati asosida uzluksiz davom etadi va uni istagan paytda biron-bir tomonga burib yuborishi mumkin emas. Yuqoridagilarga asoslanib, siyosiy jarayonga quyidagicha ta’rif berish mumkin: siyosiy jarayonlar deb jamiyatning siyosiy hayotida turli xildagi voqea-hodisalarning ro’y berib turishi, ularning obyektiv qonunlar harakati asosida davom etishi va shu asosda jamiyatning siyosiy jihatdan rivojlanib borishiga aytiladi. Siyosiy jarayonlar siyosiy hayotda ro’y berayotgan voqea va hodisalar, o’zgarishlar yiqindisidir.
Siyosiy jarayonlar tushunchasi siyosiy munosabatlar tushunchasiga qaraganda mazmunan keng ma’noga ega. Agar siyosiy munosabatlar tushunchasi turli subyektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ifodalasa, siyosiy jarayonlar esa, ham subyekt, ham obyekt o’rtasidagi munosabatlar va ularning har birida ro’y beradigan o’zgarishlarni aks ettiradi.
Jamiyat hayotida siyosiy jarayonlarning qanday kechganligi masalasi o’tmishda bo’lgan mutafakkirlar e’tiboridan chetda qolmagan. Masalan, Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida markazlashgan davlatni qanday bunyod etganligi, unda boshqarish ishlari qanday yo’lga qo’yilganligi, mamlakatni boshqarishda kengashlar o’tkazib turganligi va boshqa ko’plab siyosiy tadbirlarni amalga oshirganligi haqida ma’lumotlar bergan. Amir Temur o’z saltanatini boshqarishda ilm-ma’rifat sohiblariga tayangan, chunki ilmsiz, johil, takabbur bo’lgan siyosiy yetakchi mamlakatni adolat bilan boshqaraolmaydi. Buyuk sohibqiron adolatli siyosat yo’lida xatto farzandlarini ham ayamagan, adolat yuzasidan baho bergan. “Kuch adolatdadir” degan tamoyil Temur davlati siyosatining asosiy shiori bo’lgan. Bunday siyosiy qarashlar boshqa mutafakkirlar: Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab olimlar asarlarida bayon etilgan.
Siyosiy jarayonlar har bir mamlakatning ichki va tashqi sohada ro’y beradigan o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Bu o’zgarishlar o’z mohiyati, sifati va miqdoriy mezonlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Siyosiy tuzumning, ularda faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy ko’chlarning har xilligi siyosiy jarayonlarning har bir mamlakatda o’ziga hos hususiyatlar asosida davom etayotganligidan dalolat beradi. Ammo bu borada mamlakatlar o’rtasida umumiylik, o’hshashlik tomonlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishi, ko’ppartiyaviylik asosida saylovlarning o’tkazilishi hozirgi kunning umumiy hususiyatlaridir. Bunday o’zgarishlar dunyoning ko’p mamlakatlarida bundan o’n yillar avval ro’y bergan edi. Shu tariqa hamma mamlakatlarda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarga hos umumiy hususiyatlar shakllana boradi. Hozirgi kunda bu umumiy hususiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
Yüklə 28,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin