Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar



Yüklə 2,73 Mb.
səhifə1/3
tarix26.11.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#135415
  1   2   3
1Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar1

Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti Agzamova Nilufarning o’zbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti tekshirdi: toraboyeva zilola


Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar
Tashkiliy hujjatlarning vazifasi.
Tashkiliy hujjatlarning turlari.
Tashkiliy hujjatlarning leksik va stilistik xususiyatlari.
Shartnoma. Mehnat shartnomasi.
Nizom. Yo'riqnoma
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
Tashkiliy hujjatlar
Farmoyish hujjatlar
Xizmat bilan bog‘liq hujjatlar

Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.

  • Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.
  • Guvohnoma,
  • yo‘riqnoma,
  • nizom,
  • qoida,
  • ustav,
  • shartnomalar ana shunday hujjatlar turiga kiradi.

Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki to'xtatish yo'lidagi kelishuv shartnoma hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma fuqarolik huquqiy bitimlarning turlaridan biri hisoblanadi. Uning farq qiluvchi xususiyati shundaki, u ikki yoki ko'p tomonlama bitimdan iborat bo'ladi.
Shartnoma davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o'rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o'rtasida o'rnatilayotgan bo'lsa, bunda tuzilajak hujjat mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o'z mazmuniga ko'ra juda xilma xil ko'rinishga ega:
Shartnomalar yozma, og'zaki ko'rinishda bo'lib, notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Shartnomalar korxonalarga tegishli bo'lganida tomonlar imzolagunga qadar korxona hisobchisi yoki adliya maslahatchilarining rozilik belgisi bo'lishi lozim. Shundan so'ng tomonlar shartnomaga imzo qo'yadi. Shartnomalar 2 nusxadan kam tuzilmasligi lozim.
Pul mablag'lari va moddiy-tovar boyliklarini saqlash uchun mas'ul bo'lgan shaxslar bilan to'liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin