Surxondaryo viloyati termiz davlat universiteti denov filialining maxsus sirtqi bo’limi boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishining 2- kurs 208-guruh tolibi mamatmo’minov ulug’bekning o’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan



Yüklə 173,4 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü173,4 Kb.
#113476
Sharq mutafakkirlari Pedagogik konflektalogiya

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

SURXONDARYO VILOYATI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIM (TA’LIM TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI) 1- KURS MAGISTRANTI MAMATMO’MINOV ULUG’BEKNING PEDAGOGIK KONFLIKTALOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI


MAVZU:Sharq mutafakkirlarining konfliktlarni yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarini o’rganish hamda tahlil etish.

REJA:

1. Konfliktologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi

2.Alisher Navoiyning konfliktlarni yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarini o’rganish.

3.Abu Nasr Farobiyning konfliktlarni yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf etish haqidagi pedagogik g’oyalarini o’rganish.

Til shirinligi -ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir.

Konfliktning dastlabki yaxlit konsepsiyalari XIX-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘ldi. Insonlarning dastlabki jamiyatlari bilan birga paydo bo‘lib, konfliktlar kundalik hodisalardan biri edi va uzoq davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ob’ekti bo‘lmay keldi, ammo ular to‘g‘risidagi ba’zi genial fikrlar bizgacha yetib kelgan eng qadimgi manbalarda ham mavjud. Vaqt o‘tishi bilan hayot sharoitlari o‘zgarib, konfliktlar ko‘rinishi ham o‘zgarishga yuz tutgan. Antik davr urushlarining ikir-chikirigacha tafsilotlarini va bu kabi konfliktlarning ilk baholarini qoldirdi. O‘rta asrlar va Yangi davrlarga ajratib o‘rganilishi ushbu hodisaning mohiyatini anglashga bo‘lgan o‘ziga xos urinishlar bo‘ldi.


Insonparvar mutafakkirlar konflikt to‘g‘risidagi, ularning insoniyat taraqqiyotidagi halokatli roli, urushlarni jamiyat hayotidan yo‘qotish va tinchlik o‘rnatish to‘g‘risidagi o‘z tasavvurlarini bildirib ketganlar.

Ko‘rib chiqilayotgan muammoga oid dastlabki tadqiqotlar miloddan avvalgi VI-VII asrlarga tegishli. O‘sha davr Xitoy mutafakkirlarining yozishicha, barcha mavjud narsa taraqqiyotining manbai – o‘zaro munosabatlarda, materiyaga xos bo‘lgan ijobiy (Yan) va salbiy (In) tomonlarda bo‘lib, ular doimiy o‘zaro qarama-qarshilikdadir va aynan bu ularning egalari o‘rtasida konfrontatsiya(konflikt)ni keltirib chiqaradi.

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.

Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.

Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:

.aqliy madaniyatni shakllantirish bilan .bog’langa qadriyatlar;

.ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;

.ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;

.badiiy-nafis qadriyatlar;

.diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.

Alisher Navoiy o’z davrining ayrim maktabdorlari ega bo’lgan sifatlar, xususan, qattiqqo’llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o’qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo’yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».

Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi va o’z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur. 16-asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug’lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farxod va Shirin», «Mahbub-ulqulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning xaqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko’rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko’z tikishdan ko’ra o’z qo’li bilan hayot kechirish ulug’roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida kеltiradi.

Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Farobiy jamiyatda odil-oqil inson o’zi va o’zgalar bilan nizoga bormasligi haqida fikr yuritadi.Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.

Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • «PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA» FANI O’QUV QO’LLANMA TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TOSHKENT - 2010

  • 2. PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA fanidan 1-kurslar uchun

    TERMIZ – 2020

    O’quv-uslubiy majmua tuzuvchisi:  

    Chariyev I.T – TerDU Pedagogika kafedrasi professori, p.f.d

    Avliyaqulov T.X- Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi

    Jumayeva G.T- Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi



    Taqrizchi:

    Xudoyqulov X.J- TerDU Pedagogika kafedrasi professori, p.f.d

    Bozorova M.Q- Pedagogika kafedrasi mudiri p.f.n, dots

    Elektron ta’lim resurslari:

    1. www.tdpu.uz

    2. www.pedagog. uz

    3. www. Ziyonet. uz



E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 173,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin