Tarix kafedrasi


-bob. XX asr 20 – yillari Buxorodagi tarixiy voqealarning F.Xo‘jaev asar va maqolalarida aks ettirilishi



Yüklə 177,33 Kb.
səhifə8/11
tarix02.02.2022
ölçüsü177,33 Kb.
#114015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-bob. XX asr 20 – yillari Buxorodagi tarixiy voqealarning F.Xo‘jaev asar va maqolalarida aks ettirilishi

2.1. F.Xo‘jaev asarlarida istiqlolchilik harakati masalalari talqini

Taniqli davlat va jamoat arbobi F.Xo‘jaev hayotida 1920-1924 yillarni o‘z ichiga olgan “Buxoro davri” alohida ajralib turadi. Bu paytda u Buxoro xalq jumhuriyati Nozirlar SHo‘rosining raisi lavozimiga faoliyat ko‘rsatgan edi.

F.Xo‘jaevning istiqlolchilik harakati – “bosmachilik”ka nisbatan bo‘lgan munosabati ko‘pchilikni qiziqtirish tabiiy.

F.Xo‘jaev Buxoro hukumatiga boshchilik qilar ekan, sharoit taqozosi bilan Qizil armiyaning bosqinchiligi va tajovuzkorligiga qarshi bosh ko‘targan kuchlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lgan edi. lekin shunga qaramasdan, u milliy ozodlik harakatiga o‘zgacha bir umid bilan qaragan, bu harakatdan to‘g‘ri yo‘nalishda va aniq siyosiy maqsadni ko‘zlab foydalanishni mo‘ljallagan.57

Arxivda saqlanib qolgan o‘sha davrdagi ayrim hujjatlarda ko‘rsatishicha, Sovet Rossiyasi hukumati va uning Buxorodagi vakillariga bizning xalqimiz sovetlashtirishni qabul qilmayapti xalq buni xoxlamayapti, shuning uchun qo‘liga qurol olib, uyushib kurashish uchun ko‘tarilyapti, degan qarashni singdirishga harakat qilingan. F.Xo‘jaevning fikricha bir vaqtning o‘zida tarqoq “bosmachi” guruhlarini yiriklashtirish va siyosiylashtirish yo‘lida ish olib borish kerak.

CHunki yaxshi qurollangan va kurashlarda tajriba orttirgan bu kuchlar o‘rtasida jangovar savdogarlar va botir jangchilar pishib etilgan bo‘lib, ulardan kelajakda milliy armiyani juda tez shakllantirish mumkin. Sovet Rossiyasidan ajralish masalasi vaqti kelib ko‘tarilsa, unda muayyan kuchga ega bo‘linadi.58

Masalan, 1921 yilning yozida F.Xo‘jaevning topshirig‘i bilan Dushanbega kelgan Buxoro hukumatining Favqulotda Muxtor vakili Otaulla Xo‘jaev boshchiligidagi komissiya SHarqiy buxorodagi milliy ozodlik harakati vakillari bilan aloqa o‘rnatish va qo‘rboshilar rozilik bildirsa ikki o‘rtada shartnoma tuzishi ham kerak edi. Otaulla Xo‘jaev F.Xo‘jaevning amakisi bo‘lib, o‘sha davrdagi Butun Buxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Usmon Xo‘jaevning ukasi ham edi. O.Xo‘jaev SHarqiy Buxoroning ma’muriy markazi Dushanbega kelib, bu erda ko‘plab qo‘rboshilar va xalqning nufuzli vakillari bilan uchrashadi. Natijada shu narsa oydinlashadiki, “bosmachilar” umuman olganda yangi tuzilgan Buxoro hukumatiga qarshi emaslar, balki ular Qizil armiyaning zo‘ravonligi va bosqinchiligiga qarshi qurashga otlanganlar. Buni qarangki milliy ozodlik harakati yo‘lboshchilari va Buxoro hukumati rahbarlarining asl maqsadlari bir nuqtaga kelib tutashadi. Har ikki tomon Qizil armiyaning Buxoro tuprog‘ida ortiq qolishini istamas, o‘zining asriy an’ana va urf-odatlaridan va urf-odatlaridan iborat bo‘lgan sharqona axloq hamda islomiy ruhdagi turmush tarziga kommunistga to‘n kiydirilishini xoxlamas edi.59

F.Xo‘jaev bilan telegraf orqali bo‘lgan muloqotlardan so‘ng Otaullo Xo‘jaev qo‘rboshilar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida SHarqiy Buxorodagi yirik qo‘rboshilar hisoblangan Davlatmandbek va Sulton Eshonlar Boljuvon va G‘arb inqilobiy qo‘mitasining raisi qilib tayinlandilar.60 1921 yil 12 avgustda Boljuvonda bo‘lgan uchrashuvda O.Xo‘jaev bilan Davlatmandbek Komoliddinbek o‘g‘li o‘rtasida shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati arxivida saqlanib qolgan bo‘lib, u 8 moddadan iboratdir.61 Quyida undan parcha keltiramiz.

“Biz sharqiy Buxoro xalq roziligi bilan Mustaqil Buxoro Respublikasini tan olamiz va uni qonunlariga og‘shimay amal qilamiz.

- Muqaddas Buxoroni bosib olgan Rossiya qo‘shinlarini darhol olib chiqib ketilishi va davlatda tartib o‘rnatish

- Mustaqil Buxoro hukumati qo‘lida o‘z armiyasi kuchidan foydalanish orqali bo‘lishi kerak;

- birorta ham xorijiy mamlakat muqaddas Buxoroning ichki ishlariga aralashmasligi kerak.

- Hamma bo‘g‘inlarida rahbar xodimlar faqat ahli Buxoro orasidan tanlanashi kerak. Ular bizning urf-udat va an’analarimizni bilishi hamda hurmat qilishi shart;

- talab ketilgan mulk va boshliqlarimiz Rossiya hukumati tomonidan Buxoroga qaytarilishi shart.

- mazkur shartnomalarga rioya etilsa, biz o‘z islom otryadlarimizni, tarqatib yuboramiz yoki hukumat ixtiyoriga o‘tamiz. Lozim bo‘lsa muqaddas Buxoro davlati vakillariga qurollarimizni topshiramiz. Buxoro dushmanlari bizning dushmanlarimiz, do‘stlari bizning – do‘stlarimiz bo‘lib qolajak;

- agar Rossiya davlati bizga o‘z hukmini o‘tkazish siyosatini to‘xtatsa, uni hurmat qilamiz;

- xalqimizga tazyiq o‘tkazganlar millat oldida jinoyat qilganlar jazoga tortilishi kerak.

F.Xo‘jaev 1921 yil 24 iyunda Buxoro shahridagi masjidda ko‘pchilik oldiga so‘zlagan nutqida Buxoroga bolshevizmni kiritilmaslikka va’da berdi...62

SHahrisabz viloyatida harakat qilayotgan qo‘rboshi Xudoyberdi Boyvachcha o‘zining 5 yigiti bilan muzokaralar o‘tkazish natijasida 1923 yil 14 yanvarida SHahrisabz revkomiga taslim bo‘ldi. SHu kunlarda SHahrisabzga yuborilgan Xalq Nozirlar SHo‘rosi raisining o‘rinbosari O.Xo‘jaev F.Xo‘jaevning buyrug‘iga binoan xibsga yotgan. Xudoyberdi qo‘rboshini qamoqdan ozod etdi.

O‘zbekiston M.D.Aning Buxoro Respublikasi fondlarida qo‘rboshilar nomiga yozilgan bir nechta maktublar saqlanib qolgan. Ana shunday maktublardan ikkitasi Buxoro hukumati irodalarida ishlagan Ahmadjon komil o‘g‘li qalamiga mansub bo‘lib, ular 1923 yilning fevral-mart oylarida yozilgan. Birinchi maktub Buxoro Qo‘rboshilarning umumiy etakchisi Mulla Abdulqahhorning ukasi Naim Polvon millat qahramoni nomiga bitilgan bo‘lib, unda muallif Buxoro hukumati hozir chorasiz ahvolda qolganligi va “bosmachilarga qarshi kurash butunlay uruslar qo‘liga o‘tib ketganligi ta’kidlanadi. G‘ijduvon tumanida harakat qilayotgan qo‘rboshi dastalari nomiga bitilgan ikkinchi maktubda ham yuqoridagi fikrlar bayon qilinadi. Maktubda ko‘rsatilishicha F.Xo‘jaev boshchiligidagi Buxoro hukumati juda ham qiyin ahvolda qolgan. Ularning barcha haq-huquqlari o‘ruslar tomonidan tortib olingan.”63

Turkistonda o‘sha davrdagi siyosiy kurash markazida turgan siymolardan biri Ahmad Zakiy Validiy edi. Validiy 1920 yil dekabrdan to 1921 yil noyabrgacha Bu

Xoro shahrida yashab, Turkiston, Buxoro va Xorazmdagi milliy ozodlik harakatini yagona markazga uyushtirish maqsadida katta ishlar qilingan. Uning mashhur “Xotiralar kitobida eslab o‘tilishicha, 1921 yil oktyabr-noyabr oylarida Anvar Poshsho bilan F.Xo‘jaev o‘rtasida Buxoro shahrida qizg‘in suhbat va muzokaralar bo‘lib o‘tgan.64

Bu suhbatlardan keyin F.Xo‘jaev Anvar Poshshoning SHarqiy Buxoroga borib, istiqlolchilar safiga ochiq ravishda qo‘shilishini va Zaki Validiyning Buxoro Respublikasini tark etishni tushunib etgan. F.Xo‘jaev Zakiy Validiy bilan so‘nggi uchrashuvidan qattiq bir dard bilan aytishicha, u endi “bosmachilikka” qarshi ochiq ravishda kurash olib borishga majbur bo‘di. Xolbuki ruslar undan bu ishni ko‘p vaqtdan bo‘yon talab qilingan.65

F.Xo‘jaev “Tanlangan asarlar”ning 1 jiltini sinchiklab ko‘zdan kechirilsa, uning ko‘plab maqola va ma’ruzalarida istiqlolchilik harakatiga nisbatan bo‘lgan munosabati yaqqol ko‘rinadi. Sovet davridagi qatag‘onlar avjiga chiqqan paytda yozilgan va uning vafotidan keyin qayta nashr qilingan mazkur kitobda albatta ochiq ravishda bu harakatga ijobiy munosabat bildirmaydi. Lekin kitobda keltirilgan ko‘plab dalillar kishini uylantirmasdan qolmaydi. F.Xo‘jaev bu harakatga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘lmay balki unga ozmi –ko‘pmi xayrixox ekan dekan fikrga kelish mumkin. F.Xo‘jaev shaxsiga namoyon bo‘lgan bu holat balki uning jadidchilik o‘tishi bilan izohlanar. Balki F.Xo‘jaev bu vatanparvar timsolida o‘zining xazon bo‘lgan milliy davlatchilik orzularini amalga oshiruvchilarini ko‘rgandir. YAxshisi F.Xo‘jaevning o‘z so‘zlariga yana murojaat qilaylik.

F.Xo‘jaevning yozishicha, u G‘uzor va SHahrisabz viloyatlarida harakat qilgan Jabbor qo‘rboshi bilan muzokaralar o‘tkazib 1922 yil bahorida uni Buxoro hukumatiga taslim bo‘lishga ko‘ndirgan. Jabbor qo‘rboshi va uning safdoshlariga Buxoroda erkin yashashlari uchun ruxsat berilgan. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, F.Xo‘jaev Buxoro shahrida bo‘lmagan bir paytda “Jabbor qo‘rboshi va uning safdoshlari” aldab qamoqqa olingan va ikkinchi kuniyoq otib tashlangan.66

F.Xo‘jaevning Buxorodagi milliy ozodlik harakatiga nisbatan bo‘lgan munosabatini ko‘tarishda bir guruh qo‘rboshilarning 1922 yil boshlarida Buxoro xalq jumhuriyati hukumati rahbarlariga yo‘llagan maktubi xarakterlidir. F.Xo‘jaevning asarida67 maktublarning to‘la matni keltirilgan. Bu maktublarga mujohidlarning bosh qo‘mondoni G‘ozi, Buxoro inqilobchisi Qori Abdulla, Norqul Botir va Doniyorbek ellikboshlilar imzo chekilgan. Maktubda Buxorodagi istiqlolchilik harakatining asosiy mohiyati lo‘nda qilib ko‘rsatilgan. Qo‘rboshilar Buxoroning mustaqilligi uchun erkin va hur Vatan kurish uchun kurashayotganliklarini bunday Vatanda kommunistlar bo‘lmasligi lozimligini, favqulodda komissiya orqali kambag‘al aholining mol-mulki tortib olinayotganligini, rus bolsheviklari jabr va zulmni avj oldirib yuborganliklarini va nihoyat Buxoroning mustaqilligi quruq so‘z bo‘lib qolayotgani alohida ta’kidlab o‘tishgan. Maktubda keltirilgan kuyidagi satrlar kishini bugun ham befarq qoldira olmaydi.

“Bir yarim million kishidan iborat bo‘lgan Buxoro aholisi cho‘l va tog‘larda o‘zining issiq qonini to‘kib, qo‘liga qilich olib millat xoinlari bilan jang qilayotganligini hozirgi kunda ko‘rib turibmiz. Biz ham vatanimizning haqiqiy farzandlari bilan birga mamlakatimiz mustaqilligi va ravnaqi uchun siz kommunistlarga qarshi kurashaveramiz. Bizlar bosmachilar emasmiz. Balki millatimizning haqiqiy va itoatli xodimlarimiz, dushmanlarimiz bo‘lgan ruslarni vatanimizdan haydab chiqaramiz va ularni abadiy yo‘qotamiz. Xudoga ming qatla shukrki, bizning yo‘limiz va g‘oyamiz haq yo‘ldir va haq g‘oyadir, biz ishimizni soat sayin hech bir to‘xtovsiz avj oldirmoqdamiz. Musulmonlar qullariga qurol olib g‘azovotda qatnashmoq uchun o‘z ixtiyorlari bilan hamma tomonlardan to‘planib kelmoqdalar, islom dinini va musulmonlarni qutqarish uchun biz bilan bir bo‘lib kurashmoqdalar. Islomning fathi uchun hamma otlangan. SHu sababli biz sharafli vatanimizni yaqin fursatda kofirlar va vijdonsizlardan tozalashimizga ularni yo‘q qilib tashlashimizga aminmiz”.68

SHunisi xarakterliki, mazkur maktubda qo‘rboshilar F.Xo‘jaevni o‘z saflariga chorlab uni qizil armiyaga qarshi ochiq kurash olib borishga da’vat qilganlar va o‘zaro hamkorlikda ishlashga umid bildirganlar; “Maslahatimiz uchun avf etgaysiz fursatni qo‘ldan biz tomonga o‘tingiz va millatga xizmat qilib uning tashakkurini olingiz. Tarixda yaxshi nom qoldirmoq uchun islom yo‘lida kurashayotganlarning safida ishlangiz... Agar islom uchun kurashayotganlar bir ittifoq bo‘lishni istasangiz, ruslarni sharofatli vatandan chiqarib yuboringiz. SHunday qilsangiz vatan ravnaqi yo‘lida birga ishlayveramiz – bizning birdan bir tilagimiz mana shu.”69

Buxoroda milliy ozodlik harakatining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishda 1922 yil 5 aprelda F.Xo‘jaev tomonidan RSFSR tshqi ishlar vazirining o‘rinbosari L.M.Karaxan nomiga yozilgan xat ham diqqatga sazovordir. F.Xo‘jaev ushbu xatida Buxoro Jumhuriyatidagi bu harakat qisqa muddat ichida ommaviy tus olganligini, xususan turkiyalik harbiy sarkarda Anvar Poshsho SHarqiy Buxoroga borgach, mujohidlar harakati eng avj nuqtaga ko‘tarilganligi, hatto bu harakat SHarqiy Buxoroda Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga nisbatan ham kuchayib ketganligini e’tirof etadi. F.Xo‘jaevning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha “SHarqiy Buxorodagi bosmachilik o‘zining strategik mavqei jihatdan alohida ahamiyatga ega va siyosiy jihatdan qaraganda Farg‘ona bosmachilarga nisbatan kuchliroqdir.”70

F.Xo‘jaevning niyatlari pok, maqsadlari ulug‘ edi. U Buxoro xalqini amir zulmidan ozod qilgan 1920 yildagi inqilobga etakchilik qilar ekan. Buxoro inqilobi xalqiga ro‘shnolik ozodlik, qolaversa, bir butun yurt – Turonzaminga mustaqillik olib keladi deb o‘ylagan edi. U Buxoro davlatiga boshchilik qilar ekan, juda murakkab sharoitda ish olib borishga qaramasdan, turli xato va kamchiliklarlarga yo‘l qo‘ysada, mustaqil siyosat yuritishga harakat qildi. Davr og‘ir va beshavqat edi. Buxoro hukumati ichida unga “so‘l”dan ham “o‘ng”dan ham xurujlar kuchaydi. Bir tomonga Butun Rossiya MIK va XKS huzuridagi Turkkomissiya mustaqil davlat – Buxoro jumhuriyatining ichki ishlarga qo‘pol sur’atda aralasha boshladi. 1922 yil boshlariga kelib Buxoro masalasi juda keskinlashdi. Juda og‘ir holatda ish olib borayotgan F.Xo‘jaev shu kunlarda RSFSRning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya raisiga maktub yo‘lladi. Maktubda ochiq kinoya va g‘azab bilan Markazni Buxoro ishlariga aralashayotganini qattiq qoralaydi, qo‘g‘irchoq rahbar bo‘lishni va behudagi qon to‘kilishini istamay hokimiyatni ular xoxlagan kishi qo‘liga topshirishlari mumkin ekanini bildiradi. F.Xo‘jaev mazkur xatida bunday yozadi: “Bu erda Buxoroda hech bir hokimiyat hech bir partiya biz qilgan va qilayotgan ishdan ko‘proq ishni hech qachon qila olmaydi. ... Sizga jur’at qilib shuni aytamanki ..., Buxoroda hokimiyatni almashtirishdan iborat biror eksperiment o‘tkazishni zarur deb topsangiz, buni bizga oldindan xabar qilib qo‘yishingizni iltimos qilamiz, bu ishda sizga xizmatimizni ayamaymiz va sizga kim ma’qul bo‘lsa, hokimiyatni topshirib qo‘yamiz.”71

Bizning har qanday o‘jarlik qilishimiz va sizning zo‘rlik choralari ko‘rishingiz halokatli bo‘lishini, Sizlar uchun ham bizlar uchun ham nomaqbul oqibatlar keltirilishini juda yaxshi bilamiz. Biz zo‘rlik bilan qilinadigan to‘ntarishlarni istamaymiz, chunki shunday eksprementlardan so‘ng Buxoro muqarrar xaroba cho‘lga aylanishini juda yaxshi bilamiz. Amirning bosh ko‘tarib chiqishi to‘g‘risida hamda qabilaviy va milliy dushmanlik negizida bir qancha qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishi haqida gapirib o‘tirmasak ham bo‘ladi.

Baxtga qarshi F.Xo‘jaevning milliy murosa va kelishuviga, tinchlik va birdamlikka chorlovchi bu kabi chaqiriqlari “inqilobiy kurashlar”ning dahshatli po‘rtanalari ostida g‘arq bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini tuzish orzulari ham amalga oshmadi. Keyinchalik uning o‘zi totalitar rejimining qurbonlaridan biriga aylandi. O‘shanda SSSR Bosh prokurori A.YA.Vilinskiy davlat qoralovchisi sifatida F.Xo‘jaevni “Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini” tuzishda ayblagan edi. A.YA.Vishinskiyning suddagi ayblov xulosasiga ko‘ra F.Xo‘jaev “Milliy istiqlol” va “milliy ittihod” firqalarini tashkil qilib, ular yordamida qo‘zg‘olonchilar otryadlarini tuzib, qo‘rboshilar orqali o‘z maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. A.YA.Vishinskiyning o‘sha paytda F.Xo‘jaevni qoralab turib aytgan quyidagi e’tirofi xarakterlidir: “Sizlar Xo‘jaevni ko‘rdingizlar, u o‘ta madaniyatli inson, o‘zi qatnashgan kurashning butun nozik tomonlarini ipidan ignasigacha mayda chuyda tafsilotlari bilan juda yaxshi tahlil qila oladi. Afsuski, F.Xo‘jaev boshchiligidagi Buxoro hukumati tarkibidagi milliy vatanparvar kuchlar bilan muxolifatdagi qurolli mujohid guruhlarini yo‘lboshchilari o‘rtasidagi ochiq kelishuv amalga oshmadi. Agar bu kelishuv amalga oshganda edi, bu nodir hodisa Turkiston xalqlari milliy ozodlik harakati tarixidagi eng shonli sahifani tashkil qilgan bo‘lardi.

Holbuki har ikki tomon ham milliy birlik, tinchlik va murosaga qarab intilgan edi. Har ikki tomonning ham pirovard maqsadi Turkistonni yaxlit bir butun holda haqiqiy mustaqil davlat holida ko‘rish edi. Lekin ularning bu orzularini totalitar rejim xukm surgan davrda amalga oshirish imkoniyati yo‘q edi. Biroq F.Xo‘jaevning tinimsiz harakati va urinishlari behuda ketmadi. Oradan yarim asr o‘tib O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uning orzulari ushaldi va bedor ruhi shod bo‘ldi.”72

XX asr boshida Turkiston o‘lkasida yuz bergan ikki muhim tarixiy hodisa – Rossiya yakkaxokimligi chorizmga qarshi ko‘tarilgan 1916 yil qo‘zg‘oloni va 1918 yildan boshlab20 yillar davomida Sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash voqealari mustaqillik uchun kurash tarixida alohida o‘rin tutadi.

Aynan shu davrda o‘tkir siyosatchi va arbob sifatida tanilib, o‘z hayotini bir umrga xalq taqdiri bilan bog‘lagan F.Xo‘jaev bu voqealarga befarq bo‘lmadi, albatta.

20 yillarda va ayniqsa 30 yillarda kelib avj olgan mafkuraviy tazyiq g‘oyaviy to‘siq, kuchli senzura sharoitida murakkab va keskin siyosiy vaziyatda bu qo‘zg‘olon hamda kurashlar haqida haqqoniy va xolisona fikr- mulohazalar bildirish mushkul bo‘lsada, F.Xo‘jaev o‘z salohiyati va qat’iyati tufayli ma’lum darajada bunga erisha oldi.73

1916 yil qo‘zg‘olon yuz berganda F.Xo‘jaev Buxoroda amir zulmiga chek qo‘yish yo‘llari ustida bosh qotirish bilan band edi. Biroq o‘z davrining chuqur bilimli va o‘tkir zehnli vakili sifatida u Turkiston general-gubernatorligidagi mustamlaka tuzum asoratlaridan yaxshi xabardor bo‘lib, bu masala xususida to‘g‘ri xulosa chiqora olgandi.

1936 yilning 1 avgustida Toshkentda 1916 yil qo‘zg‘olonning 20 yilligini nishonlash munosabati bilan o‘tkazilgan xalq mitingda F.Xo‘jaev xukumat rahbari sifatida nutq so‘zladi. Ushbu tarixiy voqeani o‘z mulohazalari hamda aniq ma’lumotlar asosida baholab, qimmatli fikrlarni ilgari surgan. CHunonchi F.Xo‘jaev 1916 yil qo‘zg‘olonini O‘rta osiyo mehnatkashlarining milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashlaridagi muhim bosqich sifatida boholagan. Qo‘zg‘olon sabablari xususida tuxtalib quyidagilarni ta’kidlagan: “Podsho hukumatining Turkiston aholisini front orti ishlariga safarbar etish haqidagi farmonini qo‘zg‘olonning asosiy sababi sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ridir. Qo‘zg‘olon juda ko‘p omillarning natijasi bo‘lib, ularning eng muximi – xalqning siyosiy xukuksizligi, aholining rus va mahalliy burjuaziya tomonidan zo‘r berib ezilishda edi.74” Urush tufayli yanada kuchaygan iktisodiy siyosiy zulm, keskinlashib ketgan sinfiy va milliy ziddiyatlar qo‘zg‘olonga sabab bo‘ldi, podsho farmoni shu olovga yog‘ bo‘lib quyildi.

SHuni alohida qayd etish lozimki, qo‘zg‘olon sabablarini faqatgina mardikorlikka olish haqidagi oliy farmon bilan izohlashga urinishlar chorizmning Turkistondagi ma’murlariga hamda ayrim sovet tarixchilariga xos bo‘lib, F.Xo‘jaevning bu boradagi ta’kidlari haqiqatni e’tirof etish bilan birga ularga qarshi zarba ham edi. bu o‘rinda chorizmning Turkiston ma’muriyati o‘z ayblarini yashirish olib borilayotgan siyosatning mustamlakachilik hokimiyatini tan olmaslik maqsadini ko‘zlagan bo‘lsa, ayrim markschi tarixchilar “Turkistonning qoloq va ongsiz xalqlaridagi erk va ozodlik istagi siyosiy ong va manfaatlar bolsheviklar ta’siri ostida uyg‘ondi” degan mazmundagi bolshevikcha aqidani singdirish maqsadida shunday qarashlarini ilgari surdilar.75

Turkistondagi 1916 yil arafasidagi ahvoldan hamda xalqning asriy orzu-istaklari, o‘tmish tarixidan yaxshi xabardor bo‘lgan F.Xo‘jaev bunday qarashlarni inkor etdi.

Avvalo Turkiston xalqlari butun o‘tmishi davomida milliy ozodlik uchun bosqinchilarga qarshi tinimsiz kurash olib borgani, erk va ozodlik istagi ular uchun eng muqaddas orzu bo‘lganiga tarix shohid. Qolaversa, qo‘zg‘olon arafasida o‘lkada yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy ahvol siyosiy huquqsizlik adolatsizlik bunday qo‘zg‘alishiga olib kelishi shubhasiz edi.76

1918 yildan boshlab ommaviy tus olgan, qamrovi va mudati jahatdan milliy ozodlik kurashining eng yirik ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan Sovet hokimiyatiga qarshi kurash talqinida ham F.Xo‘jaev alohida o‘rin tutadi.

Sovet tarixshunosligida “bosmachilik” degan tuxmat tamg‘asi yopishtirilgan bu kurash voqealari haqida 1926 yilda ilk nashri chop etilgan Katta Sovet Ensiklopediyasi uchun ma’lumot F.Xo‘jaevga topshirildi. Nihoyatda mas’uliyatli bu vazifa F.Xo‘jaev uchun taqdir va vijdon sinovi edi. F.Xo‘jaev ushbu tarixiy hodisa haqidagi haqiqatni rasmiy qarashlar qolipidagi yoritish yo‘lini tanladi. Ana shu holatlarni nazarda tutganda bu mas’uliyatli vazifa nihoyatda katta maxorat talab qilar edi. F.Xo‘jaev buni uddasidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalo umuman “bosmachilikka” ta’rif berib, F.Xo‘jaev “bosmachilar deb qadimdan O‘rta osiyoda mavjud bo‘lib kelgan qurolli o‘g‘ri bosqinchilar otryadlari nazarda tutilgani, ular qurbonlar, qishloqlarga hujum qilgani”ni qayd etadi. Rus podsholigi hukmronligi davridagi “bosmachilik” sabablarini F.Xo‘jaev mustamlaka ma’muriyati tomonidan mehnatkashlarni mislsiz ezilishini, rus va mahalliy burjuaziyaning dehqonlarni cheksiz ezishi bilan izohlaydi, ya’ni F.Xo‘jaev rus podsholigi o‘lkani bosib olgach, “bosmachilik” qaroqchilik tusini yo‘qotib, zulmidan norozilik ko‘rinishiga kirganini ta’kidlaydi. 77

“Revolyusiyadan keyin esa bu harakat aniq siyosiy sovetlarga qarshi tus olib, O‘rta Osiyoning uchala respublikasi Turkiston, Buxoro, Xivada dehqonlarning deyarli ommaviy harakatiga aylangan. Bu ta’rif bosmachilik ekspluatator sinflarning mehnatkashlar hukmronligini o‘rnatilishiga qarshi kutargan sinfiy kurashi edi” – degan bolshevikcha aqidani mutlaqo inkor etadi, bu harakat deyarli barcha dehqonlarni o‘ziga jalb etgan.

Sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan siyosiy harakat ekanligini ko‘rsatib beradi. F.Xo‘jaev bu harakatga Ko‘r SHermat, Ibrohimbeklargina emas, balki mahalliy ziyolilar mullalar va boylar ham bosh bo‘lganini qayd etadi. Kurashning ommaviy tus olib, uzoq davom etishini esa iqtisodiy sabablar hamda mahalliy sovet hokimiyatining Turkiston tub joy aholisining milliy xususiyatlarini hisobga olmagani bilan izohlanadi. Harakatning keng va ommaviy tarqalishi Qizil Gvardiya tomonidan “Qo‘qon muhtoriyati”ning tugatilishi bilan boshlangan deb qo‘rsatib o‘tadi.78

Ushbu kurash voqealarini yoritishda F.Xo‘jaev “bosmachilik” tuhmat tamg‘asi ostidagi rasmiy qarashlar qolipida mohirlik va sharqona diplomatiya bilan bu kurashning asl mohiyati va sabablarini ochib berishga muvofiq bo‘ladiki, buning natijasida hatto Sovet ensiklopediyasida bolsheviklar “bosmachilik” sifatida qoralagan kurash aslida sovet hukumatiga qarshi ommaviy tus olgan siyosiy harakat ekanligini qayd etishga erishiladi. F.Xo‘jaev o‘z xalqini tuhmat toshidan vaqtincha bo‘lsa ham saqlab qoldi. Bu albatta katta jasorat edi.79

F.Xo‘jaevning bu jasorati boshqa tarixiy xizmatlari bilan birgalikda qimmatga tushdi. – u “millatchi ” sifatida qatag‘on etildi. Xalq va vatan manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan, mustaqillik uchun kurash g‘oyalariga sodiq bo‘lgan bu ulug‘ inson xotirasi bugungi kunda mustaqil Vatan va ozod xalq qalbida abadiy saqlanadi.

1920 yil sentyabrda Turkistondagi bolsheviklar qo‘shini tomonidan Buxoro amirligi tugatilib, BXSR tashkil qilinadi. Mazkur hududda 1920-1924 yillarda qizil armiyaga qarshi keskin qurolli qarshilik harakati bo‘lib o‘tdi. Bu janglar xususan SHarqiy Buxoro (hozirgi Surxondaryo viloyati, Markaziy Tojikiston) va O‘rta Buxoro (hozirgi Qashqadaryo viloyati) hududlarida avj olgan. 1922 yilning kuzidan boshlab SHarqiy Buxoro va O‘rta Buxorodagi istiqlolchilar qo‘shiniga Ibrohimbek qo‘rboshi bilan bir qatorda, turkiyalik Salim Poshsho (Anvar Poshshoning safdoshi)

ham rahbarlik qilgan1.

Dastlab Salim Poshsho kim ekanligi haqida qisqacha ma’lumot. Salim Somiy qushchiboshizoda bo‘lib, u Turkiyada tug‘ilgan. YOsh turklarning etakchilaridan biri bo‘lgan, Usmonli turk sultonligi armiyasiga polkovnik harbiy darajasini olgan Salim poshsho faoliyatida Turkiston davri 1916, 1921-1923 yillar muhim ahamiyat kasb etadi. 1916 yilda u Qoshg‘ardan Ettisuvga kelib, qozoq va qirg‘izlarning Rossiyaga qarshi milliy ozodlik qo‘zg‘olonlarini tashkil qilish va uyuushtirishda faol qatnashgan. Turkistonda bu qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchragach, u o‘z yurtiga qaytgan. Birinchi jahon urushida Turkiya mag‘lubiyatga uchragach, xorijga chiqib ketgan (1918). 1920-1924 yillarda turkiyalik mashhur sarkarda hamda davlat arbobi Anvar Poshsho (1881-1922) bilan birgalikda Kavkazda bo‘lgan va uning Buxoroga safari jarayonida hamkorlik qilgan. Anvar poshshoning asosiy yordamchisi sifatida Buxorodagi qurboshilar o‘rtasida katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan. 1922 yil boshlarida Qarshidan BXSR MI Q. raisi Usmon Xo‘ja (1878-1968) va zobit Ali Rizo Afandi bilan birgalikda Afg‘onistonga jo‘nagan. Mozori SHarifda yashab Anvar poshsho bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib turgan1.

Salim Poshshodan oldin Anvar poshshoning kim ekanligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishimiz kerak edi. A. Poshsho 1881 yil 22 noyabrda Ovrupaning eng gavjum shaharlardan biri bo‘lgan Stambulda kichik xizmatchi oilasida tung‘ich farzand sifatida tavallud topgan.

1921 yil sentyabrda-noyabrda Mustafo Kamol turk oppozitsiyasiga qaqshatqich zarba berib, o‘z hukumatini to‘liq mustahkamlab oldi. SHundan so‘ng Turkiya hukumati SHurolardan Anvarni kavkazdan chiqarib olishlarini talab qildi. Talab qondirildi. Anvar poshsho Moskvaga emas, Bobu va Ashxabod orqali O‘rta yo‘l oldi. 1921 yil oktyabrning boshlarida Anvar poshsho Buxoroga kelib tushdi2.

Anvar poshsho bu erda SHo‘ro hukumatining rahbari F.Xo‘jaev bilan uchrashdi. Ma’lumotlarga qaraganda F.Xo‘jaev unga Buxoro jumhuriyati qurolli kuchlarga qo‘mondonlik qilishni taklif etgan.

Anvar esa qo‘g‘irchoqqa aylangan kichkina hukumatga xizmat qilishini istamadi. CHunki uning rejalari katta edi. 1921 yil 8 noyabrda Anvar poshsho kichik turk ofitseridan iborat 8 kishilik guruh bilan SHarqiy Buxoroga qarab yo‘lga chiqdi va noyabrning o‘rtalarida loqayga keldi. O‘sha kezlarda Loqay va SHarqiy Buxoro qarshilik harakati sardoshi Ibrohimbek katta kengash chiqargan edi. YArim harbiyga qilingan, kubankasining tepa qismidan qizil hamiya o‘tgan Anvar o‘zini tanishtirib bo‘lgandan so‘ng; “Men Buxoroda bo‘ldim ammo u erda meni qamoqqa olishga unnalishdi”. Men esa sizlarning oldingizga qochib keldim va butun islom lashkarlariga qo‘mondonlik qilmoqchiman” degan ma’noda nutq so‘zladi kengashda”3.

Ammo loqayliklar unga ishonmadilar, ayniqsa uning kubankasidagi qizil homiya ularni shubhalantirdi. Baqir –chaqirlar bilan u va u bilan kelgan guruh qurolsizlantirib, qamoqqa olindi. SHunda u xatto qilganini tushundi, agar Afg‘onistonga borib, amir Olimxon bilan uchrashib biror ko‘rsatma bilan kelganida shunday bo‘lmasdi. Anvar poshsho bo‘lgan voqeani o‘z yaqinlari yordamida Afg‘oniston amiriga va Olimxonga etkazadi.

SHu davrda Afg‘onistonda Loqayga elchi kelib Anvar poshshoni ozod qilish to‘g‘risida ikki amir-Ommonullaxon va Olimxonning farmoyishi topshiradi. Dekabrning oxirlariga kelib Anvar poshsho tutqunlikdan ozod etildi.

Anvar poshsho erkinlikka chiqqach, o‘z maqsadlarini amalga oshirishiga kirishdi, avvaliga sho‘rolarga qarshi kichi urushlar olib borib, o‘zini ko‘rsatdi va Xorazm Turkiston, Buxorodagi barcha qarshilik harakati guruhlarini deyarli birlashtirdi.

1922 yil mayidan boshlab qizil armiya yangitdan tuldirilgan askarlar va harbiy texnika yordamida G‘arbiy Buxoroning katta qismini egalladi va o‘sha yil iyunidan boshlab SHarqiy Buxoroga hujumga o‘tdi. Anvar poshsho Afg‘onistonga tomonga chekinishiga harakat qildi. Lekin Boljuvon yaqinida 4 avgust qonli janglarida shahid bo‘ldi1.

Qobulda bo‘lgan turkistonlik muhojirlarning quriltoyida halok bo‘lgan Anvar poshsho o‘rniga Salim Poshsho Buxorodagi istiqlolchilarning bosh qo‘mondoni qilib saylangan va unga poshsho (general) harbiy unvoni berilgan. Quriltoyda Turkistondagi istiqlolchilarning yalpi hujumini 1923 yil bahorida boshlash rejalashtirilgan. Salim Poshsho SHarqiy Buxoroga kelgach (1922 y sentyabr) Fuzail Mahdum va boshqa armiyaga qarshi kurashayotgan kuchlarni o‘z qumondonligi ostida birlashtirgan2. SHarqiy Buxorodagi istiqlolchilik harakatining rahbarlari Ibrohimbek (1889-1932) ham uning harbiy etakchilik vakolatini e’tirof etgan. Salim poshsho qo‘shin o‘rtasida temir intizom o‘rnatgan. M: u Temurbek qurboshiga yozgan maktubida “Mujohidlar uylariga har safar borib kelish uchun junaganlarida, albatta, o‘z harbiy boshliklaridan tegishli ruxsatnoma olishlari shart” ekanligini ta’kidlaydi.

1922 yil 10 dekabrda Salim poshsho havolingda SHarqiy Buxorodagi barcha qurboshilarning quriltoyini chaqirdi. Quriltoyda loqay urug‘ining oqsoqollari, shuningdek Ibrohimbek ham ishtirok etib, Salim poshshoni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu quriltoyda Salim poshsho Buxoro istiqlolchilari oldida turgan vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qilib, Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon (1881-1944) ning ko‘rsatmalarini quriltoy qatnashchilariga etkazdi. Quriltoyda SHarqiy Buxorodagi barcha qurboshilar dastalarning Salim poshshoga butunlay bo‘ysunishi tan olindi. Hamda u istiqlol qo‘shinining Oliy bosh qo‘mondoni etib saylandi. Salim poshsho shtabining boshlig‘i qilib, turk armiyasining sobiq polkovnigi Neferi Afandi tayinlandi1.

1923 yilning boshlarida SHarqiy Buxoroda yirik jang harakatlari bo‘lib o‘tdi. SHarqiy Buxorodagi qurbonlar o‘rtasida o‘z mavqeini mustahkamlab olgan. Salim Poshsho qisqa muddat ichida bir necha ming suvoriydan iborat qullikni o‘z qo‘li ostida to‘plashga erishdi va qizil askarlariga qarshi qat’iy janglarda tayyorlandi2. Afg‘onistonda turgan Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi. SHarqiy Buxorodagi aholining aksariyat qismi Salim poshsho boshchiligidagi istiqlolchilarga hayrihohlik bilan qarashdi bu esa uning harbiy yutuqlariga erishish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi3.

1923 yil yanvar oyida laqay qabilalarning dahiysi Ibrohimbek Salim poshsho bilan aloqalarni mustahkamlagan holda Dushanbega yurish boshladi. Puli Sangin kechuvidagi ko‘prikni vayron qildi va SHarqiy Buxoroning o‘rta qismida qo‘zg‘olon ko‘tarish uchun tayyorlarlik ko‘rmoqda. Biznikilarning aholi 1921 yildagi bosmachilikning avj olishi paytida qanday bo‘lsa, o‘sha holatda yaqinlashib qolgan.

Turkiston fronti qumondonligi tomonidan RSFSR qurolli kuchlarning Oliy bosh qomondoni nomiga 1923 yil fevralda yuborilgan raportda shunday yozilgan.

Turkiston fronti qumondonligi Buxoroga katta miqdordagi harbiy qismlarni tamoman Salim Poshsho dastalari Qarshi atrofida mag‘lubiyatga uchradi.

Ahmad Zaki Validiyning “Xotiralar” kitobida yozilishicha, Salim poshsho boshchiligidagi 35 kishi Hirod va Mashhad orqali Turkiyaga kelgan va u o‘z yurtida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib fabrika ochgan, keyinchalik Salim poshsho Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk siyosati qarshi chiqqanlikda ayblanib 1921 yilda qati qilingan. U o‘limidan so‘ng oqlagan.

1923 yil may oyining boshlarida O‘rta Buxoroda ham janglar kizib ketdi1. Ayni shu paytda Samarqanddagi eng nufuzli qurboshilardan biri bo‘lgan Ochilbek 200dan ortiq yigiti bilan SHahrisabz istiqlolchilariga yordamga kelgan. 1923 yil 9 mayda Kitob shahridan 20 chaqirim sharqdagi Varganze qishlog‘ida Ochilbek guruhi bilan qizil askarlar o‘rtasida tengsiz olishuv bo‘ldi. 10 may kuni olib borilgan jang ma’lumotlarida aytilishicha Ochilbek dastasi Kitob atrofidagi muvaffaqiyatsiz jang o‘z bayrog‘ini yo‘qotib jumladan Ochilbekni ham jang maydonida qoldirib Taxtaqoraga devoni orqali Qaynarbuloq yo‘lida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketgan.

Hujjatlarda keltirilishicha 1924 yil iyun oyiga kelib O‘rta Buxoro va G‘arbiy Buxoroda bosmachilar faoligi oshgan. Bu paytda SHarqiy Buxoroda ham qurboshilar guruhlari o‘z harakatlarini kuchaytirgan. Bundan tashvishga tushgan qizil armiya qumondonligi Buxorodagi partiya va sovet organlariga istiqlolchilarga qarshi kurashda shoshilinch chora –tadbirlar ko‘rish zarurligini topshirdi. “Bosmachilikka” qarshi kurash Markaziy komissiyasining raisi Mavlonbekov imzosi bilan 1924 yil 3 mayda tasdiqlangan “mutlaqo maxfiy” tamg‘ali “O‘rta Buxoro va G‘arbiy Buxorodagi bosmachilik va zarbdor kompaniya o‘tkazish tadbirlari haqidagi nizomga muvofiq 5 iyuldan boshlab “bosmachilarga qarshi kurash oyligi o‘tkazishga kelishib olindi1. Rasmiy hukumat bir oy davomida G‘arbiy Buxoro va O‘rta Buxorodagi qurboshinlar guruhlarini tugatishini rejalashtirdi, ularga kuchli va so‘ngi zarba berishga qaror qildi. SHunday qilib, SHarqiy Buxoro va O‘rta Buxorodagi istiqlolchilarga qarshi kurashda butun kuch va vositalarni markazlashtirish hamda birlashtirishga qaratilgan ishlar partiya va sovet hukumati tomonidan og‘ishmay amalga oshirildi. Biroq sovet totalitar rejimni tomonidan qurilgan, ushbu chora-tadbirlar o‘z kurashlarini bo‘shashtirmadi. SHu tariqa “SHarqiy Buxoro va O‘rta Buxorodagi istiqlolchilar harakati, uzoq yillargacha davom etib keldi.




Kataloq: files -> ebooks -> Bitiruv%20malakaviy%20ishlar
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruxsat etildi»
ebooks -> Fragen – zum Text
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> O’zbek she’riyatida Yesenin an’analari reja: Kirish I bob. Sergey Yesenin – rus adabiyotining taniqli namoyandasi
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> Sidqiy xondayliqiy nasriy asarlari badiiyati
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi
Bitiruv%20malakaviy%20ishlar -> Education of the republic of uzbekistan state university of world languages english language the first faculty

Yüklə 177,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə