Tafakkur jarayonlari. Taffakurning mantiqiy shakllari. Intelekt



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə1/4
tarix24.11.2022
ölçüsü30,17 Kb.
#119841
  1   2   3   4
JARAYONLARI. TAFFAKURNING MANTIQIY SHAKLLARI.INTELEKT
4275-Текст статьи-10423-1-10-20211206, Davronbekovna (2) Oto\'m 194, DALOLATNOMA

TAFAKKUR JARAYONLARI. TAFFAKURNING MANTIQIY SHAKLLARI.INTELEKT
 
R E J A:

  1. Tafakkurdagi individual farqlar.

  2. Tafakkur haqida umumiy tushuncha.

  3. Tafakkur jarayonlari.

  4. Tafakkur shakllari.

  5. Tafakkur va masala hal qilish.

  6. Tafakkur turlari.


1. TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR
Ayrim kishilarning tafakkuri o`zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatdan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatdan turli davrlarda turlicha namoyon bo`ladi. Bular tafakkurning sifatini tashqil qiluvchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to`g`risidagi voqelikning u yoki bu, muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o`rin olganligidan kelib chiqadi. Fikrning chuqurligi uning mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan chambarchas bog`langan. Voqelikning eng ko`p sohalarini o`z ichiga olgan, hozirgi vaqtni, uzoq utmishni va uzoq kelajakni o`z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o`zining alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi - bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib, ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez - tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda ijodiy qilishdan iboratdir.

Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə