Soliq munosabatining ilk ko'rinishlari reja



Yüklə 39,22 Kb.
səhifə1/6
tarix16.04.2023
ölçüsü39,22 Kb.
#125428
  1   2   3   4   5   6
SOLIQ MUNOSABATINING ILK KO\'RINISHLARI


SOLIQ MUNOSABATINING ILK KO'RINISHLARI
Reja:
Soliqlarning paydo bo‘lishi, ilk ko‘rinishlari va rivojlanish bosqichlari (I-davr, II-davr, III-davr).
Mamlakatimiz hududida soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.
Amir Temur va temuriylar davrida soliqlar, soliqqa tortishning xususiyatlari.
Oktyabr inqilobigacha bo‘lgan davrda soliqlar, soliqqa tortishning rivojlanishiga umumiy tavsif.
Sobiq ittifoq davrida soliqlarga bo‘lgan yondashuv.


Kirish
Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davlat moliyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida soliq to‘lovchilar mol-mulkining bir qismini majburiy ko‘rinishda davlat xazinasiga o‘zlashtirilishi sifatida undirish uzoq davrga borib taqaladi. Soliqlarning qachon paydo bo‘lganligi haqida hech qanday aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, lekin soliqlarning ilk ko‘rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, u majburiy bo‘lmay ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa, kambag‘allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan.
Keyinchalik joriy etilgan soliqlar esa, bevosita qabila hamda urug‘lar o‘rtasida davom etib turgan urush-janjallarga bog‘liqdir. Bunday soliqlar natura shaklida bo‘lib, bir qabilani bosib olish yoki o‘zini muhofaza qilish uchun safarbar etilgan.
Soliqlar tarixda inson tsivilizatsiyasi bilan birga rivojlanib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlarning iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘ringa chiqishiga avvalambor davlatning shakllanishi, jamoalarning sinflarga bo‘linishi, qadimgi ijtimoiy tuzumning vujudga kelishi, hamda ularning ma’lum moliyaviy manbaga ehtiyoj sezishlari sabab bo‘lgan.
Ingliz iqtisodchisi S. Parkinson so‘zi bilan aytganda: “Soliqlar ko‘hnadir – xuddi dunyodek, uning yuzaga kelishida qachondir bir mahalliy qo‘mondan o‘z hududida joylashgan daryo yoki tog‘dan savdogar hamda sayohatchi o‘tsa, ulardan haq olishi sabab bo‘lgan”[1].



Yüklə 39,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin