So‘z yasalishi (derivatsiya). So‘z yasalishi haqida ma’lumot reja



Yüklə 26,75 Kb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü26,75 Kb.
#129710
  1   2   3   4   5
Derivatsiya


SO‘Z YASALISHI (DERIVATSIYA). 
SO‘Z YASALISHI HAQIDA MA’LUMOT 
 
Reja: 
1.So‘z yasalishi(derivatsiya) va uning turlari haqida umumiy ma’lumot.
2. Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi.
3. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash (kompozitsiya usuli).
4. So‘zlarni qisqartirib va semantik usul bilan so‘z yasash.

Tayanch iboralar: so‘z yasalishi, qo‘shimchalar qo‘shish orqali so‘z 
yasalishi, affiksatsiya usuli, so‘zlarni qo‘shib so‘z yasash, kompozitsion usul, 
abbreviatura usuli. 

1-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday so‘zlar sanaladi. Ularga 
izoh bering.
 

1. Sharbat yig‘ar bolarilar, Asad oyi – asal oyi. Jam bo‘lishar gulparilar,


Yarqiraydi yoz chiroyi. (Ashurali Boymurod) 2. Samimiylik – gul kulgusi kabi sof,
Qog‘ozgulga o‘xshab sovuq kulmaydi. (Olqor Damin)

2-topshiriq. “Gul” so‘zi ishtirokida yasalgan so‘zlarni sodda va qo‘shma 
so‘zlarga ajrating va ularning yasalish qoliplari haqida gapirib bering. 

Gullamoq, guldasta, gulchehra, gulchilik, gulkaram, karnaygul, gulzor,


gulxona, gultojixo‘roz, gulbarg, gulbahor, guldon.

Har bir milliy til tinimsiz ravishda taraqqiy etib boradi. Bu taraqqiyotning


sezilarli qismi yasama so‘zlar hisobiga sodir bo‘ladi. Masalan, bahs so‘zi
yordamida bahsli, bahslashmaoq, bahstalab; tin so‘zi asosida tinch, tinchlik
betinch, tinim, tinimsiz, tinchlantirmoq, betinim, tinchliksevar; imon so‘zi orqali
imonli, imonsiz, beimon kabi so‘zlar yasaladi. So‘z yasalishi tilshunoslikning
alohida bir bo‘limi sanaladi va u asosan ikki usul yordamida amalga oshiriladi.
1. Qo‘shimchalar yordamida so‘z yasalishi. Bu usulga morfologik yoki
affiksatsiya usuli deyiladi.
2. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash. Bu usul sintaktik usul yoxud kompozitsion
usul ham deb yuritiladi.
Qo‘shimchalar yordamida so‘z yasalishi ot, sifat, fe’l, ravish so‘z
turkumlariga xos.
I. Ot yasovchi qo‘shimchalar to‘rt turga bo‘linadi:
1. Shaxs otini yasovchi qo‘shimchalar: -chi: karnaychi, surnaychi, 
kompyuterchi, dengizchi, futbolchi; -dosh: sinfdosh, vatandosh, safdosh, sirdosh;
-gar: misgar, zargar, kimyogar, savdogar; -kor: pillakor, san’atkor, paxtakor, 
g‘allakor; -bon: bog‘bon, darvozabon, torozibon; -dor: muhrdor, chorvador, 
mulkdor; shunos: tilshunos, adabiyotshunos, tabiatshunos, zarshunos; -paz: 
oshpaz, somsapaz, mantipaz; -do‘z: do‘ppido‘z, gilamdo‘z, maxsido‘z; -xon: 
kitobxon, jurnalxon, gazetxon kabi.
2. Narsa-buyum otini yasovchi qo‘shimchalar: -don: guldon, qalamdon, 
tuzdon; -gich (-kich, -qich, -g‘ich): o‘tkazgich, ko‘rsatkich, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, 
qisqich; -ma: suzma, qovurma, qatlama; -m (-im,-um): chidam, terim, unum, 
chidam, kechirim; -gi (-ki,-qi,-qi): supurgi, yqilg‘i, tepki, uyqi; -k, -q (-ik, -iq, -uq,

Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin