Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi reja



Yüklə 33,63 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü33,63 Kb.
#138274
  1   2   3   4   5   6
5- mavzu. Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi reja


Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi


REJA :

  1. Tafakkur haqida tushuncha.

  2. Tafakkur turlari

  3. Tafakkurning jarayonlari

  4. Tafakkurning mantiqiy shakllari

  5. Nutq haqida tushuncha

  6. Nutq turlari

  7. Xulosa


Tayanch tushunchalar: analiz, sintez, taqqoslash, xulosa, tushuncha, abstraksiya, umumlashtirish, verbal, nutq, muomala.
Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifii berish mumkin:
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiysababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiysababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqiab turibdi.
Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo bo‘ladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Bizning dunyoni, uning sir – asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur – inson ongining bilish ob’ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar urtasida murakkab, xar tomonlama aloqalarning u bilishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.
Aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining nakadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari – bu bilish jarayonlari;

  • Ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;

  • Uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‘rganiladi;

  • To’rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yukori darajadagi shaklidir.

Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Kallamizga kelgan barcha uy – hayollar – bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, xar on, xar daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo‘ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir.
Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog‘lanadi hamda shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Hissiy bilish yetarli bo‘lmay qolgan yoki hatto ojizlik qilib qolgan joyda tafakkur boshlanadi. Fikrlar muvakkat nerv bog‘lanishlari differensirovka qilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini mustahkamlanishi boshqalarining tarmoqlanishi natijasida mukammallashadi va aniqlanib boradi..
Akademik I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’lmotiga binoan tafakkurning nerv – fiziologik asosida birinchi va ikkinchi hamda signallar sistemasining o‘zaro bog‘liqlikdagi munosabati hamda ikkinchi signallar doirasida yuzaga keladigan assotsiatsiyalar muvvaqqat aloqalar yotadi. Bundan tashkari, tafakkurning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stining butun faoliyati bilan bog‘liqdir. CHunki tafakkur jarayoni tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to’la va chuqur aks ettirishdan iboratdir.

Yüklə 33,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin