Ssenary (Ustoz va murabbiylar kuniga)



Yüklə 15,54 Kb.
tarix04.01.2022
ölçüsü15,54 Kb.
#113682
SSENARY ustoz
ot soz turkumini oqitishning zamonaviy usullari, 1-chorak ona tili 6 sinf uchun

SSENARY

(Ustoz va murabbiylar kuniga)

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum ko’zlari mehrga, so’zlari bolga to’la, farzandlarining tashvishlarini unutib bizlarning tashvishimizni qilgan, kelajagimizni o’ylagan fidoiy kasb egalari bo’lgan shirinso’z ustozlar.

2-Boshlovchi: Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Sizlar biz uchun har lahzada kuyib-pishasizlar. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

1-Boshlovchi: Endi esa ushbu bayram tadbirimizni ochib berish uchun so’zni maktabimiz direktori Saydullayeva Saida Rahmanovaga beramiz. Marhamat ustoz.

2-Boshlovchi: Sizdan boshlanadi asli tafakkur

Ey aziz ustozim, sizga tashakkur.



1-Boshlovchi: Sizdadir qanoat sizdadir bardosh

Mehringizdan olar mehrini quyosh.



2-Boshlovchi: Endigi navbatni “Ustoz” so’zini ta’riflashga chog’langan 9-sinf o’quvchilariga bersak. Marhamat.

1-Boshlovchi: Ustoz. Bu so’zning zamirida olam olam ma’no bordir. Bu so’zning zamirida sharaf tursa-da, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.

2-Boshlovchi: Bugun barcha madhlar-u, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir, aziz ustozlar. Keling endi shogirdlaringizning sizlarni madh etuvchi she’rlariga navbatni bersak. Marhamat.

1-Boshlovchi: Endigi navbatni 5-sinfning lobar qizlari ijrosidagi ajoyib raqsga beramiz.
1-Boshlovchi: Madhingiz kuylasam yayraydi dilim

Nomingiz tushurmas hech aslo tilim.

Sizdan o’rgandim-mu aziz ustozim

Ne ekan bu hayot, ne ekan bilim.



2-Boshlovchi: Partalar oralab o’tar umringiz,

Daftarni qoralab o’tar umringiz.

Aylanib ketganku mehr bog’iga

Ustozim, ko’nglingiz, sizning ko’nglingiz.



1-Boshlovchi: Endigi navbatni 6-sinf o’quvchilari ijrosidagi ustozlarni madh etuvchi jonli ijrodagi qo’shiqqa beramiz. Marhamat.
1-Boshlovchi: Ustozlar el ichra topgaydir qadr

Doimo shogirdlar ehtiromida.

Bayram tabrigini eting siz qabul

Go’zal qizlarimiz sho’x xiromida.



2-Boshlovchi: Endi esa navbatni 8-sinf o’quvchilari ijrosidagi ko’ngillarni yayratuvchi sho’x raqsga beramiz. Hamda ustozlarni ham raqsga taklif etamiz.

1-Boshlovchi: Raqs, Lezginka. Ijro etadi 7-sinfning azamat yigitlari.


1-Boshlovchi: Siz yurgan yo’llar ham bo’lgaydir gulzor

Siz bizga hamisha bo’ling madadkor.



2-Boshlovchi: Sizgadir ehtirom, sizgadir e’zoz,

Nomingiz dillarda mehribon ustoz.



Aziz ustozlar hamda ushbu tadbirimizga tashrif buyurgan mehmonlar, shu bilan bizning bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Ushbu kamtarona tuhfamiz sizlarga ma’nzur kelgan bo’lsa, biz nihoyatda mamnunmiz. E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 15,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə