Taqdimoti reja: Shaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi. Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash yoʼllari va vositalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə1/4
tarix13.03.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#124034
  1   2   3   4
5-мавзу


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Raqamli Iqtisodiyot fakulteti IH-51 guruh talabasi Xudoyberdiyev Javohirning Korxona iqtisodiy xavfsizligi fanidan mustaqil ishi uchun tayyorlagan
TAQDIMOTI
Reja:
1.Shaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi.
2.Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar.
3.Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash yoʼllari va vositalari.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tizmida shaxs xavfsizligi masalalari

1.Shaxs erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi

Bozor munosabatlari sharoitida insonning imkoniyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:


-shaxsiy mol-mulki, boyligining miqdori. Bu esa shaxsning koʼchmas va harakatdagi mulki, shaxsiy kapitalining jamisidan iborat boʼladi;
-shaxs boshqaradigan kapital miqdori. Bu kapital kimniki va qanday shaklda boʼlishi ahamiyatsizdir;
-shaxsga maʼmuriy, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda boʼysunuvchi yoki unga qaram jismoniy shaxslar soni.
Inson oʼzining hayot faoliyatini tabiat va jamiyat bilan dialektik bogʼliqlikda olib boradigan, tabiat qonunlari va ijtimoiy munosabatlarning obʼekti va subʼekti boʼlgan tabiiy-biologik mavjudot va ijtimoiy voqelikdir. Insonda tabiiy-moddiy, ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy xususiyatlar mavjud boʼladi.

Shuni aytish joizki


jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa tizimlari inson uchun yashash muhiti hisoblanadi. Shu boisdan ularning amal qilish samaradorligini faqat inson manfaatlariga qay darajada mosligi nuqtai nazaridan baholash mumkin boʼladi.
Inson va uning manfaatlari uchun oila muhim ahamiyat kasb etadi. Oila qarindoshlik aloqalari va maishiy hayot umumiyligi asosida ongli ravishda tashkil etilgan kishilarning kichik guruhidan iborat.
Oilaning hayot faoliyati shaxsning, u aʼzo boʼlgan oila va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy ehtiyojlarini roʼyobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi hamda oʼzining uy xoʼjaligini mustaqil ravishda yuritadi.
Insonning hayot kechirishi va faoliyat yuritish makoni jamiyatda demokratik yoʼl bilan konstitutsion normalar doirasida kengaytirib borilishi kerak.
Inson hayoti va faoliyati ushbu makonda mustaqillik, erkinlik hamda jamiyat, davlat oldida oʼz majburiyatlariga ega boʼladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin